"bola huquqlari to’G’risida"gi konvenstiya reja



Download 37,31 Kb.
bet4/5
Sana26.05.2022
Hajmi37,31 Kb.
#608810
1   2   3   4   5
Bog'liq
bola huquqlari to’G’risida gi konvenstiya reja

Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Voyaga etmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish
Voyaga etmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga etmagan shaxsni giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol etishga jalb qilish —
uch oydan olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga etmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g’ayriqonuniy ravishda muomalaga chiqarish bilan bog’liq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ikki yoki undan ortiq voyaga etmagan shaxsga nisbatan;
v) o’quv yurtlarida yoki o’quvchilar, studentlar o’quv-tarbiya, sport yoki jamoat tadbirlari o’tkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi —
besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Erkin fuqarolik jamiyati qurish yulidan borayotgan mamlakatimizda "Inson manfaatlari yili", "Oila yili", "Ayollar yili", "Soglom avlod yili", "Onalar va bolalar yili", "Mexr va muruvvat yili", "Sihat-salomatlik yili", "Xomiylar va shifokorlar yili", "Ijtimoiy himoya yili", "Yoshlar yili" “Barkamol avlod yili”buyicha qabul qilingan maxsus davlat dasturlari doirasida keng qamrovli chora-tadbirlar kompleksi xayotga izchil tadbiq etilmoqda. Binobarin, Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, "...xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’lik". Ayni paytda O’zbekistan mazkur chora-tadbirlarni muvaffakiyatli amalga oshirishda MDX, mamlakatlari orasida etakchilik qilmoqda.
Bola tug’ilgan kunidan boshlab o’z huquqiga ega bo’ladi. Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqida: "Ota-onaning farzand oldidagi burchi unga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, boshini ikki, uyli-joyli qilishdir",-degan edi.
2008 yilning yanvar oyida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida"gi qonuni bola huquqlarini himoya kilish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yunalishlarini belgilab beradi. Ushbu qonun mamlakatimizda yashayotgan har bir bolaning huquq va erkinliklarini ta’minlash, uning hayoti va sog’ligini muhofaza qilish, kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqlari va imkoniyatlari tengligini ta’minlash, huquqlari kafolatini ta’minlash maqsadida davlat organlari, nodavlat-notijorat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda uni rivojlantirish, jinoyatchilikning oldini olishga xizmat kiladi. Mazkur qonunda bolaning yashash, shaxsiy daxlsizlik, oila muhiti, mulkka egalik qilish, mehnat qilish, ta’lim olish va bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ijtimoiy himoyalanish kabi huquqlari kafolatlari aniq belgilab qo’yilgan.
Konstitustiyamizning 65-moddasida: "Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan qatiy nazar, qonun oldida tengdirlar", deb kafolatlangan.
Shuningdek, Konstitustiyamizda davlat va jamiyat ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan va etim bolalarga g’amxo’rlikni o’z zimmasiga olishi, onalik va bolalik davlat muhofazasida ekani qayd etilgan.
Bolalar nafaqat huquqlarga, balki Konstitustiyamizning 47-52-moddalarida mustahkamlangan majburiyatlarga ham ega. Unga ko’ra, Konstitustiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, tarixiy, ma’naviy, madaniy merosni avaylab-asrashga, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.
Ta’lim sohasida ham yoshlarimizning zamonaviy bilimlarni egallashi, o’z qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishi, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xalqaro huquqiy normalarda, xususan, Inson huquqlari Umumjahon Deklarastiyasida "Ta’lim shaxsni to’la rivojlanishiga, inson huquqlari hurmatini yuksaltirishga va asosiy erkinliklariga qaratilgan bo’lishi lozim" deb ta’kidlansa, "Bola huquqlari to’g’risida"gi konvenstiyaning 26-moddasi bolalarning ta’lim olish huquqiga qaratilgan bo’lib, bu norma qatnashchi davlatlardan bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni ta’minlab berishni va barcha ahloqiy masalalarda bolaning qadr-qimmatini himoya qilish, shuningdek, ta’lim tizimini xalqaro birdamlikda olib borishni talab qiladi. 29-moddasi esa bolalar ongining to’liq rivojlanishi uchun ta’lim va tarbiya davlat tomonidan ta’minlanishini ta’kidlaydi.
BMT Bosh assambleyasining Ming yillik Deklarastiyasi (2000 yil), "Bolalar yashashi uchun maqbul dunyo" hujjatining (2002 yil) qabul qilinishi hamda BMTning Bola huquqlari qo’mitasi 42-sessiyasida tinglangan O’zbekiston Respublikasining ikkinchi Milliy ma’ruzasi bo’yicha qabul qilingan tavsiyalar, YuNISEFning O’zbekiston hukumati bilan imzolagan 2005-2009 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi bolalar farovonligini oshirish yuzasidan umumiy harakatlar va yunalishlarning yangi mo’ljallarini belgilab olishni taqozo etdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining 2007 yil 15 yanvardagi "O’zbekistonda bolalar farovonligini ta’minlash bo’yicha Harakat Dasturi"da belgilangan alohida sharoitdagi bolalarni qo’llab-quvvatlashga doir ustuvor yo’nalishlar o’ta muhim vazifalarni qamrab oldi
2014 yil 2 yanvar kuni " Vasiylik va Homiylik to’g’risidagi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 2014 yil 3 iyuldan kuchga kiradi. Mazkur qonun Voyaga etmaganlar huquqlarini himoya qiladi. Ushbu qonun 9 bob, 50 moddadan iborat bo’lib, quyida voyaga etmagan fuqarolar uchun tegishli bo’lgan qismlardan namunalar beriladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bo‘ldi. 1992 yilda Konvensiyaga qo‘shilgach, O‘zbekiston Respublikasi bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha qator xalqaro-huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Bundan tashqari, Konvensiya qoidalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari qo‘mitasiga muntazam ravishda Konvensiya qoidalarini bajarish yuzasidan davriy hisobotlarni taqdim etadi.
Milliy ma’ruzalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi yakuniy kuzatishlarni ishlab chiqqan bo‘lib, unda davlat tomonidan e’tibor qaratilishini talab etuvchi sohalar ko‘rsatilgan va O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati BMTning Bola huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejasini ishlab chiqdi va qabul qildi. Mazkur Harakat rejasi bola huquqlarini amalga oshirish sohasidagi qonunchilikning qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutgan.
Shu munosabat bilan 2007 yil 1 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullanib, 2008 yil 8 yanvarda kuchga kirdi.
Qonunning asosiy maqsadi bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo‘li bilan bolalarni, shu jumladan yetim bolalarni va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bola huquqlarining barcha asosiy va qo‘shimcha kafolatlarini jamlagan tarzda mujassam etadi hamda mustahkamlaydi.
Ta’kidlash kerakki, bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida xalqaro-huquqiy me’yorlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha yetarli darajada katta ishlar olib borildi. Amaldagi qonunchilikda bola huquqlari va manfaatlari, shuningdek, ularning himoyasiga alohida o‘rin berilgan.
Bola huquqlari himoyasi bo‘yicha qonunchilik asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga ko‘ra, bola dunyoga kelishi bilan inson hamda fuqaro huquq va erkinliklariga ega bo‘ladi hamda bu davlat tomonidan kafolatlanadi. Konstitutsiyamizning 65-moddasiga muvofiq farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Bola huquqlari himoyasi bo‘yicha amaldagi qonunchiligimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi me’yorlarining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, uning talablariga binoan bolaning asosiy huquqlari, ularni himoya qilish shakllarini mustahkamlagan va kengaytirgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Oila kodekslarining qabul qilinishi bola huquqlari himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Qonunning “Umumiy qoidalar” deb nomlangan 1-bobida bola huquqlarini ta’minlash sohasidagi qator muhim tushunchalar, xususan, “yetim bola”, “jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola”, “ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar”, “nogiron bola”, “ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola” tushunchalari berilgan.
Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 4-moddada belgilangan. Bunday yo‘nalishlar sirasiga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlari tengligini ta’minlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash; bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga, yuvenal adliya tizimini yaratish hamda rivojlantirishga ko‘maklashish va boshqalar kiradi.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash borasidagi vakolatlari, jumladan, bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash; bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etish; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish; bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari, bolalar muassasalari, tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib va nazorat qilib borish; bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Qonunda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, davlat organlari va boshqa organlarning shu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida bola huquqlari bo‘yicha vakolatli organ tashkil etilishi mumkinligi ham nazarda tutilgan.
Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining 2007 yil 15 yanvardagi majlisida ma’qullangan O‘zbekistonda bolalar farovonligini ta’minlash bo‘yicha harakat dasturida 2007-2011 yillarda bolalar farovonligini yanada yaxshilash strategiyasi asosida mazkur sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
Ilg‘or xalqaro tajriba va huquq tizimini hisobga olgan holda oila, onalik va bolalik manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asosini takomillashtirish va rivojlantirish; oila, bolalarning moddiy farovonligini mustahkamlash, bolalar va o‘smirlar orasida zarur iqtisodiy sharoit yaratish; bolalarning 12 yillik umumiy bepul ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi umummilliy miqyosdagi ta’lim dasturini amalga oshirish; aholining reproduktiv salomatligini saqlash tizimini takomillashtirish; bolalarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – nogironlar, yetimlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining davlat tomonidan himoyalanishini ta’minlash kabi masalalar shular jumlasiga kiradi.
Mazkur qonunning 6-moddasi bola huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki masalalariga bag‘ishlangan. Ma’lumki, mahallalarda milliy qadriyatlarni asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ichki ishlar bo‘limlari, “Sog‘lom avlod uchun” hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalari bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlari olib borilmokda.
Mahallada tinchlik-totuvlikni ta’minlashda, yoshlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda hamda sog‘lom oilalarni shakllantirishda mahalla faollarining, Yoshlar bilan ishlash komissiyasi, ayniqsa, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, shuningdek, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilishda ko‘maklashadi, bolaga yoki uning qonuniy vakiliga huquqiy, uslubiy va boshqa xil yordam ko‘rsatadi.
Bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarni shakllantirishda hamda ro‘yobga chiqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirok etishi imkoniyatlari ham mazkur Qonunda nazarda tutilgan.
“Bola huquqlarining asosiy kafolatlari” deb nomlangan 2-bob Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning asosiy prinsiplari milliy qonunchiligimizda mustahkamlanishini ta’minlovchi normalardan iborat. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda, jumladan, bolaning yashash huquqi, himoyaga bo‘lgan huquqi, g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi, individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi, oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi, o‘z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari, shuningdek bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari hamda boshqa huquq va erkinliklari qat’iy belgilab berilgan.
Mazkur masala yuzasidan davlatimiz tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevralda qabul qilingan “Ona va bola” davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida ona sog‘ligini mustahkamlash va sog‘lom bola tug‘ilishi masalalariga e’tiborni kuchaytirish, bolani parvarish qilish tizimini yaratish, har tomonlama jismoniy, ma’naviy va aql-zakovatli bolalar kamol topishi uchun shart-sharoit yaratish, ularda pedagogika va psixologiyaning zamonaviy usullarini qo‘llash asosida qat’iy bilimlar, erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish bolalarni Vatanimizga, xalqimizga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda bola tarbiyasida mahallalarning rolini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari” deb nomlangan 3-bob yuzaga kelgan vaziyat va taqdir taqozosi bilan hayoti og‘ir kechayotgan, shuningdek davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilinish va qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj bolalarga mo‘ljallangan qo‘shimcha kafolatlar, ularni ta’min etish masalalariga bag‘ishlangan. Ana shunday toifadagi bolalarga nogiron bolalar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar, muayyan muqim yashash joyi bo‘lmagan bolalar, kam ta’minlangan oilalarning bolalari, jinoiy javobgarlikka tortilib, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalar, shuningdek zo‘ravonlik, zulm va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrdiydaga aylangan bolalar kiradi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlash davlat zimmasiga yuklatilmoqda (24-modda). Binobarin davlat bolaning oilada bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishi kerak. Shuningdek, nogiron bolalarni hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga moddiy yordam, maslahat yordami va boshqa xil yordam ko‘rsatishi hamda ularni qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Bundan tashqari, qonunda oilada tarbiyalanish baxtidan bebahra yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning ularga zarur g‘amxo‘rlikni hamda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan muqobil shaklda joylashtirilishi bilan bog‘liq vasiylik va homiylikni belgilash, bolani farzandlikka olish, oilaga tarbiyaga olish (patronat), ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, ijtimoiy himoya muassasalariga joylashtirish huquqi ham belgilab qo‘yilgan.
Qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg‘unlashish huquqi kafolatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Chunonchi, 25-moddada ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga ega ekanligi nazarda tutilmoqda. Qonunda belgilanishicha, nogironlik belgilangan paytdan e’tiboran bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.
Qonunda, shuningdek, ta’lim, tibbiyot va madaniy-ma’rifiy muassasalar nogiron bolalar hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerakligi ham belgilab qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqishda davlat tashabbuskor bo‘lishi hamda zarur resurslar ajratishi nazarda tutilgan.
26-modda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joygabo‘lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan. Qonunda belgilanishicha, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, davlat ta’minotida turgan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining bitiruvchilari yoki jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan bolalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi bolalar o‘zlari ilgari yashagan turarjoy maydoniga ega bo‘lish yoki qonun hujjatlariga muvofiq turarjoy olish huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari mujassam topgan 27-moddada belgilanganidek, ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega bo‘lgan har bir bolaga tayinlanadi. Yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish hamda ularni ta’minlash to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Shunisi ham borki, davlat organlari ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan har bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qat’i nazar, moddiy va boshqa sharoitlarni ta’minlaydi.
Qonunning 28-moddasiga muvofiq nogiron bolalarning, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari ularning ayni shunday yordam, ya’ni profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordami olish, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanish, davlat sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish, shuningdek o‘z uylarida parvarish qilinish huquqlari amalga oshirilishi orqali ta’min etiladi.
“Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari” deb nomlangan 23-moddaga muvofiq, har bir bola bilim olish, shu jumladan bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim, shuningdek o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi olish huquqiga ega. “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari” deb nomlangan 29-moddada esa maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag‘lar davlat tomonidan ajratilishi, shuningdek boshqa choralar ko‘rilishi tarzidagi qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga va nogiron bolalarga ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy qobiliyati va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqi berilmoqda.

XULOSA
Demak, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda bola huquqlarini kafolatlash bo‘yicha quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
birinchidan, milliy qonunchilikni bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan muvofiq holga keltirib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga mosligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, bola huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini aniqlashtirish va ishlab chiqish, tegishli dasturlar tuzish, shuningdek, davlat organlari va nodavlat tashkilotlarning mazkur sohadagi faoliyatini baholash uchun huquqiy asos (Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya va boshqa xalqaro huquqiy me’yorlar qoidalari bilan birgalikda) yaratdi;
uchinchidan, davlat va nodavlat organlarining bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vazifalarini, vakolatlarini va o‘zaro faoliyatini aniqlashtirdi;
to‘rtinchidan, bola huquqlari himoyasi mexanizmi amaliy natija berishini ta’minlaydi;
beshinchidan, bola huquqlari bo‘yicha qonunchilikning kelgusidagi rivoji uchun asos yaratadi.


Download 37,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish