Nazorat savol va topshiriqlari
1.Modellashtirish nima?
2. Tekshirish va baholash deganda nimani tushunasiz?
3. Ko’rgazmali va og’zaki metod deganda nimani tushunasiz?
9-MA'RUZA: O’yin va o’yin mashqlaridan foydalanish
Reja:
1. O’yin turlarining o’ziga xos xususiyatlari
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o'yinning turlarini tashkil etish usullari.
3.Mazmunli- syujet o'yinlar, harakatli o'yinlar, ta'limiy o'yinlar.
Tayanch so’z va iboralar: o’yin , mazmunli- ijroli, harakatli , ta'limiy didaktik.
O'yinning turlari: Bolalar o'yinlari o'zining rang -barangligi bilan ajralib turadi. Ular o'z mazmuni va tashkil etilishiga ko'ra ,bolalarga ta'sir darajasiga ko'ra ,turlichadir.Bolalarning barchasi bolalar o'yinlarini to'g'ri rahbarlik qilishi uchun ularni albatta guruhlash zarur.Pedagogika o'yinlarini 2 ta katta guruhga bo'lish juda keng tarqalgan; ijodiy o'yinlar va qoidali o'yinlar .
Ijodiy o'yinlarening mazmunini bolalarning o'zlari o'ylab topadilar va ularning o'z tasurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks ettiradilar.
Qoidali o'yinlar kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi .Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo'ljallangan bo'ladi. Tayyor qoidali o'yinlarning katta guruhini halqa o'yinlari tashkil etadi , ularning ko'plari avloddan avlodga o'tib , bizga yetib kelgan .
O'yinning tuzulishi: O'yin bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, barcha faoliyatda bo'lgani kabi unda ham qator hislatlar; maqsadning mavjudligi, sabablar, amalgam oshirish vositalarining asosiy savollar harakatlar, natijaning mavjudligi kabilar hosdir.
Bola o'yindagi maqsadiga erishish uchun o'ziga sheriklar tanlaydi, zarur o'yinchoqlarni topadi, o’yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi, o’yinchilar bilan hilma hil muloqotlarga kirishadi.Bola katta maktabgacha yoshiga kelib o'yin mavzusi va mazmunini kelisha oladigan ro'llarni taqsimlaydigan, o’z o'yin faoliyatini muayyan tarzda Asosiy savollar:lashtiradigan bo'ladi. Boshqa faoliyatturlarida bo'lgani kabi o'yin jarayoniga bolaning butun shahsiyati; uning pisihik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi o'yinda bol faol harakat qiladi, gapiradi, o’z bilimlariniqo'llanadi.
Didaktik o'yinlar ta'limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xusu-siyatlariga mos keladigan o'yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o'yin-larning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O'yinda o'yin niyati, o'yin qoidalari, o'yin harakatlari o'rtasida uzviy aloqa mavjud. O'yin niyati o'yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O'yin qoidasi esa, o'yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o'yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O'yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o'yin mazmunini boyitadi.
Didaktik o'yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydala-niladi. Bolaning kun tartibida didaktik o'yin uchun vaqt va joy aj-ratilishi kerak. Bunday o'yinlar mashg'ulot jarayonida va o'yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o'tkaziladi. Bunda o'yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o'yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
Navbatma-navbat ta'sir etish.
So'ralganda javob berish.
O'rtoqlari fikrini eshita olish. ;
O'yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
O'yin qoidasini bajarish.
O'z xatosini tan olish.
Didaktik o'yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatla-rini hisobga olish lozim. O'yinda o'yin tempi va ritmi katta rol o'ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko'p kuttiradi, juda tez temp esa Bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munoza-ralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o'yin ishtirokchilarini to'g'ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og'zaki so'z o'yinlari.
Buyum va o 'yinchoqlar bilan o 'ynaladigan o 'yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o'ynaladigan o'yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasawurlari, diqqatlari o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to'g'risida umumiy tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |