Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   210
Olim bo‘lgan cho‘pon
(Ibratli hikoya)
y farzand, sen pandu nasihatlarga quloq solsang va ulardan 
ibrat olsang, yaxshilab amal qilsang, diling doimo shod 
bo‘ladi, kundan-kunga o‘saverasan.
Aytishlaricha, Luqmoni hakimnikiga bir guruh kishilar mehmon 
bo‘lib kelishdi. Undan hikmatga oid narsalar haqida so‘rashdi. 
Shunda kelganlardan biri:
– Ey hakim, sen falon joyda cho‘ponlik qilgan kishi emasmisan? 
– deb so‘rab qoldi.
– Ha, o‘sha cho‘ponman, – deb javob berdi Luqmon, – hozir 
ko‘rib turibsanki, hakimman.
– Bu darajaga qanday erishding? – so‘radi u.
Luqmoni hakim unga:
– To‘g‘ri so‘zlash, odamlarga yaxshilik qilish, omonatga xiyonat 
qilmaslik, yolg‘on so‘zlamaslik, behuda gapirmaslik, musibat va 
qiyinchiliklarga mardona chidash va o‘zini kamtar tutish tufayli! 
– deb javob berdi.
Ziyorat qilish odobi
uhabbatni oshiradigan va do‘stlikni mustahkamlaydigan 
sabablardan biri bayramlar, dam olish kunlarida, safarga 
bormoqchi bo‘lganda yoki safardan kelganda, kasal bo‘lganda 
o‘zaro bir-birini qutlab, ziyorat qilib turishdir.
Ziyorat qilishda rioya qilinadigan bir qancha odoblari bor. 
Jumladan:
1. Ziyorat qilish uchun munosib vaqt tanlagin. Bu uxlash, 
ovqatlanish yoki boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘linadigan vaqt 
bo‘lmasin.


– 265 –
2. Borishi haqida oldindan xabar berish (bu aslo manmanlikka 
kirmaydi, “meni munosib kutishga harakat qilinglar”, degan 
ma’noni anglatmaydi. Balki ularni oldindan ogohlantirilsa, 
mezbonlar noqulay ahvolga tushib qolmaydilar).
3. Agar ziyorat uchun ma’lum vaqt tayin etilsa, unga rioya qil. 
Undan erta ham, kech ham borma.
4. Agar biron uyga kirmoqchi bo‘lsang, oldin uy egasidan 
ruxsat so‘ra. Agar uy egasi senga eng yaqin kishi bo‘lsa ham.
5. Uyga kirayotganda seni qarshi olayotgan kishiga salom ber.
6. Uyga kirayotganingda yo‘lingda duch kelgan narsalardan 
ko‘zingni erga qaratib o‘tgin. O‘tirgan paytingda uy jihozlari yoki 
derazalariga alanglab ko‘p qarama. Shuningdek, o‘zingga lozim 
ko‘rilgan joyda o‘tir.
7. Gapirayotganingda o‘rta ovoz bilan gapir. Foydali so‘zlar 
bilan cheklan.
8. Oldingga qo‘yilgan ovqatni yomonlama.
9. Uy egasining xursandligi yoki tashvishiga sherik bo‘l. 
Xursand vaqtlarida tabriklab, tashvish chekayotganida unga dalda 
bo‘l.
10. Uzoq o‘tirma. Chunki uy egasining boshqalar bilan ham 
va’dasi yoki qiladigan ishlari bordir.
11. Kasal ko‘rishga borganingda ham uzoq o‘tirma yoki ko‘p 
gapirib uni qiynab qo‘yma. Uning oldida faqat xursand va xotirjam 
qiladigan so‘zlarni gapir.
12. O‘zingdan zeriktirib qo‘yadigan darajada ko‘p ziyorat 
qilma. Yoki butunlay aloqani uzib qo‘yadigan darajada ziyoratni 
kamaytirib yuborma.
13. Seni ziyorat qilishga kelgan kishining yuziga ochiq 
tabassumli bo‘l. Uning oldiga mehmonlarga atalgan narsalardan 
qo‘y va ketayotganida uni eshikkacha kuzatib chiq.
14. Zimmangdagi vazifani bajarish va oradagi do‘stlikni saqlab 
qolish uchun ziyorat qilgan kishini sen ham ziyorat qilib tur.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish