Siz atagan har bir joy
Bitta bo‘ston bo‘ladi.
Hammasini qo‘shsangiz,
O‘zbekiston bo‘ladi.
O‘zbek xalqi azaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota-
bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Q. Muhammadiyning „Etik“,
„Buvimning hikoyasi“; H. Yoqubovning „Sirdaryo oftobi“;
Shukur Sa’dullaning „Hovlimizning bolalari“, „Dastyor qiz“,
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
„Bog‘bon qiz“; Ilyos Muslimning „Oyxon va rayhon“, „Ishchan
asalarilar“, „Sening sovg‘ang“; Po‘lat Mo‘minning „Dalalarga
qarasam“, „Oftob chiqdi olamga“; Qudrat Hikmatning „Bobo va
nabira“, „Jo‘jam, yurma laqillab“; Tolib Yo‘ldoshning „Vaqt
qadri“; Yusuf Shomansurning „Baraka“, „Tikuvchi“; Tursunboy
Adashboyevning „Shanbalik“; Rauf Tolibning „Bobo xursand,
Nodira xafa“; Qambar Otaning „Mehnatdan zavq olaman“
she’rlari bevosita mehnat mavzusiga bag‘ishlangan.
Tinchlik va do‘stlik. Bu ikki so‘z bir-biriga egizak. Bolalar ada-
biyotida tinchlik va do‘stlik mavzusi muhim o‘rin tutadi. G‘afur
G‘ulom („Kaptar uchar, g‘oz uchar“, „Tinchlik arafasi“), Q. Mu-
hammadiy („Urushga yo‘l bermaymiz“), Sh. Sa’dulla („Tinchlik
qushi haqida men o‘qigan she’r“), I. Muslim („Do‘stlik“), Q. Hik-
mat („Tinchlik haqida qo‘shiq“), Shuhrat („Tinchlik allasi“,
„Do‘stlik guli“), Mardonqul Muhammadqulov („Uch kaptarim,
uch“), Yusuf Shomansur („Orzular bir“), Safar Barnoyev („Biz
bolalar“), Tursunboy Adashboyev („Do‘stlik“) kabi shoirlar
kitobxonlarni tinchlik va do‘stlik ruhida tarbiyalashga barakali hissa
qo‘shdilar.
Hozirgi zamon bolalar adabiyotida o‘nlab balladalar, ertaklar,
dostonlar maydonga keldi. Oybekning „Zafar va Zahro“, „Bobom“;
Q. Muhammadiyning „Dunyoda eng kuchli nima?“, „Solijon“;
Shukur Sa’dullaning „Laqma it“, „Ikki donishmand“; Po‘lat
Mo‘minning „O‘rinbosarlar“, „Eh, rosa shirin ekan“, „Xolning
jiyron velosipedi“, „Oltin nay“, „Jalil eshitgan ertak“; Qudrat
Hikmatning „Toshbaqalar hujumi“, „Bobo dehqon hangomasi“,
„Chovkar“, „Chirchiq farzandi“; Ramz Bobojonning „Cho‘pon
o‘g‘li“; Safar Barnoyevning „Biz dehqon bolasimiz“, „Oltin shahar
haqida afsona“, „Oltin oshiqlar“; Miraziz A’zamning „Aqlli bola-
lar“, „Bedananing buvisi“; Tursunboy Adashboyevning „Dovon-
lar“, „Harflarning sarguzashti“; Toshpo‘lat Hamidning „Asrorqul-
ning qo‘chqori“; Ergash Rayimovning „Bir dona yaproq“; Rauf
Tolibning „Sehrgar do‘stim bor“, „Maqtanchoq“; Usmon Azim-
ning „G‘aroyib ajdarho“; Kavsar Turdiyevaning „Toshkesarlar
mamlakatida“ kabi poema va ertak-dostonlari yaratildi.
Shoir Po‘lat Mo‘min „Ko‘ngil istar yaxshilik“ asarida bolalar
o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, o‘qituvchi va jonajon maktabga
muhabbat, birdamlik masalalarini ilgari suradi. Bolalar hayotida
sodir bo‘ladigan yutuq va kamchiliklar badiiy bo‘yoqlarda, qiziqarli
lavhalarda chizib beriladi. Bir so‘z bilan aytganda, maktab
o‘quvchilarining jozibali hayoti zavq-shavq bilan tasvirlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar nasrida ham salmoqli asarlar
yuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan - yangi avlodi kamol topdi.
Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to‘la javob bera
oladigan ko‘plab hukoyalar yaratildi. Hakim Nazir, Yoqubjon
Shukurov, Nosir Fozilov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Turg‘unboy
G‘oipov, Rahmat Azizxo‘jayev, Latif Mahmudov, Farhod Musa-
jon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov,
Ergash Rayimov, Safar Barnoyev, Abdusaid Ko‘chimov, Anvar
Obidjon va boshqalarning maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan
qissa va hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqdi.
Juda ko‘p hikoyalarda kichkintoylar hayotidagi turli sargu-
zashtlar va ziddiyatlar o‘z ifodasini topmoqda. Shodmonbek
Otaboyevning „Itolg‘i“ hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish,
ardoqlashga qaratilgan. Itolg‘i chumchuq va chug‘urchuqlarni tutib
olib yeydigan qush. Shukurali aka itolg‘ini jiyani Shavkatga sovg‘a
qiladi. Shavkat uzum qo‘riqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo
qush ularnikida o‘zini erkin sezmaydi. Buning sababini surish-
tirganda Shavkatning otasi bu jonivor ozodlik va erkinlikni qo‘m-
sayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlarni yaxshi ko‘radigan,
rahmdil bola. U itolg‘ini qafasda uch kun zo‘rg‘a ushlab turadi.
Qafasda qush emas, o‘zi o‘tirgandek bo‘ladi va itolg‘ini qafasdan
butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga rahmat, degandek aylanib
uchib ketadi.
Bolalar qissachiligida Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qah-
hor, Mirkarim Osim kabi ulug‘ adiblarning hissasi katta. Shu-
ningdek, Hakim Nazir, Shukur Sa’dulla, Xudoyberdi To‘xta-
boyev, Latif Mahmudov, Nosir Fozilov, Farhod Musajon Mah-
kam Mahmud, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Habib Po‘-
latov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Shukur Xolmir-
zayev, Oqiljon Husanov, Mamatqul Hazratqulov kabi yozuvchi-
larning asarlari ham sevib o‘qiladi.
Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika
janrlari ham rivoj topdi. Xudoyberdi To‘xtaboyev („Sariq devni
minib“, „Qasoskorning oltin boshi“, „Shirin qovunlar mamla-
katida“), Hojiakbar Shayxov („Samo mehvaridagi namoyish“,
„Shom kamari“, „Ajdodlar xotirasi“), Mahkam Mahmud („Tes-
kari ko‘zlar sayyorasi“), Anvar Obidjon („0099 nomerli yol-
g‘onchi“, „Dahshatli Meshpolvon“), Oqiljon Husanov („Tog‘da
o‘sgan bola“), Olloyor („Fazogir chumoli“) va boshqalar bu
janrda samarali ijod qilmoqdalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham
katta rol o‘ynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Po‘lat Mo‘min,
Mamarasul Boboyev, Turg‘unboy G‘oyipov, Narimon Orifjonov,
Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Ravshan Yoriyevlarning
pyesalari kichkintoylar quvonchiga quvonch qo‘shib kelmoqda.
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir
bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama
boyib borishida jahon bolalar va o‘smirlar adabiyotidan qilingan
badiiy tarjimalarning o‘rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini
o‘qigan har bir yosh kitobxonning dunyoqarashi, fikri, tasavvuri
boyib, o‘sha xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari, orzu-
intilishlari bilan oshno bo‘ladi.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o‘tib, dillarni
yashnatib yurgan „Qizil shapkacha“ (Sh. Perro), „Robinzon Kruzo“
(D. Defo), „Guliverning sayohatlari“ (J. Svift), „Dyuymchaxon“
(X. Andersen), „Oltin baliq“ (A. S. Pushkin), „Tom Soyerning
boshidan kechirganlari“, „Shahzoda va gado“ (M. Tven), „Kapitan
Grant bolalari“, „Ostin-ustun“ (J. Vern), „Don Kixot“ (J. Ser-
vantes) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarini
jo‘sh urdirib yuboradi.
XX asrda ijod etilgan „Maugli“ (R. Kipling), „Kichkina
Shahzoda“ (A. de Sent-Ekzyuperi), „Katta va kichik Karlson“
(A. Lindgren), „Toshkent—non shahri“ (A. Neverov), „Vinni
Pux“ (A. Miln), „Ahmoq sichqoncha haqida ertak“ (S. Marshak),
„Uch baqaloq“ (Yu. Olesha), „Quvnoq jalbaqlar“ (B. Ker-
boboyev), „Doktor Voyjonim“ (K. Chukovskiy), „Temur va
uning komandasi“ (A. Gaydar), „Chipollinoning sarguzashtlari“
(J. Rodari), „Styopa amaki“ (S. Mixalkov), „Kim bo‘lsam ekan?“
(V. Mayakovskiy), „Bilmasvoy quyosh shahrida“ (N. Nosov)
singari olam kezib yurgan asarlar o‘zbek kitobxon bolalarida katta
taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimalargadir
o‘rgatadi, nimalargadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko‘pchiligida
ona-Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido
qilish („Uch baqaloq“), noshukur bo‘lmaslik, ota-ona pand-
nasihatiga quloq solish („Ahmoq sichqoncha haqida ertak“), inson
va insonga mehr („Maugli“), tabiatni asrash, hayvonot olamini
sevish („Doktor Voyjonim“), odamlar xizmatini qilish, beminnat
yordam ko‘rsatish („Temur va uning komandasi“), o‘ziga pishiq-
puxta bo‘lish, ichki sirlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik („Qizil
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
Shapkacha“), namunali o‘qish, kasb-hunar egasi bo‘lish („Kim
bo‘lsam ekan?“), sergak, zukko, quvnoq bo‘lish („Quvnoq
jalbaqlar“) dek oliyjanob g‘oyalarning yotishi bolalarning tarjima
asarlariga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini oshiradi.
Butun jahon bolalari taniydigan italyan yozuvchisi Janni
Rodari (1920—1980) qalamiga mansub „Chipollinoning
sarguzashtlari“ asarini huzur qilib o‘qimagan o‘zbek kitobxoni
bo‘lmasa kerak. Chipollino Chipolloning o‘g‘li. Uning yettita
akasi ham bor edi. Chipolletto, Chipollotto, Chipollochcho,
Chipolluchcho kabi mashhur piyoz xonadoni o‘g‘illari shular
jumlasiga kiradi. Ayonki, qayerda piyoz bo‘lsa, o‘sha yerda
ko‘zlarda nam bo‘ladi. Chipollinolar uncha keng bo‘lmagan bir
yashikdek joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo uylarining oldidan
olifta zodagonlar o‘tib qolgudek bo‘lsalar, darhol dastro‘mollari
bilan burunlarini berkitib, ko‘zlaridan yosh oqizib o‘tib ketardilar.
Negaki ular piyozning achchiq hidiga chiday olmas edilar-da!
Ana shunday quvnoq kuychining „Hunarning hidi qanaqa?“
degan she’ri bog‘chalarimiz dasturidan uzoq yillardan beri joy
olib keladi. She’r quvnoq misralar asosiga qurilgan bo‘lib,
o‘quvchini bir o‘qishda, tinglashda o‘ziga rom etib oladi. Boshda
kitobxon: — iya, hunarning ham hidi bo‘ladimi? — deyishi tabiiy.
Lekin she’rni o‘qigach, tinglagach, Rodariga ishonadi, qoyil
qoladi, xulosa chiqaradi.
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, jahon bolalar adabiyotining
eng yaxshi asarlarini o‘qish O‘zbekiston bolalarining ruhiy,
ma’naviy dunyosini boyitibgina qolmay, balki bolalar uchun ijod
qilayotgan yosh adiblar, shoirlar uchun ham badiiy mahorat
maktabi bo‘lib qolmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 0
Do'stlaringiz bilan baham: |