glossariy.
A
Avtomatlashish, xarakatlarning avtomatlashishi – ong bevosita ishtirok etmay turib, xarakatni g’ayriixtiyoriy amalga oshirish, mashinal darajaga keltirish, ta’limning so’ngi bosqichi uchun xos bo’lgan operatorning javob reaksiyasini shakllantirish usullaridan biri. Ko’nikma hosil qilishning dastlabki bosqichida xatti xarakatlar ongli ravishda, tafakkur va nutq ishtirokida boshqariladi. Ko’nikma egallangan sari ayrim xatti xarakatlar g’ayriixtiyoriy ravishda ong ishtirokisiz bajariladi, bu o’rinda idrok va xis tuyg’ular, ayniqsa kinestetik sezgilar yetakchilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |