1) “Gullar” mashq-o‘yini.
Yo‘riqnoma: bolalar aylana bo‘lib turadilar. Pedagog-psixolog to‘pni
birinchi bolaga tashlaydi, u to‘pni olib, birorta gul nomini aytadi va to‘pni
pedagog-psixologga tashlaydi. Keyin pedagog-psixolog to‘pni keyingi bolaga
tashlaydi. O‘yin bolalarga ma’lum bo‘lgan barcha “gullar” aytilib bo‘lgunga
qadar davom etadi.
2) “Burdon testi”.
Yo‘riqnoma: Bolalar, pedagog-psixolog tomonidan oldindan (har bir
bola uchun alohida) tayyorlangan shakldagi (8-ilova) rasmni topadi va
bo‘yaydilar. Topshiriqni bajarish vaqti 5 daqiqa.
Eslatma: Topshiriqni bajarishdan oldin bolalar bilan ushbu
mashg‘ulotda shakldagi qaysi rasmni bo‘yashni kelishib olish kerak. (masalan,
bugun biz “kulib turgan cho‘chkacha”ni yashil rangli qalamda bo‘yaymiz. Keyingi
mashg‘ulotda “xafa turgan cho‘chkacha”ni kuk rangli qlamda bo‘yash mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |