Qavonin yoki mukatiha - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig’in.
Maqrsima – hosilning mahlum ulushi miqdorida to’langan. Uning hajmi sug’orishga bog’liq holda belgilangan.
Misoxa yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo’lib, o’nda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga ehtibor berilmagan.
Bu soliq tizimiga yer solig’i - xiroj (hosilning undan bir yoki undan ikki kismi miqdorida), chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan - jizg’ya solig’i ham qushilgan.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda tahkidlanishicha, arablarning O’rta Osiyoni bosib olingan hududlarini boshqarish markazi Marv shahri bo’lib, bu yerdan turib xalifaning noibi Movaraunnahr hamda Xurosonni idora qilgan. Yuqorida tahkidlaganimizdek, VIII asrning o’rtalari va oxirlariga kelib Movaraunnahr va Xuroson hududlarida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirib bo’lingan edi. Bu davrda Movaraunnahrda Sug’d, SHosh, Farg’ona, Xorazm, Ustrushona, Toxariston qabilardagi mahalliy hokimlar zimmasiga aholidan belgilangan soliqlarni yig’ish, mahmuriy boshqaruvni amalga oshirish asosida islom dini g’oyalarini aholi o’rtasida yoyish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Mahalliy hokimlar faoliyati xalifa tomonidan tayinlanadigan maxsus amirlar tomonidan katta nazorat ostiga olingan bo’lib, bundan tashqari ular xalifaning Xurosondagi noibiga itoat etishi shart bo’lgan.
Arablar istilosidan keyin Movaraunnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqsho’nosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qurhoni karim va Hadisi sharifga hamda fikhshunos olimlarning turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir jihati shundaki, Islom dinining ko’p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo’ladi. Qutayba singari uni bosqinchilik va zo’ravonlik bilan olib kelish mumkin emas edi. Qachonki islom moxiyatiga yetilgachgina unga rag’bat va ehtiqod kuchayib ketadi. Olik-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qurhon va SHariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Bu o’rinda islom dinining xakparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
Tayanch so’zlar
Kidariylar, xionylar, eftaliylar, ichki va tashqi kurashlar, Kidar, Piro, “oq xunlar”, Prokopiy Kesarskiy, tegin, xoqon, Lazar Parbskiy, massagetlarning yetakchi urug’i, “Madinat-at-tujjor”, qalhali istehkomlar. Devori qiyomat, Kampirak, Rivdad, Kushoniya, Arqud, “kamoni chochiy”, mahmuriy markaz, Zahariq, Darg’om, “kadivar”lar, shahanshoh Pero’z, xalqaro savdo, buddaviylik, xristianlik, moniylik, yepiskoplik, metropoliya, turk el, turkash, tukyu, tuqdus, qabila boshlig’i Abanbu, Asan, Asyan-shod, Tuu, Bumin, xoqonlar, Katta Xingan tog’lari, siyosiy va madaniy meros, kishkiyalik Zemarx, Bahrom CHubin, Arslon To’ba, G’arbiy Turk xoqonligi, So’yob, yabg’ular, tudunlar, To’n yabg’u, “o’n o’q eli”, “shod”, ixshid, ixrid, afshin, budun, tegin, elxon, el, “qora budun”, malikshoh, “daryoning ortidagi yerlar”, Qutayba ibn Muslim, Tarxun, Gurak, Divashtich, SHarik ibn SHayxulmayr, shialik talablari, Ali avlodlari, Devon ad-dar, qavonin, maqosima, misoxa, xiroj, jizg’ya.
Do'stlaringiz bilan baham: |