Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210
Odob oltindan qimmat
nson tabiati boylik, pul va oltinni juda yaxshi ko‘radi. Chun-
ki boylik ko‘p narsani hal etadi, boy-badavlat odam ko‘p nar-
sani osongina qo‘lga kiritadi. Shu bois ayrim bolalar boy odamga 
havas bilan qaraydi, boy bo‘lishni orzu qiladi. Hayotda kamchilik 
ko‘rmay, orzu-istaklariga osongina erishish haqida shirin xayol-
lar suradi. To‘g‘ri, boy-badavlat kishi yaxshi yashab, nimani istasa, 
shunga osongina erishayotganini ko‘ramiz. Ko‘pchilik nazdida 
shu narsa katta baxt. Ammo katta va ulkan boylikka ega bo‘la 
turib, baxtli bo‘la olmagan yoki o‘zini baxtsiz his etadigan boylar 
qancha. Ular kambag‘al va faqir kishilarga qaraganda ko‘proq izti-
rob chekib yashaydi. 
Haqiqatda baxtli bo‘lish uchun dastlab iymon, ilm, yaxshi 
amal va odob suv va havodek zarur. Buni ko‘pchilik bolalar yaxshi 
bilmaydi, bilsa ham bu to‘g‘rida chuqur o‘ylab ko‘rmaydi. Qan-
day bo‘lmasin, boy bo‘lish kerak, deb katta xatoga yo‘l qo‘yadi. 
Baxtli bo‘lish uchun odob bo‘lishi kerak, deb aytdik. Bu bizning 
gapimiz emas, balki asrlar davomida tajribada sinalib, donish-
mand bobolarimiz tomonidan aytilgan. Odobning katta foydasi 
shuki, qaerda odob bo‘lsa, o‘sha joyda tartib va intizom bo‘lishi 
aniq. Tartib va intizom har bir ishni o‘z vaqtida va puxta bajar-
ishni talab etadi. Bunga amal qilgan bola doimo maqtovga loyiq. 
Nega biz boshqa yurt odamlaridan orqada qolganmiz, nega turli 
kompyuter va boshqa asbob-uskunalar hamda o‘yinchoq turla-
rini ulardan sotib olamiz, deb o‘ylasak, bunga ular yoshligidan 
ilm va odobni yuksak darajada egallagani sababdir. Ilmli va odob-
li bo‘lishning foydasi juda katta. Odamlar ham odobli bolani yo-
qtirib, uning ota-onasiga rahmat aytishadi va iloyo, baxtli bo‘lgin, 
aslo kam bo‘lmagin, deya haqiga xayrli duolar qilishadi. Alloh 
intizomli bola uchun nomai a’moliga alohida savoblar yozdira-
di, rizqini ko‘paytirib, umriga umr qo‘shadi. Odob ana shunday 
ajoyib fazilatdir. Shuning uchun dono xalqimiz “odob oltindan 
qimmat”, deb bejiz aytmagan. Buni to‘g‘ri tushunib olgan bola aslo 
adashmaydi, hayotda qoqilmaydi va ota-onasiga ko‘pdan-ko‘p 
rahmat keltiradi. Mana bu rivoyat adab boylikdan afzal ekanini 


– 188 –
tushunishda yordam beradi: Asmaiy degan zot shunday hikoya 
qiladi:” Men bilan suhbatlashib turadigan arab bolalaridan biri 
fasohati va malohati bilan lol qoldirdi. Men sinamoqchi bo‘lib, yuz 
ming dirham evaziga ahmoq bo‘lishni xohlaysanmi”, dedim unga. 
U savolimga yo‘q, deb javob berdi. Nima uchun deb so‘radim. 
“Ahmoqligim tufayli bir jinoyat qilishim va bor-budimdan ayrilib, 
keyin shu ahmoqligim yana o‘zimda qolishidan qo‘rqaman”, dedi. 
Qarangki, yosh bola o‘z aqliga suyanib boylik hech narsani hal 
qilmasligini anglab etdi.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish