Foydali maslahat
1. Beshikdan to qabrgacha ilm va tarbiya olishga
imkoni etsa ham, lekin bolalikdan shunga ko‘nikma
hosil qildirish foydali va muhimdir.
2. Bolani tarbiya qilish uni jismonan, fikran
va xulqan kamolga etkazib, saodatga erishishga
yordam berishdan iborat.
3. Befoyda so‘zni ko‘p gapirma va foydali so‘zni ko‘p eshitishdan
qaytma.
4. Kam gapir, oz egin va kam uxla.
Odobli va odobsiz bola
elinglar, odobli va odobsiz bola qanday bo‘lishi haqida
suhbatlashaylik. Odobli bola uyqudan erta turib,
darhol yuz-qo‘lini yuvadi. Hatto badantarbiya mashqlarini
bajarib, badanini chiniqtiradi. Badani va kiyimlari doim toza va
ozoda bo‘lishiga e’tibor beradi. U ko‘p kitob o‘qish barobarida
darslarini o‘z vaqtida bajarib qo‘yishni yaxshi ko‘radi. Ota-
onasi va ustozlaridan eshitgan nasihat va o‘gitlardan aslo bo‘yin
tovlamaydi. Odobli bola har doim a’lo baholarga o‘qiydi. Agar
yaxshi va xushmuomala kishini ko‘rsa, darhol undan ibrat olib,
unga amal qilishga intiladi. Bunday bolani tarbiyali yoki xulqi
chiroyli ekan, deb maqtaladi. Odobli bola iloji boricha odamlarga
yaxshilik qilish haqida o‘ylaydi. Kichik yoshidan boshlab ko‘chada
– 189 –
yoki biron joyda qariyalarni ko‘rganda salom berib, qo‘lida yuki
bo‘lsa, uni ko‘tarib uyigacha eltib beradi. Qo‘ni-qo‘shnilar tomiga
tosh otib o‘ynamaydi, mushuk va shunga o‘xshash jonzotlarga
ozor bermaydi.
Ammo bolalar ichida odobsizlari ham uchrab turadi. Bunday
bola erta o‘ringa yotib, uyqudan kech uyg‘onadi. Uyqudan
turganida yuz-qo‘lini chala yuvadi, badantarbiya mashqlarini
bajarishni yoqtirmaydi. Usti-boshi kir-chir va iflos bo‘lib yuradi.
U qo‘liga kitob ushlamaydi va darslarini tayyorlashga hafsala
qilmaydi. Ota-onasi bir ishni buyursa, uni labbay deb, bajarmaydi,
balki erinchoqlik qilib, orqaga suradi. Ustozlari bergan uy
vazifalarini qilmagani uchun maktabga borganda gap eshitib,
sinfdoshlari oldida mulzam bo‘ladi, yomon bahoga o‘qiydi, yaxshi
odob va xulq haqidagi nasihatlarga quloq solmaydi. Odobsiz
bolani hech kim yoqtirmaydi. Chunki u aqlini kam ishlatadi-
da. Shu bois odamlar uni xulqi yomon bola ekan yoki ota-onasi
yaxshi tarbiya bermabdi, deb aytishadi. Tarbiyasiz bola qanday
salomlashishni ham bilmaydi. Odobsiz bo‘lgani uchun uning
atrofida do‘stlari kam. Tarbiya va odobi yo‘qligi uchun bolalar
undan uzoqroq yurishga harakat qiladi, chunki u dilozorlik qilib,
ko‘pchilik ko‘nglini qoldiradi. Shu bois bironta bola u bilan
do‘stlashishni istamaydi. Demak, odobsiz bola bir o‘zi yakkalanib,
do‘stlaridan ajrab qoladi.
Xo‘sh, odobsiz bola qanday qilib yaxshi bo‘ladi, deb savol
berarsan. Buning uchun har qanday odobsiz bolaga ham
yaxshi tarbiya berilsa, u o‘z aybini tushunib, undan voz kechish
haqida o‘ylaydi. Yaxshi bolalar odobsiz bolaga chiroyli nasihat
qilib, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ayniqsa, ko‘chaga chiqqanda
kompyuterxonada har xil bo‘lmag‘ur kompyuter o‘yinlariga berilib
vaqtini zoe ketkizayotgani va yomon bolaga aylanib borayotganini
bildiradi. Odobsiz bolaning odobli bolaga aylanishi oson emas.
Agar u aqlini to‘g‘ri ishlata olsa, asta-sekin yaxshi bolalar safiga
qo‘shilib oladi. Buning foydasini yoshi ulg‘aygandan keyin biladi.
Faqat u yaxshi va odobli bola bo‘lishga harakat qilishi kerak. Bir
donishmand: «O‘g‘ling etti yoshgacha rayhoningdir, yana etti
– 190 –
yosh qo‘shilguncha dastyoring va yana etti yosh qo‘shilganda
vaziring va keyin esa u do‘sting yoki dushmaningdir», debdi.
Shundan bilamizki, itoatli va odobli farzand har doim ota-ona
yonida bo‘lib, ularning ko‘zini quvontiradi va ishlarida ko‘mak
beradi. Itoatsiz va odobsiz bola esa ota-ona gapini olmasligi va
aytganiga yurmasligi bilan xuddi ota-onasi undan judo bo‘lgandek
taassurot qoldirar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |