Bo‘lajak mutaxassislar uchun maxsus ma’ruza



Download 4,33 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi4,33 Kb.
#779604
Bog'liq
Bo‘lajak mutaxassislar uchun maxsus ma’ruza

Bo‘lajak mutaxassislar uchun maxsus ma’ruza


22 mart 2018 yil 08:30da institutimizning 2 – ma’ruzalar zalida 4 kurs talabalariga “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori Salohiddinov Abdulhakim Temurxo‘jaevich “Suv xo‘jaligi sohasida islohotlar” mavzusida ochiq ma’ruza taqdim qildi. Ochiq ma’ruzada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti professori, g.f.d. Asqar Nigmatov, institut “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori Ismoilxodjaev Baxodirjo‘ja Sharifxo‘jaevich va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-metodika boshqarmasi xodimasi Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi. Professor o‘z ma’ruzasini talabalarga tushuntirishda avvalo, qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish muammolari quyidagicha:

  • Sug‘oriladigan maydonlarni tekislanmaganligi oqibatida ko‘llatib sug‘orish

  • Q/x ekinlarining ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari va texnikalariga rioya qilmaslik.

  • Suvning qat’iy hisob-kitobini joriy qilinmaganligi.

  • Sug‘orishning zamonaviy texnika va texnologiyalarini qo‘llanmasligi

  • Suv iste’molchilarining mas’uliyatsizligi. Ariq va zovurlarning tozalanmaganligi. Suvni zovurga oqizib qo‘yish.

  • Kanallarning Foydali ish koeffitsientining (FIK) past darajada qolayotganligi. Kanallarni tozalanmaganligi. Inshootlar ta’mirlanmaganligi.

  • Suv iste’molchilari o‘rtasidagi suv olish va yetkazib berish shartnomalarining to‘liq bajarilmasligi tushuntirib o‘tdi.

Muammolar haqida talabalar bilan fikr almashishgandan so‘ng, suvdan foydalanish tizimidagi isloxatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi:

  • Respublikada suv resurslarida limit asosida foydalanish tartibining joriy etilishi (VM 3.08.1993 №385 qarori)

  • Suv resurslarini boshqarishda ma’muriy-xududiy tamoyildan gidrografik-xavzaviy prinsipga o‘tilishi

  • Davlatning bir qism xuquq va majburiyatlarini jamoat tashkilotlarga berilishi

  • Suvdan foydalanishning qonunchilik bazasini takomillashtirish. Qishloq xo‘jaligi ekinlari diversifikatsiyasi

  • Qishloq xo‘jaligidagi keng qamrovli islohotlar

  • Yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga davlat siyosati darajasida yondashish va boshqalar.

Mavzu davomida o‘qituvchi talabalarga “O‘zgidromet”ning 2018 yil sug‘orish mavsumining suv bilan ta’minlanishi bo‘yicha bashorati haqida eng so‘ngi ma’lumot berib o‘tdi:
Tog‘lardagi qor zaxirasi va yog‘ingarchilik miqdori:
Me’yorga nisbatan 35-55 %
2013 yilga nisbatan 10-15 % kam.
1. Vaxsh, Zarafshon va Farg‘ona vodiysining janubidagi daryolar suv ta’minoti:
Me’yorga nisbatan 80-90 %
2013 yilga nisbatan 5-15 % kam
2. Norin, Chirchiq, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi shimolidagi daryolar suv ta’minoti:
Me’yorga nisbatan 70-80 %
2013 yilga nisbatan 5-15 % kam
3. Qoradaryo, Ohangaron va Qashqadaryo havzalarida suv ta’minoti:
Me’yorga nisbatan 50-60 %
2013 yilga nisbatan 25-30 % kam bo‘lishi kutiladi deya takidladi professor. Ma’ruza “bitiruvchi talabalar auditoriyasi” tomonidan qiziqib tinglandi. Vazifa sifatida har bir talabaga nafaqat iste’molchi balki mutaxassis sifatida suvni tejash borasida qanday islohot o‘tkazish kerakligini topib kelish vazifasi yuklatildi.

O‘quv-metodika boshqarmasi metodisti Maftuna Tosheva axboroti
Download 4,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish