A.M.Leushinaning xizmatlari yana shundaki, u analizator yordamida sanashga o`rgatishning xilma-xil mashqlarini ishlab chiqdi. 50-90 yillarda O`zbekistondagi bolalar bog`chalari elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi asoslari rivojlanishi bo`yicha ko`pgina pedagoglar ish olib bordilar. Jumladan: Bikbaeva H.U. 1973 yildan boshlab, Rossiyalik pedagoglar, Leushina A.M., Stalimar A.A., Metlina L. S larning ishlar ko`rib chiqib, ularning hammasi bizning O`zbekiston bolalar bog`chalariga to'g`ri kelmasligini isbotlaydi yangi dastur yaratdi.
Metodistlar Ќosimova X.I., Ibroximova Z.I lar bilan birgalikda 1995 yili «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni, shakllantirish» mavzusida O`rta va Oliy pedagogika bilim yurtlari uchun o`quv qo`llanma tayyorlandi.
Bikbaeva N.U. Ќosimova X.I. bilan birgalikda «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi bo`yicha dastur, Respublikadagi pedagogika Oliy o`quv yurtlari uchun tayyorlandi.
Bolalar bog`chalarning turli yosh guruhlari uchun qo`llanma tayyorlangan.
Nazorat savol va topshiriqlari 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda to`plam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
2. Hisoblash faoliyati elementlariga o`rgatish.
3. Son. Sonlarning natural qatori va ularnint rivojlanish tarixi.
5-MA'RUZA: Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillari Reja: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta'limning asosiy didaktik prinsiplarini amalga oshirish.
2. Matematika mashg`ulotlarini o`tkazishga qo`yiladiga metodik talablar.
3. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar.
4. Bolalar bog`chasining turli yosh guruhlarida matematika mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi.
Tayanch so’zlar va iboralar: Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi — nazariy bilimlarni hayotga, bog`lanishini kengaytira borishni talab qiladi. Individual yondashish prinsipi — bolalarni yosh xususiyatini, qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadi va bu prinsip matematikani o`qitish davo’lida amalga oshirilishi shart.
Bolalarni maktabgacha ta’lmda matematik tasavvurlarni shakllantirishda. Didaktik prinsiplar
1. Ilmiylik prinsipibog`chada o`rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo`lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya'ni biz ilmiylik to`g`risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda berilayotgan bilim mazmuni ilm asosida tuzilgan bo`lishi kerak.
M: 2 + 2 = 4 ilm asosida.
2+2=5lar ham uchrab turadi, lekin bu ilm asosida emas.
M: 3=7
Isboti.
15-15 = 35-35
3 (5-5) =7(5-5): (5-5)
3=7
Isbotdagi xatoni toping.
5 — 5 = 0 biz bilamiz nolga bo`lish mumkin emas.