22 - rasm. Og’iz bo’shlig’i sili.
Og’iz bo’shlig’i silining asosiy morfologik shakllari infiltrat va yara
hisoblanadi. Infiltrat chegaralangan bo’lib, ayrim hollarda o’smalar
(tuberkulomalar) xarakteriga ega yoki tarq’algan bo’lishi mumkin. Infiltrat zich,
yumshoq’, usti silliq’ yoki donador bo’lishi mumkin. Infiltrat rangi o’tkir
shakllarida och q’izil, ekssudativ shakllarida kulrang bo’ladi. Yaralar shilliq’
q’avatlar burmalarida yashiringan kichik yoriq’lar ko’rinishida yoki keng yaralar
177
holatida bo’lib, miliar kulrang-sariq’ tugunli toshmachalar va shish bilan birga
kuzatiladi. Yaraning ostki q’ismi q’onab turadigan, mayda, donador granulyasiyali
bo’ladi. Yara chetlari notekis, ko’pincha yumshoq’, ammo ba’zan zichlashgan
bo’lishi ham mumkin. Bitayotganida yaralar o’rnida chandiq’lar hosil bo’ladi.
Miliar-yarali sil.
Sil mikobakteriyalarini infeksiyaning ochiq’ o’choq’laridan
(ko’pincha, og’ir rivojlanuvchi jarayon kechayotgan o’pkalardan) q’ayta kirishi
natijasida og’iz shilliq’ q’avatida ikkilamchi sil -
miliar-yarali sil
rivojlanadi.
Boshlanishida uncha katta bo’lmagan, odatda, birinchi davrlarda og’riq’siz,
keyinchalik juda og’riq’li yara hosil bo’ladi, u kengayib borib, ayrim hollarda katta
o’lchamlargacha etadi (1,5x2,0 sm). Odatda, yara uncha chuq’ur bo’lmaydi,
o’yilgan ko’rinishda, yumshoq’, chetlari notekis, ichiga o’girilgan ko’rinishida
bo’ladi. Uning tagi va chetlari sariq’-kulrang karash bilan q’oplangan
bo’rtmachalar hisobiga donador granulali bo’ladi. Atrofidagi to’q’imalar shishadi.
Tildagi sil yaralari tilning uch q’ismi, yon bo’limlari, orq’a q’ismi, o’rta chizig’i
bo’ylab va uning asosida joylashgan bo’lishi mumkin. Regionar limfatik tugunlar
boshida sezilmaydi, keyinchalik paypaslaganda kattalashgan, elastik zich, og’riq’li
ekanligi aniq’lanadi. Lab va lunj shilliq’ q’avati sili, kam hollarda alohida bo’lib,
ko’pincha yuq’ori nafas olish yo’llari yoki og’iz boshq’a a’zolarining silli
zararlanishlari bilan birga uchraydi. Zararlanish shakli ko’pincha yarali bo’ladi.
Yara boshlanishida yoriq’lar ko’rinishida bo’lib, labning (ayniq’sa, og’iz
burchagida) tashq’i va ichki ustki q’ism burmalari chizig’ida joylashadi.
Lab va lunjlar shilliq’ q’avatlaridagi infiltrativ va yarali jarayonlar nisbatan
chegaralangan, atrofi reaktiv ko’rinishlarsiz, kam og’riq’li, sersuv granulali,
bitishga moyilligi, produktiv jarayon xarakterini saq’lab q’oladigan ko’rinishda
bo’lishi mumkin. O’tkir, asosan ekssudativ fazada, sezilarli og’riq’, ikkala
lablarning shishi, miliar tugunli toshmachalar bilan birga kuzatiladi.
Milk sili alohida holda kam uchraydi. Milkning sil bilan zararlangan
to’q’imasi avval shishadi, juda yumshoq’, og’riq’li, giperemiyalangan va q’onab
turuvchi bo’lib q’oladi. Keyinchalik jarayon zo’rayganda, yaq’q’ol ifodalangan
granulyastiyali sil yarasi hosil bo’ladi. Q’attiq’ va yumshoq’ tanglayni sil bilan
178
zararlanishlari har xil bo’lishi mumkin, ya’ni ustki, biroz infiltrastiyali
chegaralangan yoriq’simon yaralar ko’rinishidan, ayniq’sa yumshoq’ tanglayda,
keng, bo’rtmachali papillomatoz infiltratli o’ziga xos notekis yaralar
ko’rinishigacha bo’lishi mumkin. Boshlang’ich shakllarida shilliq’ q’avat chegarali
giperemiyalangan ko’rinishda bo’lib, markazida epiteliy butunligi buzilmagan
holda sariq’-oq’ kichik dog’ aniq’lanadi. Hiq’ildoq’ silining o’tkir, ko’pincha
ekssudativ zararlanishlarida, yumshoq’ tanglay bodomcha bezlari odatda,
giperemiyalangan, infiltrasiyalangan va boshida, miliar tugunchalar bilan
q’oplangan bo’lib, ko’p o’tmay ularning o’rnida yarachalar paydo bo’ladi.
Differenstial tashhis
biopsiya materialini gistologik usul yordamida tekshirish
orq’ali amalga oshiriladi. Material yaralarning chuq’ur q’avatlaridan olinadi. Bu
usul gigant Pirogov-Langxans va epitelioid hujayralar tutuvchi kazeinli
granulemalarni identifikasiya q’ilish uchun o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |