Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»


Mevali daraxtlarning tashqi muhit sharoitlariga munosabatlari



Download 13,62 Mb.
bet8/87
Sana10.07.2022
Hajmi13,62 Mb.
#768763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
Bog`dorchilik

Mevali daraxtlarning tashqi muhit sharoitlariga munosabatlari. Mevali daraxtlarning o‘sishi, rivojlanishi, mo‘l va sifatli hosil berishi ko‘p jihatdan tashqi muhit sharoitlariga bog‘liq.
Mevali daraxtlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda mo‘l, muttasil va sifatli hosiliga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarga yorug‘lik, issiqlik, namlik, shamol, do‘l, tuproq sharoitlari va parvarish omillarning qay darajada bajarilishi kabilar kiradi.
Yorug‘lik. O‘zbekiston sharoitida o‘stiriladigan barcha meva va rezavor meva o‘simliklar yorug‘sevardir. Bog‘ning yortig‘lik rejimi ochiq joyning yorug‘lik rejimidan farq qiladi. Mevali daraxtlarning shox-shabbasiga bir xil darajada yorug‘lik tushmaydi, daraxtlarni ko‘proq yorug‘lik bilan ta’minlanishi shox-shabbalarini kesish va shakl berish usullariga bog‘liq. Bu omil o‘simlikda o‘tadigan flziologik va biokimyoviy jarayonlarga ta’sir qiladi, shu jumladan kurtaklar, novdalar, barglar va mevalar ning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mevali daraxtlarning shoxshabbalari yorug‘lik bilan to‘liq ta’minlanganda, mevalar ning hosili keskin o‘zgarib, bir dona mevaning og‘irligi oshib, shu navga xos rangga ega bo‘ladi hamda ular ning tarkibidagi mavjud quruq moddalar va qand miqdori osha di. Yorug‘lik me’yorida bo‘lganida mevali daraxtlarning shox-shabbalari yaxshi o‘sadi va rivojlanadi, ulardagi asosiy shoxlar va o‘suvchi, hosil beruvchi shoxlar va novdalarning yashash muddati ko‘proq bo‘ladi. Mevali daraxtlarda generativ organlarning hosil bo‘lishi, gullashi hamda yuqori va sifatli hosil berishi uchun yaxshi yorug‘lik talab qilinadi.
Mevali daraxtlarga tushadigan yorug‘likning miqdori janubiy hududlarda joylashgan daraxtlarda shimoliy hududlarga qarab kamayadi. Mevali daraxtlar qancha dengiz sathidan yuqori joylashgan bo‘lsa, quyosh nurlarining tushishi shuncha kuchayadi. Daraxtlarning shox-shabbalari tuzilishi va yorug‘likning tushish miqdori bir-biriga chambarchas bog‘liq.
Yorug‘liksevar o‘simliklarda yorug‘lik tufayli fotosintez jara yonlari kuchli o‘tadi. Ko‘pgina mevali daraxtlarda fotosintez jara yonlarining yaxshi o‘tishi uchun daraxtlarning shox-shabbasiga tushgan yorug‘lik miqdori 70–80 foiz (ochiq joyga nisbatan qaraganda) bo‘lishi zarur va bu jarayon daraxtlarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir etadi.
Shuningdek, mevali daraxtlar uchun yorug‘lik qancha yetishmasa, ularning o‘sishi, rivojlanishi susayib, hosilning shakllanishiga va miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim hollarda bu yetishmovchilikni kuchli oziqlantirish va sug‘orish tizimi hiso bidan qop lab yuborish mumkin.
Mevali daraxtlar uzun kunli o‘simlik hisoblanadi, lekin bu ko‘rsatkich turli xil navlarga bir xil ta’sir qilmaydi. O‘zbekiston sharoitida quyosh nurining kuchliligi, yorug‘likning ko‘pligi, issiq kunlarning uzunligi, issiqlikning mevali daraxtlarning o‘sishi, ri vojlanishi va hosil berishiga yetarli bo‘lganligi uchun turli xil meva larning navlarini ekib, ulardan yuqori va mutassil sifatli hosil olish imkoniyati mavjud.
Barcha mevali daraxt turlarini yorug‘likdan samarali foydala nishini ta’minlash uchun bog‘ barpo qilish maqsadida joy tanlash, daraxtlarni tog‘ va tog‘oldi zonalariga joylashtirish, qatorlarning yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash, daraxtlarga shakl berish jarayonla rida shox-shabbalarini siyraklashtirish, kesish davrida esa ko‘proq mevali daraxtlardagi hosilsiz, kasallangan va haddan tashqari chirmashib joylashgan novdalarni olib tashlash kabi agrotexnik chora-tadbirlarga e’tibor berish zarurdir.

Download 13,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish