O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).
Uyga vazifa:mavzuni o’qish.
5 -sinf Sana _________
Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________
Darsning mavzusi: Ildizni o’sishi, oziqlanishi va nafas olishi.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga Ildizni o’sishi oziqlanishi va nafas olishi haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
Ildiz tukchasining tuzilishi mikroskopda qanday ko‘rinadi?
Ildizning ko‘ndalang kesigi qanday qismlardan iborat?
Ildizning uchi qanday qismlardan tashkil topgan?
Yangi mavzu bayoni: 0‘simliklarning yer osti qismi, ya’ni ildizi yer usti qismiga qaraganda tez o'sadi. O'simliklar turiga va o'sish sharoitiga qarab, ildizlar turlicha tezlikda o'sadi. Masalan, g‘o‘za nihollarining ildizi bir kecha-kunduzda 2—3 sm o'sadi. Bunda o'sish ildiz uchidagi hujayralarning bo'linishi hisobiga sodir bo'ladi. Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, u bo'yiga o'sishdan to'xtab, asosiy kuch yon ildizlarga beriladi. Uchi chilpib tashlangan ildizlarda yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqorigi qatlamiga taralib, baquwat bo'lib o'sadi. Dehqonlar pomidor, karam, bulg'or qalampiri kabi o‘simliklardan mo‘l hosil olishda o'simliklarning ana shu xossasidan foydalanadilar. O'simliklarni urug'dan o'stirib, keyin boshqa joyga ko'chirib o'tqazishning boisi ham shunda. Ildiz qinchasi — ildiz qinchasi uning ana shu o'suvchi qismidagi yosh, nozik hujayralarni tashqi ta’sirdan saqlaydi. Ildiz qinchasi bir necha qavat hujayradan tashkil topgan. Uning ustki qatlamidagi hujayralar tuproq zarrachalariga to'quash ib nobud bo'ladi va hujayralarning bo'linishi hisobiga yangi hujayralar hosil bo'ladi.
Yantoq bor joyda suv bor deyishadi. Haqiqatan ham, uning ildizi yerga 30 m gacha chuqur kirib boradi va yer osti suvlaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |