16
III gurux - ular ruhan muqimsizligi, qo`zg`alish
va
tormozlanish
jarayonlarining muvofiqlashmaganligi bilan ajralib turishadi. Ularda qo`rqish
hissiyoti sezilib turadi, xorg`inlik tezda namoyon bo`lib, fikrni bir nuqtaga jamlay
olish qobiliyati sust bo`ladi.
Shifoxonada bolalarning o`zini tuta bilish qobiliyatiga qarab,
ularda sodir
bo`ladigan yengil, kuchli va o`ta kuchli namoyon bo`ladigan qo`rquv hissiyotlarini
qo`zg`atish mumkin.
Engil qo`rqish hissiyotini namoyon qiluvchi bolalar, odatda turli baxonalar
(«tishim endi og`rimayapti», «yaxshisi ertaga kelaman», «xozir o`zimni yomon xis
qilayapman») bilan davolanishdan bosh tortmoqchi bo`lishadi. Ular atrofga
qo`rquv va shubha bilan qarashadi. Shifokordan uning har bir hatti-harakatini
tushuntirib berishni so`rashadi.
Kuchli qo`rquv hissiyotiga ega bo`lgan bolalar davolanishdan qat’iy bosh
tortishadi, davolanish o`rindig`iga o`tirishmaydi, yig`loqi bo`lishadi. Ba’zan ular
agressiv holatlarni namoyon qilishadi. Bunday hollarda
ular shifokorga tashlanib
uni itarishadi, teskari o`tirib olishadi, unga hamla qilishadi (ba’zan tishlab olishlari
ham mumkin). Bu hatti-harakatlar oqibatida ularning yurak urishi, nafas olishi
tezlashadi, ko`z qorachigi torayadi, kuchli ter quyiladi.
O`ta kuchli qo`rquv hissiyotiga ega bo`lgan bolalarni shifokor xonasiga olib
kirishning o`zi ancha mushkullik tug`diradi. Ular ota-onalariga yopishib olishadi,
baqirishadi, yig`lashadi. Asab sistemasining kuchli qo`zg`alishi oqibatida,
ularda
qattiq yo`talish, qusish, ixtiyorsiz siydik chiqarish hollarini ko`rish mumkin.
Bunday bolalarni o`rindiqqa o`tqazish juda mushkul ishdir.
Shuning uchun shifokor bolalarni davolash paytida ularning emotsional
ruhiy holatini aniqlashi, davolash va og`riqsizlantirishdan oldin ularning ruhiy
barqarorligini baxolashi lozimdir. Bolalarda juda kuchsiz namoyon bo`ladigan
qo`rquv hissiyotlarini aniqlashning o`zi ularda og`riqsizlantirish muolajalarini
ruhiy holatni barqarorlashtiruvchi muolajalar bilan birgalikda
olib brrishni talab
qiladi.
Bu
esa
o`z
navbatida
og`riqsizlantirishning
mahalliy
usulini
kuchaytirishning bir yo`nalishidir. Shu bilan bir qatorda shifokor-pediatrlarning
bolalar bilan til topisha bilishi, ular bilan o`z bolasidek mehribonlik bilan
muloqotda bo`lishi, shirin gapirib, o`ziga rom qila bilishi ham bolalardagi qo`rquv
hissiyotlarini pasaytiradi va o`zlariga bo`lgan ishonchni kuchaytiradi. Bu esa o`z
navbatida amalda qo`llanishi zarur bo`lgan muolajalarning ijobiy ta’sirini
oshirishda yordam beradi.
Yuqorida bayon qilingan og`riqsizlantirish usullaridan foydalanish
mobaynida ularning ta’sir kuchini yanada oshirish va bolalarning (ayniqsa, kuchli
qo`rquv hissiyotiga ega bo`lgan) ruhiy holatini barqarorlashtirish
maqsadida
bugungi kunda qator tadbirlar ishlab chiqilgan. Bular og`riqsizlantirishdan oldin
o`tkaziladigan dori darmonli muolajalar - premedikatsiyadir. YA’ni bolalarni
bevosita amalga oshirilishi lozim bo`lgan davolash tadbirlariga tayyorlashdir. Bu
maqsadda qator dorivor preparatlaridan foydalanish mumkin.
Bu moddalar asosan bolalarning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko`rsatib,
ularning ruhiy holatini barqarorlashtiradi. Shundan so`ng bolalar shifokorning
17
davolovchi va og`riqsizlantiruvchi muolajalariga nisbatan bir muncha befarq bo`lib
qolishadi.
Yuqorida zikr etilgan maqsadlar uchun markaziy asab sistemasini
tinchlantiruvchi vositalardan foydalaniladi. Bular
trankvilizatorlar va uyqu
dorilaridir.
Tinchlantiruvchi preparatlardan amizil, elenium, oksilidin, seduksen,
trioksazin, geksorbarbital va boshqalar bolalarning yoshiga qarab buyuriladi (3
yashar bolaga kattalarga mo`ljallangan miqdorning 1/3 qismi, 7 yasharga 1/2
qismi, 10-12 yashar bolalarga esa 2/3 qismi). Bularni muolajadan 30-40 minut
oldin bir marotaba berish mumkin yoki bo`lmasa 5-7
kun mobaynida kuniga bir
marta ichirib, bolalarni shu yo`sinda tayyorlash ham qulaydir.
Tinchlantiruvchi vositalardan aralashma tayyorlab foydalanish ham yaxshi
natijalar beradi. Moskva markaziy stomatologiya ilmiy-tekshirish instituti
(TSNIIS) xodimlari bu maqsadda quyidagilarni taklif qilishadi:
1) oksilidin-analgin-amizil aralashmasi;
2) meprobamat-amizil-amidopirin-diprazin;
3) meprobamat-fenobarbital-aminazin-atsetilsalitsil kislotasi-tavegil;
4) diazepam-nitrozepam-mefenamin kislotasi-tavegil va boshqalar.
Ba’zi bir hollarda yuqorida ko`rsatilgan qator tadbirlarga qaramasdan ayrim
bolalarda mo`ljallangan natijaga erishilmaslik hollari ham uchrab turadi. Bolalarga
tinchlantiruvchi vositalar va og`riqsizlantiruvchi muolajalar ham ayrim hollarda
ta’sir ko`rsata olmaydi. Bunday bolalarda qo`rquv hissiyoti o`ta kuchli rivojlangan
yoki bulmasa, dorivor vositalariga nisbatan tana sezgirligi yuqori bo`lishi mumkin.
Bularni shifokor, albatta hisobga olmog`i zarur.
Oz miqdorda uchrashi mumkin
bo`lgan bunday hollarda davolash tadbirlari bolalarda umumiy og`riqsizlantirish
(narkoz) yo`li bilan amalga oshirilmog`i lozimdir.