o`rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. An’anaviy
topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari, umuman har bir ob’ektga badiiy
tus berilgan holda obrazlashtirish,
taqqoslash, o`xshatish orqali jumboqlanadi. Javob
qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan ob’ekt-narsa yoki tabiat hodisalarning otini aytib
berish, ma’nosini topish, yashiringan narsani echish, bilishdan iborat.
Shu narsa diqqatga loyiqki, har bir topishmoq turmush bilan chambarchas bog`langan
bo`ladi. Topishmoqda atrofimizdagi narsalarning badiiy-estetik tomonlari, xalqning urf-
odatlari aks etadi. Unda tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni bir-biriga taqqoslash,
o`xshatish orqali borliqni, undagi mavjud narsalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga
katta yordam beradi.
Xalq og`zaki ijodining eng boy janrlaridan biri bo`lgan topishmoq
ikki qismdan iborat
bo`lib, topishmoqning asosiy qismi bo`lgan javob obrazlar orqali jumboqlangan ob’ekt-
narsaning otini aytib berishdan iboratdir. Uning savol-jumboq qismi tabiat, tabiat
hodisalari va narsalarni, umuman, ob’ektni badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish,
taqqoslash, o`xshatish orqali jumboqlashdan tashkil topgan.
Topishmoqning jumboq
qismi bilan javobi birlikda bir butunlikni tashkil etadi.
Topishmoq o`z ichiga borliqdagi hamma narsa va hodisalarni, ularning turli-tuman
ko`rinishlarini qamrab oladi. Osmon, ko`k, quyosh, oy, yulduzlar, tabiat hodisalari; odam
va uning a’zolari; hayvonot dunyosi; qushlar, hashoratlar; daraxt, har turli o`simliklar,
meva, sabzovotlar; uy-ro`zg`or buyumlari;
mehnat qurollari, umuman, hamma narsalar
haqida ko`plab topishmoqlar yaratilgan.
Zero, topishmoq hozirgi vaqtda ham o`zining g`oyaviy, tarbiyaviy ahamiyatini yo`qotgan
emas. Hozirgi kunda ham har xil narsa va hodisalar haqida yangidan-yangi topishmoqlar
yaratilmoqda. Topishmoqlar ayniqsa, kichkintoylarning fikrlash qobiliyatini o`stirishga,
ularni muayyan bir fikrni badiiy tusda ifodalashga va ziyraklikka, topqirlikka o`rgatadi.
Yaxshi tarbiya – bolalarni istagan paytda ojizni himoya qilishga tayyor turuvchi
insonparvar kishilar sifatida voyaga etkazishdan iboratdir. Bolalikda bu - hayvonlarni
himoya qilishdan, hatto, ninachilar, kapalaklar va gullarga rahmdil bo`lishdan boshlanadi.
Deylik, deraza oldida ikki bola turibdi. O`g`il bola – ikki yoshda, qiz esa to`rtda. Ular
oynaga burunlarini taqagancha ko`chani tomosha qilishayapti. Oxiri ko`chaga
qarash
jonlariga tegib, oynaga urilayotgan kapalakni tutib olishdi-da, qanotlarini yulib tashlab,
uning o`rmalashini tomosha qila boshlashdi. Ularga bu juda qiziq tuyulardi. Avval uchib
yurgan edi, endi bo`lsa o`rmalayapti.
- Dada, oyi, - deyishdi ular hayajonlari oshib-toshib. – Bu yoqqa kelib, mana buni
ko`ringlar!
Ularning bu o`yiniga dadasining negadir qaragisi ham kelmadi.
- Kapalakning qanoti ham xuddi sizlarning qo`llaringizga o`xshaydi, - dedi u. – Mabodo
kuchli bir odam sizlarni ham kapalakka o`xshatib o`ynaganda yaxshi bo`larmidi? Hech
kimning va hech narsaning jonini og`ritmaslik kerak.
Tabiiyki, bolalar nima qilishlarini bilmay, bir-birlariga tikilib qolishadi. Ana shunda ota
jahlidan tushib, avval o`zi aytib bergan, bolalarning o`zlari o`qigan tabiatni – jonivorlarni,
parranda-yu,
darrandalarni,
qurt-qumursqalarni
o`ldirmaslik,
parvarish
qilish,
ko`paytirishdek vazifalarni ularning eslariga solsa va shu yo`sinda jozibali topishmoqlar
aytishni boshlab yuborsa, ayni muddao bo`lardi.
Uy hayvonlari, jonivorlar orasida hamma uchun yaqini, suyuklisi, e’zozlisi
sigir
hisoblanadi. Har qanday holatda ham sigir oila boquvchisi, yordamchisi hisoblanadi. U
parvarish qilinsa, o`z vaqtida o`t-emi berib turilsa u sutu qaymoq bilan mehmon
qilaveradi. Uning haqidagi topishmoq ham juda hayratlanarli:
Erta ketar laylixon,
Kechda kelar laylixon,
Turli-tuman bog`chalardan,
Yig`ib kelar laylixon.
Do'stlaringiz bilan baham: