1 8 3
D i l b a r — (
Ensasi qotib). E-e, bo‘ldi, bo‘ldi. Ko‘p cho‘zma.
Qani qo‘ling?
V a l i — (
O‘zini go‘llikka solib). Nima, fol ochmoqchimisan?
O z o d a — (
Sinfdan bosh chiqarib). Bu nima qiliq, tartibga
bo‘ysun-da!
V a l i — (N o i l o j q o ‘ l i n i c h o ‘ z a d i ). Mana, ko‘ra qol,
top-toza!
D i l b a r — Yaxshi, kir.
(
Vali yana bir nima demoqchi bo‘lib og‘iz ochadi, ammo
sinfdan chiqqan Ozoda gapirtirgani qo‘ymay sudrab ketadi. Shu
payt ikki-uch bola eshikka yaqinlashadi-yu, Dilbarning
chalg‘iganidan quvonib, Ali eshikning orqasidan chiqadi, lip etib
sinfga o‘tay deganda, Dilbar ko‘rib, yo‘l to‘sadi.)
D i l b a r — Òo‘xta!
A l i — Nima deysan?
D i l b a r — Men navbatchiman.
A l i — E, navbatchi bo‘lsang doska art, nega yo‘l to‘sasan!
D i l b a r — (
Afsuslanib). Men o‘qigan maktabda tartib
boshqacha edi. Navbatchi ozodalikni tekshirmay sinfga qo‘ymasdi.
Bu yerda unaqa emas ekan.
A l i — Ha, unaqa emas. Hali ham o‘sha maktabingga boraver.
Seni hech kim ushlab turgani yo‘q, qani, oyimqiz, sag‘al
chetroqqa o‘tib tur-chi!
D i l b a r — Nega?
A l i — Òurtib yubormay deyman-da!
D i l b a r — Ho-ho, qani turtib ham ko‘r-chi!
A l i — Nima qilarding?
D i l b a r — Nima qilardingmish-a, yuzlaringni timdalab
olaman!
A l i — (
O‘dag‘aylab). Meni-ya?!
D i l b a r — Ha,
xuddi seni-da, ke, ko‘p gap sotmay
qo‘lingni ko‘rsat, qara, bo‘yningni yuvsang bo‘lmaydimi?
A l i — Bo‘ynimga nima qipti?
D i l b a r — Popkangga o‘xshab qorayib ketibdi. Òirnog‘ingni
qara, xuddi qoshig‘-a, voy-bo‘! Bu ahvolda oyog‘ingga ham bir
yilda bir marta suv tegmasa kerak o‘zi!
A l i — (
Òitrab-qaqshab). Nima, yana bitta qaytar, nima deding?
(
Ali g‘azabdan qaltirab ketdi. Jon holatda qo‘ltig‘idan papkasini
olib, Dilbarning boshiga tushirmoqchi edi, Dilbar kulimsirab Aliga
yaqinlashdi. Uning beparvoligi Alini dovdiratib qo‘ydi.)
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 8 4
D i l b a r — Ur, ha,
nega qarab qolding, ur! (
Ali papkani
jahl bilan chetga uloqtirdi. Nima qilayotganini o‘zi ham bilmay,
shoshib-pishib botinkasini yechdi va qo‘lini yerga tirab, oyog‘ini
osmonga ko‘tardi.)
A l i — Mana, oyog‘imni ko‘rmoqchi bo‘lsang, ko‘r!
D i l b a r — Hoy, Ali, jinni bo‘lma!
A l i — (
Battar o‘chakishib). Yo‘q, ko‘rasan, ha, paypog‘imni
yechib ko‘rasan, qani, ko‘rmay ham ko‘r-chi, nima qilarkinman!
Shu payt qo‘ng‘iroq chalinganini Ali ham, Dilbar ham
eshitmadi. Yo‘qlama ko‘tarib kelayotgan o‘qituvchi Asad Saidovich
sinfga yaqin qolganda ajablanib to‘xtab qoldi. Shosha-pisha
cho‘ntagidan ko‘zoynak olib taqdi, engashib, Alining u tomoniga,
bu tomoniga o‘tib qaradi. So‘ng ajablanib, Dilbarga o‘girildi.
A s a d S a i d o v i c h — Nima qiliq?
D i l b a r — (
Alining papkasini yerdan olarkan beparvolik bilan).
E-e, Asad Saidovich, yangilikdan xabaringiz yo‘q. Ali masxaraboz
bo‘lib,
sirkka kirgan ekan, sirkda namoyish qiladigan bir-ikkita
nomerlarini menga ham ko‘rsatyapti.
A s a d S a i d o v i c h — Nima, nima?
Ali bir joyda qotib qoldi. So‘ng birdan qochmoqchi bo‘ldi.
Ammo shu qadar dovdirab qolgan ediki, nima qilishini bilmay,
qo‘li bilan emaklab sinfga kirdi-yu, arang oyoqqa turib, birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: