Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
389
bilimlar, g’oyalar, fikrlar, axborot almashinuvini, turli ma’lumotlar uzatish va qabul
qilish, munosabat o’rnatgan odami bilan bir-birini tushunishi ta’minlab berilgan bo’ladi.
Bundan tashqari, bola bitta partada kim bilan o’tirishi, kim eng yaqin o’rtog’i, ularning
nima haqida gaplashishi, shuningdek, bola tanaffus va katta tanaffus paytlarida kimlar
bilan yaqin munosabatda bo’lishini aniqlash lozim. Bu ishlarni albatta o’qituvchi va
psixolog hamda ota-onalar hamkorlikda olib boradilar. Biroq, bu tekshirishlar bolaning
izzat-nafsiga tegmasligi kerak, iloji boricha bola bu haqida bilmasligi kerak.
Bolalarda shu salbiy illatlarni yo’qotish, ularni zamon talablari asosida
tarbiyalash birinchi navbatda o’qituvchi, psixolog ko’pincha ota-onasi zimmasiga
tushadi. Shunday ekan tarbiyachi-o’qituvchi, psixolog ota-onalar bilan kelishgan holda
bolalarda paydo bo’layotgan nuqsonlar ildizini o’rgangandan keyin tarbiya ishiga
kirishadilar. Tarbiya ishlari har bir sinfda har metod bilan olib borilishi zarur. Bu yerda
maktab o’quvchilarining yosh xususiyatlarini ham inobatga olgan ma’qul. Shundagi-na
biz kutagn natijaga erisha olamiz.
Dunyoni ishlarini qarang-ki, stress deganimiz yosh tanlamas ekan. Bola
shaxsining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan yana biri bu-stressdir.
Bolaning yoshi, o’tish davri, jinsidan qat’i nazar stressga tushish hollarini kuzatishimiz
mumkin. Bolaning ichki dunyosi ruhiyati uchun yangi nimadir bilan buzib
yuborilganda bolada stress holati yuzaga kelishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi davrni aytadigan bo’lsak bola bog’chaga
qatnay boshlagani uchun yaqin odamlarini ko’rmaslik, hojatxonaga mustaqil boorish,
atrofdagi yangi odamlar bolada stressni yuzaga keltirib chiqaradi. Shuningdek, bu
shifokor yoki sartaroshga borish, dori ichish bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin.
Bolaning bu voqealarga munosabati birinchi navbatda yaqinlarining ko’proq ota-
onasining qanday qabul qilishiga bog’liq.
Odatda ko’pchilik ota-onalar boladagi stressni payqashmaydi. Bolada
kechayotgan stressni bolaning normal o’sish va rivojlanish jarayonida kuzatiladigan
holatlardan farqlab olishi qiyin boladi. Agar farzandi stressni boshidan
kechirayotgandek tuyulsa, zudlik bilan buning sabablarinianiqlashi lozim. Bolalar o’zini
nima bezovta qilayotganini har doim ham so’z bilan ifodalay olmaydi, shuning uxhun
ham bu borada ota-ona ruhshunos, psixolog yordami bilan bolada kechayotgan
o’zgarishlarni, salbiy sabablar, stressni bartaraf qilish usullari bilib olishi zarur
hisoblanadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, ota-onalar bola stress vaziyatiga imkon qadar
kechroq to’qnash kelishiga harakat qilishi lozim.
Salbiy omillardan yana biriga to’xtaladigan bo’lsak bu – qo’rquv. Bolalardagi
an’anaviy qo’rquvlar haqida ham unutmaslik kerak. Ular ham psixolog, ruhshunoslar
fikricha bola shaxsining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi sabablardan biri
hisoblanadi. Qo’rquv haqida gap borganda dastlab, bolani yolg’iz qolishdan instinktiv
qo’rqishi haqida bormoqda. Doim o’z oilasi bilan birga bo’lishga intilish har bir
oilaning ongida tabiataan mavjud. Masalan, farzandingiz gapingizga kirmasa “
yalmog’izga berib yuborish” ko’chaga chiqarib qo’yish shart emas. Kattalar uchun
beozor tuyulgan bunday gaplar yosh bolalar uchun o’ta jiddiy hisoblanadi.
Yana bir narsani alohida ta’kidlashimiz kerak-ki, ayrim ota-onalar farzandlarini
kiyintirishda jiddiy xatoga yo’l qo’yadilar, ushbu goh boyligini ko’z-ko’z qilish uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: |