Bojxona huquqi manbalari deganda - davlat tomonidan bojxona huquqi to'g'risidagi normalar ishlab chiqish faoliyati va ularni tashqi ifodalanishi tushuniladi
Mamlakatimizda bojxona ishini rivojlanish jarayonini bir necha bosqichga bo’lish mumkin:
1991-1994-yillar
1996-1997-yillar
1999-2001-yillar
2002-2008-yillar
2009-2018-yillar
Bojxona kodeksi yangi 5 ta, shu jumladan ma'lumotlar olish, bojxona ko'zdan kechiruvi, tovarlar maxsus belgilar bilan keying markalanganligini tekshirish, tovarlar chiqarilgandan bojxona nazorati, bojxona kuzatuvi kabi bojxona nazoratining yangi shakllari bilan to'ldirildi, jami 12 taga (eski tahrirdagi kodeksida bojxona nazorati shakllari 7 ta edi) yetdi.

Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- jismoniy va yuridik shaxslarming huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
- o'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash;
- bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo'yish;
- tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o’tkazishda valyuta to'g' risidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
- tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;