Axloqiy madaniyat – jamiyatdagi axloqning yuksaklik darajasini fuqarolarning axloqiy saviyasini aks ettiruvchi tushuncha. U shaxsning jamiyatdagi asosiy axloqiy me’yorlarini egallashi va o’zgalar bilan shu asosda munsoabatda bo’lishi, o’zini axloqiy tomondan muntazam takomillashtirib borishi singari jixatlarni o’z ichiga oladi. Axloqiy madaniyatning eng muhim omillaridan biri – muomala odobi. Insonlar bir biri bilan xamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan o’zaro ta’sir ko’rsatmasdan yashashi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |