6) “Burun-pol-shift” o‘yini.
Yo‘riqnoma: Bolalar stulchalariga yaqin turib, pedagog-psixologning
aytgan va ko‘rsatgan vazifalariga bajaradilar. Burun – deganda, bolalar
qo‘llari bilan burunlarini, pol – deganda, polni ko‘rsatadilar, shift –
deganda, ko‘llarini tepaga ko‘tarib, kaftlarini qimirlatadilar. Pedagogpsixolog vazifalarni bolalar bilan birgalikda bajaradi, shunigdek, ataylab
xato aytadi. Bolalar pedagog-psixolog aytgan vazifalarni bajarishlari kerak
bo‘ladi.
7) “Namunadagidek yig‘ing” mashqi.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog avvaldan geometrik shakllarni
tayyorlaydi. Mashg‘ulotda bolalar asosiy shaklni yig‘adilar.
Eslatma: Pedagog-psixolog avvaldan tayyorlaydi:
birinchi: 4-ilovadagi bir shaklni har bir bola uchun (chop ettirgan holda)
oddiy oq qog‘ozga (A5 listga) tayyorlaydi;
ikkinchi: 4-ilovadagi (ikkisidan birini) shaklni (masalan o‘ngdagi
kvadratda 7ta geometrik shakl bor) qirqib tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |