Mavzu: :Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati
Reja:
KIRISH
I.Nazariy Qisim
1.1. O'yinning bola faoliyatining asosiy turi sifatidagi o'ziga xosligi.
1.2. O‘yin turlari.
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yiniga raxbarlik qilish.
1.4. Bolani intelektual zukko bolishini ta’minlash.
1.5. Bolaning rivojlanishida o'yinchoqlarning ahamiyati.
II.xulosa
III.Foydalanilgan Adabyotlar
KIRISH
Pedagog A.S.Makarenko, “o‘yinchoq o‘yinning “material asosi”, o‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi”, - deb ta’kidlaydi. Rus pedagoglari o‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar ko‘lamini ularning materiallarini farqlash malakasini rivojlantiruvchi vosita deb ta’kidlab, bola dunyog‘arashini kengaytirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar.
Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bo`lar bolaning sensor qobiliyattini rivojlantirishga qaratilgan. O‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyattlarni rivojlantiradi.
O‘yinchoq bolalarda – ma’naviy-ahloqiy tuyg‘ularni (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg‘otadi. o‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaqlari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondoshuv - o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigienik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi.
O'yinchoqlar juda xilma-xil bo'lishi mumkin, ammo ularning barchasi muayyan pedagogik va badiiy talablarga javob berishi kerak. Har bir yoshda bolaga mavzu va maqsadda har xil bo'lgan o'yinchoqlar kerak: syujetli o'yinchoqlar (qo'g'irchoqlar, hayvonlarning haykalchalari, mebellar, idish-tovoqlar); texnik (transport, dizaynerlar, texnik birliklar); o'yinchoqlar - "asboblar" (cho'p, to'r, bolg'a, tornavida, cho'tka, kattalar uchun eng oddiy mehnat vositalariga taqlid qiluvchi o'yinchoqlar); qiziqarli o'yinchoqlar; barcha yoshdagi bolalar uchun teatr, musiqa, sport o'yinchoqlari. Skuterlar, bolalar avtomobillari, traktorlar, oson o'zgartirilishi mumkin bo'lgan katta qurilish to'plamlari kabi katta o'lchamli o'yinchoqlar gipodinamiyaga qarshi kurashga hissa qo'shadi, bolaning harakatlarini va kosmosda orientatsiyani o'rgatadi. Stolda o'tirib, bola har tomondan aniq ko'rinadigan kichik o'yinchoqlar bilan o'ynash uchun qulayroqdir.
1. O'yinning bola faoliyatining asosiy turi sifatidagi o'ziga xosligi.
O‘yin - buyumli-predmetli va ijtimoiy vog‘elikda harakat qilish va uni anglashga yo‘naltirilgan jarayondir. U o‘zining kelib chig‘ishi ko‘ra, yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy vog‘elik xisoblanadi. o‘yin, bu bola faoliyatining yorg‘in turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlari natijaning mavjudligi uning o‘ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida sabablarning o‘ziga xosligi asosiy xisoblanadi. O‘yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, xissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta’sirchanligi – uning butun shaxsiyati shakllanadi.
2.O‘yin turlari.
Bola o‘yinda amaliy ehtiyojlarga g‘aram bo‘lmaydi. Bunda u o‘zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chig‘adi. Bolalarning o‘yinlari o‘zining rang – barangligi bilan ajralib turadi. o‘yin o‘z mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra, bolalarga ta’sir ko‘rsatish darajasi, buyumlarning turlari va kelib chig‘ishiga ko‘ra ijodiy va qoidali o‘yinlarga bo‘linadi.
Ijodiy o‘yinlar bu bolalarning mo`sraqil ijodiy, o‘zlari o‘ylab chig‘qan o‘yin majmuidir. Bunda bolalar o‘z taassurotlari, borlig‘ hayotdagi tushunchalari va unga bo‘lgan o‘z munosabatlarini aks ettiradilar. Ijodiy o‘yinlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |