Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   210
Ustoz otangdek ulug‘!
ziz bolalar! Ustozni hurmat qilish sizning burchingizdir. 
Ba’zi kitoblarda ustozning haqqi ota-ona haqqidan keyin 
turishi aytilgan. Chunki ota-onangiz dunyoga kelishingizga 
sababchi bo‘lsa, ustozingiz, qadrli muallimingiz oq-qorani 
tanitadi, o‘qish, yozish va fikrlashga o‘rgatadi. Shunday ekan, 
bolalar, ustozni hurmat qilish va unga minnatdorlik izhor 
qilishimiz lozim.
Ustozga hurmat bilan muomalada bo‘lish qatorida undan 
hol-avhol so‘rash, biron ish buyursa, darhol bajarish lozim. 
Shuningdek, kamtarona munosabatda bo‘lamiz, hech qachon 
ustozdan o‘zimizni katta tutmaymiz. Chunki uning yoshi, ilmi va 
tajribasi ham biznikidan ko‘proq. Shunday ekan, uni behurmat 
qilmaslik va ustozlik haqqini ado qilish talab etiladi.
Ota-onamizga qilgan yaxshiliklarni albatta ustozimizga ham 
qilishimiz kerak. Bundan tashqari, ularga yaxshilik so‘rab duo 
qilishimiz, duolarini olishimiz va aytganlarini bee’tibor qoldirmay 
ado etishimiz lozim. Ba’zi yomon bolalar ustozlarini xafa qiladilar, 
aytganlarini vaqtida bajarmaydi, darsda o‘rtoqlari bilan gaplashib 
o‘tirib, muallim so‘ziga quloq tutmaydi. Aziz bolalar, unutmangki, 
ustozini xafa qilgan va uni ranjitgan bolalar hayotda yaxshilik ham
baraka ham topmaydi. Zero, biz ustozimizni hurmat qilib, undan 
ko‘p bilimlarni olsak, hayotda qoqilmaymiz. Ustozimiz biz uchun 
ma’rifat ziyosidir. Ustoz qadri katta hayot boshlab, biron kasb boshini 
tutib, yashay boshlagandan keyin bilinadi. Ana o‘shanda maktab 
davrida bilim olmagani, agar bilim olganida, ustozining pand-
nasihatlariga quloq tutganida, yaxshiroq ishlarda ishlab, yaxshiroq 
pul topishi mumkinligiga afsuslanadi. Ammo endi kech bo‘lganini, 
hayotni orqaga qaytarib bo‘lmasligini bilib, o‘zidan-o‘zi xafa bo‘ladi. 
Ey farzand, senga ilm o‘rgatayotgan ustoz mehrini qozonish 
uchun quyidagilarga amal qilishing kerak:
1. Ustozingdan oldinda yurma.
2. Ustozing o‘rniga o‘tirma.
3. Ustozing oldida ruxsatsiz gapirma.


– 260 –
4. Malol keladigan bo‘lsa, dars vaqtida ko‘p savol berma.
5. Dasrga kech kelma.
6. Ustozingni bezovta qilma.
Hikoya qilinishicha, Imom Buxoriy bobomiz bir muddat 
Makkai mukarramada dars olishiga to‘g‘ri keladi. Bir ziyoratchi 
u zotning Buxoroi sharifdagi bir ustozidan salom va maktub 
keltirganida ustoz yurtidan kelganini bilib, u bilan quchoq ochib 
ko‘rishadi va unga hurmat bajo keltiradi. So‘ng salom xabarini 
eshitganida, Buxoroi sharif tomonga yuzlanib, salomga alik 
olib, ustozi haqiga duo qiladi. Keyin maktubni ikki qo‘llab olib, 
ehtirom bilan xatni o‘qiydi.
Qarang bolalar, qanday ibratli voqea?! Demak, ustoz o‘zidan 
uzoq joyda bo‘lsa ham uning huzurida turgandek hurmat bajo 
keltirish va uni doim e’zozlash lozim ekan.
Hikmat
ir hakimdan:
– Nima uchun ustozingni otangdan ham yaxshi 
ko‘rasan? – deb so‘raldi.
– Ustoz abadiy tirikligimning sababchisi, otam esa o‘tkinchi 
hayotimning sababchisidir! – deb javob qildi u.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish