7) “Shaklni top” mashqi.
Yo‘riqnoma: Har bir bola uchun geometrik shakllar (6-ilova)
tayyorlanadi. Pedagog-psixolog biror bir shaklni topib, bolalardan o‘sha shakl
qaysi shakl ekanligini topishlarini so‘raydi. Misol uchun, chap ustunda,
uchinchi qatorda qaysi shakl turibdi?, va hokazo.
8) Refleksiya.
Yo‘riqnoma: Bolalar doira bo‘lib turib oladilar. Pedagog-psixolog har
bir bolaga to‘pni tashlab, bugungi mashg‘ulotdan qay biri ularga ko‘proq
yoqqanini so‘raydi. Shuningdek, pedagog-psixolog: - bolalar, bugungi
mashg‘ulotimizda kim ko‘proq faol bo‘ldi! ...., u holda kelinglar uni olqishlab
qo‘yaylik. Keyingi mashg‘ulotlarimizda hammadan faol bo‘lishini so‘rab
qolaman. Barchangiz zo‘r qatnishdinglar, rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |