Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Emalning sistemali gipoplaziyasi (ESG)



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

 
5.2.1. Emalning sistemali gipoplaziyasi (ESG) 
Emal gipoplaziyasining mazkur turida bir xil davrda oxaklanadigan 
(minerallashadigan) tishlar guruxi shikastlanadi. Og`ir kechadigan, bir necha bor 
kaytalanadigan xomilador ona kasalligi yoki tug`ilgandan so`ng bolaning 1-3 
yoshgacha boshidan kechiradigan kasalliklarida barcha doimiy tishlar emalida 
gipoplaziya xolati qayd qilinadi.
Sistemali emal gipoplaziyasida asosan bir xil davrda rivojlanib oxaklanadigan, 
simmetrik joylashgan tishlar guruxlari kasallikka chalinadi. Yangi yorib chiqqan 
tishlarda dog`lar, chuqurchalar, egatchalar shaklidagi nuqsonlar aniqlanadi. Bu 
nuqsonlar o`zgarmagan emal fonida tishlarning kesuv qirrasi yoki chaynov 
do`mboqchalariga nisbatan bir xil masofada yotadi. Bunday o`zgarishlar ko`pchilik 
xollarda ogiz bo`shlig`ining daxliz yoki lunj soxalariga qaragan tish yuzalarida 
ko`plab uchraydi. Chuqurcha va egatchasimon nuqsonlarning chetlari sillik, yoyik, 
tubi sillik bo`lib chuqurlashishga moyil bo`ladi. Sistemali emal gipoplaziyasida 
emal satxidagi dog`lar uz taraqqiyoti davrida turg`un, o`zgaruvchanlikka moyil 
bo`lmaydi.
Kuzatishlar natijasida emal satxidagi nuqsonlarning joylashgan joyi bevosita 
utkazilgan kasallik davridagi tish emal to`qimasining shakllanayotgan soxasiga 
mos kelishi, aynan shu nuqtalar oxaklanishi davrida xomilador ona yoki bola turli 
kasalliklarni boshidan kechirganligi aniqlangan. Nuqsonlar o`lchami utkazilgan 
kasallik muddatiga, soni esa bunday xastaliklar necha marta kaytalanganligiga 
bog`liq bo`lar ekan. Tishlardagi ikki va undan ortiq soxada nuqsonlarning bo`lishi 
kasallikning yangilanishi yoki boshqa xastalik bilan og`rishi natijasida bola 
organizmida moddalar almashuvining buzilganligi oqibatida sodir bo`lishi 
mumkin. Tishlar satxidagi emal gipoplaziyasi nuqsonlarning chuqurligi 
kasallikning qanchalik og`ir kechganligiga bog`liq bo`lishi aniqlangan. 


76 
Stomatolog shifokor to`g`ri tashxis qo`yishi uchun u yaxshilab so`rab-
surishtirish 
ishlarini, 
anamnez 
yig`ishda 
bemorning 
onasi 
to`g`risida, 
xomiladorlikni qanday o`tkazganligi, sut va doimiy tishlar oxaklanish davridagi 
kasalliklari, kechki toksikozlarni boshidan o`tkazganligi, bolaning erta yoshida 
o`tkazgan kasallilari to`g`risidagi ma’lumotlarni to`liq yig`ishda muxim axamiyat 
kasb etadi. Shu bilan birgalikda ob’ektiv ko`rik paytida nuqsonlarning joylashgan 
joyi, chuqurligi, qaysi gurux tishlarda uchrashi (sut yoki doimiy) va ular tishlar 
chiqqan zaxoti aniqlanganligi kabi ma’lumotlar xam tashxisni to`g`ri qo`yishda 
muxim xisoblanadi.
Kuzatishlar emal gipoplaziyasi nuqsonlari 16,26,36,46 tishlarda bo`lishi 
xomilador onaning kasallanganligidan, yoki xomiladorlikning ikkinchi yarmida 
toksikozlarni boshidan kechirganligini ko`rsatadi. Shu xildagi emaldagi nuqsonlar 
bola boshidan kechirgan tug`ilishi paytidagi travmalar, asfiksiya bilan tug`ilish, 
tug`ilgandan so`ng birinchi kunlar va xaftalarda o`tkazgan kasalliklar (gemolitik 
sarg`ayish, dispepsiya va boshq.) oqibatida xam yuzaga kelishi mumkin.
Emal gipoplaziyasi nuqsonlari faqat 16,26,36,46 tishlardagina emas balki 
13,11,21,23,33,32,31,41,42,43 tishlarning kesuvchi qirralarida namoyon bo`lishi 
bolaning 4,5-6 oylik davrida qandaydir kasallikni boshidan o`tkazganidan darak 
beradi. Chunki, mazkur tishlarning kesuv qirralari emali aynan shu davrlarda 
oxaklashib mineral tuzlarga to`yinadi.
Mabodo, bola 1 yoshga yaqin davr atrofida biror bir kasallikni boshidan 
kechirgan 
bo`lsa 
tishlar 
emal 
qavatidagi 
nuqsonlar 
16,1311,21,23,26,36,33,32,31,41,42,43,46 tishlar kesuvchi qirralariga yaqinrok, 
12,22 tishlarning kesuvchi qirralarida joylashgan bo`ladi. Bu esa 12,22 tishlarning 
mineralizatsiyasi yuqorida ko`rsatilgan tishlarnikidan kechroq boshlanishidan 
darak beradi.
Tishlar emali sistemali gipoplaziyasining 6 xil shakli: dog` shakli, chuqurchali, 
egatchali, kosachasimon, aralash va aplastik shakllari mavjud.

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish