Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


-MAVZU. IX-XIII ASR BOSHLARIDA O’RTA OSIYo XALQLARI DAVLATCHILIGI TARIXI



Download 1,89 Mb.
bet54/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

5-MAVZU. IX-XIII ASR BOSHLARIDA O’RTA OSIYo XALQLARI DAVLATCHILIGI TARIXI.


1-§. Tohiriylar va Safforiylar davlati .
Mahalliy zodagonlarning kuchayuvi. Movarounnahr va Xurosonda arab bosqinchilariga qarshi tinimsiz davom etgan xalq xarakatlari arab xalifaligining qudratiga tahsir ko’rsatmasdan qolmadi. Bunday harakatlar xalifalikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mahnaviy hayotini mahlum darajada zaiflashtirib, o’z navbatida bu jarayonlar mahalliy zodagonlarning xalifalikdagi idora tizimiga kirib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan edi.
Tahkidlash lozimki, Movarounnahrda arablar bosqinining ilk davridayoq boshlangan xalq harakatlari Muqanna qo’zg’oloni bostirilgach ham to’xtamasdan davom etaverdi. Misol uchun, 806 yilda Samarqandda Rofeh ibn Lays boshchiligidagi qo’zg’olon ko’tariladi. SHahardagi xalifaning noibi o’ldirilib, Samarqand bir muncha muddat qo’zg’olonchilar qo’lida bo’ldi. Qo’zg’olonning ko’lami asta-sekin kengayib unga Farg’ona, Xo’jand, Buxoro, Ustrushona, Xorazm, CHag’aniyon va Xuttalyon aholisi ham qo’shildi. Keng ko’lamda tus olgan bu qo’zg’olon faqat 810 yildagina, qo’zg’olon rahbari Rofeh ibn Lays xoinlik yo’lini to’tib arablar tomoniga o’tganidan so’ng bostiriladi.
Undan keyingi yillarda ham goh Sug’dda, goh Ustrushonada, goh Farg’onada qo’zg’olonlar bo’lib, ular shafqatsizlarcha bostirilgan bo’lsa-da, bunday harakatlar xalifaning noiblari Movarounnahr va Xurosonni faqat zo’ravonlik va qurol kuchi bilan ushlab tura olmasliklarini ko’rsatdi. Bunday harakatlardan so’ng xalifaning noiblari mahalliy zodagonlarni boshqaruv tizimiga nisbatan keng miqiyoslarda jalb etish choralarini ko’rdilar. Bunday siyosat yurgizish yo’li bilan Abbosiy xalifalari mahalliy zodagonlarning mustaqillikka bo’lgan intilishini sindirish va aynan mahalliy zodogonlar yordamida xalq harakatlarini bostirishni rejalashtirgan edilar. Aynan shuning uchun ham xalifa Mansur (754-775 yy) hukmronligi davridan boshlab va uning vorislari xalifa Mahdi (775-785 yy) va Xorun ar-Rashid (786-809 yy) davrlarida Mavorounnahrning turli viloyatlarini asosan Barmakiylar va Somoniylar xonadonidan bo’lgan, mahalliy zodagonlardan chiqqan vazirlar boshqarganlar. Ammo, bu holat O’rta Osiyoda xalifa hokimiyatini mustahkamlashga olib kelmay, aksincha, O’rta Osiyoni arab hukmronligidan ozod etish uchun imkoniyatlar yaratilishiga turtki bo’ldi.
Ayni paytda, Eronda va O’rta Osiyoda shuubiylik (arablarga qarshi) harakati keng qo’loch yoydi. IX asrning o’rtalaridan boshlab shuubiylik arablarga qarshi xalq harakatlarining mavkuraviy asosiga aylandi (bu harakat asosan qishloq aholisi orasida yoyilgan edi). SHuningdek, ushbu harakatga tayangan mahalliy zodagonlarning arab xalifaligidan mustaqil boshqaruvga intilishi tobora kuchayib bordi. Bunday intilish ayniqsa, Barmakiylar xonadoni orasida nihoyatda kuchli edi. Barmakiylarning arab xalifaligi tahsiridan iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqilligining kuchayib ketayotganligidan xavfsiragan Xorun ar-Rashid bu xonadon barcha vakillarini o’ldirishga buyruq berdi.
Xorun ar-Rashid xalifalik siyosatini qo’llab-quvvatlovchilarni ko’paytirish maqsadida musulmon dindorlarining mavqeini ko’tarib yubordi. Yahni, musulmon dindorlariga katta miqdordagi yerlarni bo’lib berdi. Ayni vaqtda mahalliy zodagonlarni xalifa tomonga og’dirish siyosati olib borildi. Ammo, bunday harakatlar xalifalik uchun ijobiy natijalar bermadi. Ayniqsa, 809 yilda Xorun ar-Rashid vafot etganidan so’ng taxt uchun bo’lgan kurashlarda yana bir yangi xonadon vakillari tarix sahnasida paydo bo’ldi. Bu Tohiriylar sulolasi edi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish