Shartnomalar Internet orqali hisobga olinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi savdo shartnomalarni banklarda ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Axborot texnolo-giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish interaktiv xizmatini yaratish vazifasi yuklatilgan edi.
Mazkur xizmat 2014-yil 1-sentabrdan amaliyotga kiritilib, o‘sha yil yakuniga qadar 40% kontraktlar va ularga tegishli hujjatlar elektron tarzda qabul qilingan edi. 2015-yilda esa «Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron avtomatlashgan axborot tizimi» orqali 50 mingdan ortiq shartnomalar qabul qilingan va bu jami ko‘rsatkichning 75 foizini tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |