Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. Og’iz-halq’um bo’g’masi



Download 7,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/250
Sana18.12.2022
Hajmi7,81 Mb.
#890559
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   250
Bog'liq
bolalar terapevtik stomatologiyasi

16-rasm. Og’iz-halq’um bo’g’masi. 
 
Bo’g’ma kechishining xususiyatlari bemorning yoshiga bog’liq’. Yoshi kichik 
bolalar va 30 yoshdan oshgan kattalarda bo’g’ma og’ir kechadi. 


169 
17 - rasm. Halq’um bo’g’masi. 
 
Emlangan bolalarda bo’g’maning tavsifi.
Emlangan bolalarda bo’g’maning 
hamma klinik shakllari ichida, og’iz-halq’um bo’g’masining mahalliy 
(chegaralangan) shakli ko’proq’ uchraydi (taxminan 90%), jarayonning 
og’irlashishi va tarq’alishi kuzatilmaydi, asoratlarsiz, o’z-o’zidan tuzalib ketishi 
aniq’langan. Emlangan bolalarda bo’g’maning tomoq’dagi pardasi q’onamasdan 
engil olinadi va buyum oynachalari orasida q’isman eziladi. Emlangan bolalarda, 
emlanmagan bolalarga q’araganda, ko’proq’ og’iz-halq’um bo’g’masining klinik 
belgilari aniq’ namoyon bo’lmaydigan shakli kuzatiladi (17-rasm). Asfiksiya va 
zotiljam hiq’ildoq’ bo’g’masi asoratlari hisoblanadi. 
Bakteriologik tekshiruvlar
og’iz-halq’um, burun shillig’i surtmalari va 
boshq’a joyda joylashgan o’choq’lar ajralmasidan bo’g’ma korinebakteriyalari 
kulturasini 
ajratib 
olish, 
geldagi 
presipitasiya 
reaksiyasi 
yordamida 
q’o’zg’atuvchining toksigen xossalarini o’rganish va biovarlarini (gravis, mitis, 


170 
intermedius, biflantis) aniq’lash uchun uning biokimyoviy xossalarini o’rganishni 
o’z ichiga oladi (18-rasm).
18-rasm. C. diphteriae gravis (chapda), mitis (o’ngda) koloniyalari 
Patologik materialni olish uchun steril q’uruq’ tamponlar ishlatiladi, har xil 
joylarda joylashgan o’choq’lari uchun alohida tamponlardan foydalaniladi. 
Halq’umdan shilliq’ni ertalab och q’oringa yoki ovq’atlangandan keyin 2 soatdan 
kam bo’lmagan vaq’t ichida, chayish va mahalliy davolash usullarini q’o’llashdan 
oldin olish lozim. Namunani tanglay bodomcha bezlaridan, tanglaydan, 
hiq’ildoq’ning orq’a ustki q’ismidan ko’z bilan nazorat q’ilib turib, tamponni 
aylanma harakatlantirib, shpatel yordamida til bosilib turib olinadi. Tampon til, 
lunj va tishlarga tegib ketmasligi shart. Bo’g’ma pardasi borligida material 
zararlangan va sog’lom to’q’imalar chegarasidan olinadi. Har bir tampon alohida 
steril probirkaga solinadi va u zich yopiladi. Bir odamdan olingan ashyoli 
probirkalar birga bog’lanadi, tamg’alanadi va ashyo olinganidan 2 soat o’tmasdan 
bakteriologik laboratoriyaga yuboriladi. 
Bo’g’ma korinebakteriyalari toksigenligini tasdiq’lovchi musbat javob 48-72 
soatdan so’ng, manfiy javob 48 soatdan keyin beriladi. 95-98% bemorlarda 
bo’g’ma tashhisi bakteriologik usul bilan tasdiq’lanadi.
Differenstial tashhisi.
Mahalliy og’iz-halq’um bo’g’masini ko’pincha 
streptokokk va stafilokokkli etiologiyali lakunar va follikulyar aniginalardan 
farq’lash lozim bo’ladi. 


171 
Angina o’tkir boshlanishi, 1-3 kunli prodromal davri va to’lq’insimon 
kechishi bilan ta’riflanadi. Streptokokkli anginada tana harorati ko’pincha yuq’ori, 
stafilokokkli anginada esa me’yorda yoki subfebril bo’lib, keyinchalik ko’tariladi. 
Harorat reaksiyasi mahalliy jarayonning kechish muddatiga mos keladi. Og’iz-
halq’umning chegaralangan bo’g’masiga nisbatan intoksikasiya (ayniq’sa, 
streptokokkli anginada) jadalroq’ kechadi, uning simptomlari xilma-xilroq’ 
bo’ladi. Masalan, anginada kuchli bosh og’rig’i, q’altirash, ko’pincha q’ayt q’ilish, 
alahlash, hayajonlanish, och q’izil rangli lunj, ko’z yaltirashi va lablarning q’urishi 
kuzatiladi. Yutganda og’riq’, regionar limfa tugunlarining q’attiq’ligi va 
og’riq’liligi anginada kuchliroq’ namoyon bo’ladi. Ko’pincha, ayniq’sa, angina 
q’aytalanganda, limfa tugunining reaksiyasi bodomcha bezlardagi jarayonlarga 
nisbatan kuchliroq’ kechadi. Bo’g’madan farq’li ravishda, bodomcha bezlarining 
har xil q’ismlaridagi infiltrasiya, shish va giperemiya bir xil namoyon bo’lmaydi, 
ularning usti va q’oplagan pardasi notekis bo’ladi, bir xil bo’lmaydi. Follikulyar 
anginada follikulalarning yiringli erishi (mikroabsesslar) kuzatilib, ularning 
yorilishi natijasida bodomcha bezlari ustiga yiring ajraladi, yangi mikroabsesslarni 
hosil bo’lishi tana haroratini oshishi bilan birga kechadi. Lakunar anginadagi parda 
nuq’tali, yo’l-yo’l bo’lib, ular bir-birlari bilan q’o’shilib, har xil kattalikdagi va 
shakldagi orolchalar paydo q’iladi; parda lakuna yo’nalishda joylashgan, detrit va 
yiringdan tashkil topgan, yumshoq’, engil olinadigan va buyum oynachalari 
orasida eziladigan bo’ladi. Parda bodomcha bezlari yuzasi bo’ylab tarq’alganda 
ularning q’alinligi bir xil bo’lmay, lakunalar ustida q’alinroq’ bo’ladi. Bunday 
parda konsistensiyasi, rangi, q’alinligi bo’yicha har xil, ustki q’ismi notekis 
bo’ladi, zich q’ismlaridan olishda q’on ketish kuzatiladi, ular buyum oynachalari 
orasida ezilmaydi. Lakunar-follikulyar anginada bodomcha bezlari yallig’lanish 
reaksiyalarining ikkala turi birga uchraydi. O’tkir respirator virusli infeksiyalar 
fonida rivojlanuvchi stafilokokkli anginada, soxta pardali karash shakllanishi 
mumkin, u usti tekis, yaxlit, asosan yumshoq’ bo’lib, ba’zan bodomcha bezlari 
chegarasidan ham kengroq’q’a tarq’aladi. 


172 
Keng tarq’algan og’iz-halq’um bo’g’masini Simanovskiy-Plaut-Vensen 
anginasi, og’iz-halq’um shilliq’ q’avatlarining kuyishi va stomatitlardan farq’lash 
lozim. Simanovskiy-Plaut-Vensen anginasida tana harorati ko’pincha subfebril 
bo’ladi, intoksikasiya va yutishdagi og’riq’ yaq’q’ol namoyon bo’lmaydi, 
bodomcha bezlarining yuq’ori q’utbida va tanglayda o’yilgansimon yara 
joylashgan bo’lib, yumshoq’ suzmasimon massa bilan q’oplangan bo’ladi.
Og’iz-halq’um shilliq’ q’avati kuyganda nekrotik karash asosan lablar, til, 
tanglay, tilcha va hiq’ildoq’ orq’a ustki q’ismida joylashadi. Bodomcha bezlari 
sohasida nekrozlar kam bo’ladi yoki bo’lmaydi. 
Stomatit bo’g’madan farq’li o’laroq’ uzoq’ davom etuvchi isitmalash, so’lak 
oq’ishi, kuchli og’riq’, og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati, shu jumladan bodomcha 
bezlarida ko’pgina aftoz elementlar borligi bilan tavsiflanadi. Aftoz elementlar 
yumaloq’ tekis nekrotik pilakchalar ko’rinishida bo’lib, atrofi giperemiyali halq’a 
bilan o’ralgan bo’ladi. Og’ir hollarda bu pilakchalar kengayib, katta sohada nekroz 
kuzatiladi.

Download 7,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish