Bojxona faoliyatida mobil texnlogiyalarni qo`llash masalalari



Download 37,91 Kb.
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi37,91 Kb.
#80653
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BAT



BI-219

Shoyimqulova Maftunaning Bojxona Axborot texnologiyalari asoslari fanidan bajargan topshirig`i





Bojxona faoliyatida mobil texnlogiyalarni qo`llash masalalari

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish va tadbirkorlarga keng qulayliklar yaratishga katta e’tibor berilmoqda.

Jumladan, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada takomillashtirish va shaffoflashtirish maqsadida sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ni joriy etish, Internet tarmog‘i orqali turli interaktiv xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami tobora ortib bormoqda.

Bojxona sohasida so‘nggi o‘n yilga nazar solsak, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga doir o‘nlab muhim hujjatlar, xususan, Prezidentimizning Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilinyapti-ki, bu bilan hech ikkilanmasdan bojxona xizmatini zamonaviylashtirish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada soddalashtirish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda deyish mumkin.

Bojxona tizimiga axborot texnologiyalarini jalb etish zarurati quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Bir tomondan, respublikamizning tashqi iqtisodiy aloqalari kengayishi evaziga chegaralarimiz orqali harakatlanayotgan tovar va transport vositalari sonining ham oshib borishi bojxona organlari faoliyatini soddalashtirishni talab etsa, ikkinchi tomondan, respublikamiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda bojxona organlariga yuklatilgan vazifalar bojxona nazoratining yangi shakl va uslublarini tatbiq etish hisobiga, bojxona nazorati samaradorligini yanada oshirishni taqozo etadi. Xalqaro andozalar nuqtai nazaridan qaraganda, bojxona organlari faoliyati samaradorligini aniqlashning asosiy me’yorlaridan biri bo‘lib, bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratiga ketgan vaqt hisoblanadi. Bu vaqtni qisqartirishdagi eng muhim omillardan biri esa bu bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlarini joriy qilishdir.

Bojxona sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bojxona organlarining yagona axborot uzatish tarmog‘ini va yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini, ma’lumotlar xavfsizligi va ularni muhofaza qilish tizimini yaratish hamda bojxona komplekslari va postlarini zamonaviy bojxona nazorati texnik vositalari bilan ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda DBQ rasmiy veb-sayti www.customs.uz orqali 9ta interaktiv xizmatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali 10ta interaktiv xizmatlar aholi va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ko‘rsatilib kelinmoqda. Ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarimizga vaqtni tejash, qog‘oz xarajatlarini kamaytirish, bojxona organlariga bormasdan o‘z ish joylaridan Internet orqali kerakli ma’lumotlarni olish hamda rasmiylashtirish va shu kabi bir qancha qulayliklar yaratib kelmoqda.



Tovarlar bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 370-sonli qarori ijrosini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida DBQ tomonidan «Elektron dek-laratsiyalash» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Ushbu tizim TIF qatnashchilariga bir qator afzalliklar beradi. Jumladan:

  • elektron deklaratsiyalash jarayonida tadbirkorlik subyekti bojxona postidan uzoq masofada bo‘lishidan qat’iy nazar, internet tarmog‘i orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega;

  • deklarant o‘z ish joyida o‘tirib, bir necha bojxona postlari bilan tovarlarni deklaratsiyalashi mumkin;

  • TIF qatnashchilarining kerakli bojxona protseduralari bilan bog‘liq bo‘lgan vaqti va moddiy xarajatlari qisqaradi. «Elektron deklaratsiyalash» tizimi 2012-yil 31-dekabrdan www.customs.uz DBQ saytiga interaktiv xizmati sifatida joylashtirildi hamda 2013-yil 1-yanvardan boshlab tatbiq etildi. Olib borilgan ishlar natijasida, 2013-yilda jami bojxona yuk deklaratsiyalarining 39,2 foizi elektron tarzda taqdim etilgan bo‘lsa, 2015-yilda esa bu ko‘rsatkich 99,95 foizni tashkil etdi.


Download 37,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish