Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Tashqi siyosat va diplomatiya



Download 1,89 Mb.
bet90/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Tashqi siyosat va diplomatiya. Tadqiqotchilarning ehtirof etishlaricha (SH. O’ljaeva) Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o’z qudratining undan to’qqiz qismiga diplomatik salohiyati tufayli erishgan. Sohibqironning vorislari Mironshoh, Ulug’bek, SHohruh, Husayn Boyqaro, Bobur kabi yirik davlat arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Amir Temurning diplomatik merosiga amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirganlar. Tinchlik, tomonlar manfaatdorligi, raqibiga shavqat qilish va unga katta imkon yaratish, har qanday og’ir sharoitda ham elchini qadrlash, tashqi siyosat va diplomatiya qoidalariga qathiy amal qilish, inson hayoti daxlsizligi Amir Temur tashqi siyosati va diplomatiyasining asosi hisoblangan. CHunonchi, Amir Temur maktublaridan birida, “Elchiga o’lim va bandilik yo’qdir, elchining gardanidagi vazifa buyruqni aniq yetkazishdan boshqa narsa emasdir”, deb yozadi.
Amir Temurning tashqi siyosati va diplomatiyasining o’ziga xos tomonlaridan yana biri shundaki u, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa, bir dinni boshqa dinga, bir mafkurani o’zga mafkuraga qarshi qo’ymay, har ikki ziddiyatli tomonning manfaatlarini ifoda etadigan muammoning ijobiy yechimini hamda ular o’rtasidagi taraqqiyot yo’lini topishni asosiy masala deb bilgan. Manbalarning mahlumot berishicha, Sohibqiron diplomatik munosabatlarda tashabbus ko’rsatib, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga intilgan. Uning tashqi siyosati va diplomatiyasi tinchlik va tenglik, doimo raqibiga yon bosish, diniy va dunyoviy bag’rikenglik g’oyalariga asoslangan. Amir Temurning qarashlariga ko’ra, inson irqi, dini, millati, kelib chiqishi va qaerda yashashidan qathiy nazar, yer yuzining barcha yeri hamma inson uchun muqaddas bo’lmog’i kerak.
Sohibqironning tashqi siyosati hamda diplomatiya borasidagi bag’rikenglik va insonparvarlik fazilatlari Xorazmdagi So’fiylar sulolasi (Yusuf So’fi), Oltin O’rda xoni To’xtamish, Misr hukmdori Faraj, Turkiya sultoni Boyazid kabilar bo’lgan munosabatlarda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Tahkidlash joizki, Amir Temurning kuchli va puxta diplomatik salohiyati tufayli dinlar, mafkuralar, madaniyatlar, iqtisodiyotlar, siyosatlararo munosabatlar zamon talablari hamda vaziyat taqozosi darajasida yo’lga qo’yilgan.
Mahlumki, Amir Temur murakkab tarixiy sharoitida tashqi siyosat olib borgan edi. CHunki o’sha davrdagi vaziyat, yahni, CHingiziy mug’ullarning xavfi kuchli ekanligi, CHig’atoy ulusini birlashtirish va egalik qilish, Xorazm, Oltin O’rda, Mug’uliston, Eron, Xuroson kabi o’z davrining kuchli davlatlari bilan munosabatlar masalalarida davlat manfaatlariga mos tashqi siyosat yurgizishni taqazo etardi. Sohibqironning tashqi siyosatdagi ustivor maqsadi – oqibatli qo’shnichilik, tingchlik va hamkorlik bo’lib, Xorazm ustiga bir necha yurishlar va Urganchning vayron etilishi sufiylar sulolasi vakillarining uzoqni ko’rmay yuritgan siyosati natijasi edi. CHunki sufiylarga uzoq vaqt hamda katta imkoniyatlar yaratilgan edi.
Amir Temurning tashqi siyosatidagi asosiy yo’nalishlardan biri – Movarounnahrning xavfsizligini tahminlash bo’lgan. Xorazmdagi sufiylar sulolasi, Fors viloyati hokimi SHoh SHujoh, Ozarbayjon hokimi Tahurtan, Mug’uliston hokimi Qamariddin, Oltin O’rdadagi To’xtamishxon, Oq O’rdadagi Temur Malik kabilar bilan bo’lgan munosabatlar zamirida ham ana shu maqsad yotardi.
Tadqiqotchilarning ehtirof etishlaricha, Amir Temur manfaatlari mushtarak, madaniyatlari va dinlari umumiy bo’lgan qo’shni davlatlarni tobe qilganligini, joriy podsholiklar bilan oraliq davlatlarni kuch yoki diplomatiya bilan egallanganligini ehtirof etadilar. Itoatkorlik, to’langan soliq va bojlar evaziga Sohibqiron ularga yordam va harbiy muhoqaza vahda qilib, o’z hollariga qo’yib bergan. Usmonli turklarning qo’shnisi Ozarbayjon, Turkman amirligi, Gruziya, Qashg’ar, Hindiston kabilar bunga misol bo’la oladi. Ushbu qaram yoki ittifoqdosh davlatlar atrofida Rus yerlari, Oltin O’rda, Turkiya, Suriya, Bag’dod sultonligi, Dehli sultonligi, Xitoy kabi kuchli tashqi podsholiklar turgan.
Amir Temurni Yevropa davlatlari bilan olib borgan tashqi siyosati ham ehtiborga sazovordir. CHunonchi, Boyaziddan yengilgan Kichik Osiyodagi mayda sultonliklarning hokim va amirlari Temurdan madad istab, uning Qorabog’dagi o’rdagohiga borib qaror topadilar. Vizantiya va Genuya hokimlari noiblari, Frantsiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari najot so’rab Sohibqironga murojaat qiladilar. SHuningdek, Boyazidga qarshi birgalikda zarba berish maqsadida Vizantiya imperatorining Konstantinopldagi noibi Ioann VII Paleolog va Genuyaning Peradagi (Konstantinopol yaqinida) hokimi Trabzon (Trapezund) imperatori Manuil III vositasida Temurga murojaat etganlar. Amir Temur Boyazid bilan bo’lajak janglarda Trabzon va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qildi. SHu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga sovg’a-salomlar hamda maktublar bilan Vatikan vakili Ioann Galonifontibus boshchiligida elchilar yuboradi.
Sohibqiron o’z davrida Frantsiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan xam aloqalar o’rnatib, yozishmalar olib boradi. Bu munosabatlar dastavval Turkiya ustiga yurish munosabati bilan boshlangan bo’lsa-da, g’alabadan so’ng G’arbiy Yevropa mamlakatlari bilan bo’lgan aloqalarning mazmuni tubdan o’zgardi. Endilikda, Temur ular bilan do’stona munosabatlarni mustahkamlash hamda elchilik va o’zaro savdo-sotiq aloqalarini yo’lga qo’yish kabi masalalar bilan cheklanadi. SHu maqsadda Frantsiya va Angliyaga elchilar yuborilib, Ispaniyadan (Klaviho) elchilar qabul qilinadi.
Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyo, xususan, hozirgi O’zbekiston hududlarining tashqi siyosati va diplomatiyasida xalqaro savdo hamda madaniy aloqalar muhim o’rin tutganligi bizga tarixdan mahlum. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, xalqaro karvon yo’llari xavfsizligini to’la tahminlashga erishdi. SHu tufayli, XIV asrning 70-yillaridan boshlab Buyuk ipak yo’lining Movarounnahr orqali o’tgan markaziy tarmog’i shimoliy yo’nalishiga qaraganda xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalarda muhim o’rin tuta boshladi. Movarounnahr bo’ylab xalqaro savdo karvonlari harakatining qaytadan jonlanishi, shaharlar taraqqiyotiga, iqtisodiy-madaniy aloqalarning yuksalishiga olib keldi.
Amir Temur va Temuriylar davri Buyuk ipak yo’li faoliyatining so’nggi va rivojlangan bosqichi bo’ldi. Savdo yo’llarida xavfsizlikning tahminlanishi, savdo-sotiqning davlat tomonidan rag’batlantirilishi, shaharlarning markazlar sifatidagi ahamiyati oshishi ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojiga olib keldi. Bu yo’lning mamlakatimiz hududi orqali o’tgan markaziy yo’nalishlarining faoliyati yanada rivojlandi.
Xullas, Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida, davlat boshqaruv asoslari nazariy jihatdan puxta ishlab chiqilib, amaliyotga jadal joriy etilgan. Davlat kam tahminlangan, kambag’al va yetim-esirlarni ijtimoiy jihatdan kuchli himoya qilgan. Bu davrda davlat rahbariga alohida ehtibor berilib, rahbarning avvalo komil inson bo’lmog’i, axloqiy barkamolligi talab etilgan. Davlat rahbari qonunchilikni, boshqaruv sanhatini mukammal egallagan hamda davlatni aniq va puxta ishlab chiqilgan qonunlari orqali boshqargan.
Amir Temur va temuriylar davri davlatni boshqarish apparati – markaziy boshqaruv organlari, ular o’rtasidagi o’zviy aloqalar mukammal yo’lga qo’yilgan. SHuningdek, markaziy va mahalliy boshqaruv, ularning bir- biriga bo’ysunishi, bir-biriga bo’ysunmaydigan davlat organlari o’rtasidagi munosabatlar mahmuriy jihatidan muvofiqlashtirilgan.
Bu davr o’zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi eng yorqin sahifalardan bo’lib, mazkur davrda ajdodlarimizning ichki va tashqi siyosatdagi imkoniyatlari keng bo’lib, bu boradagi salohiyati to’la-to’kis namoyon bo’ldi. Movarounnahr dunyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylanib, davlatning qudratini Yevropadan Xitoyga qadar bo’lgan hududlardagi davlatlar ehtirof etdilar.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish