Navlar
|
Boqqa o‘tqazilgandan keyin mevaga kirishi
( yil )
|
Umr ko‘rish davri (yil)
|
Yirik mevali zemlyanika
|
1–2
|
4 – 5
|
Malina
|
2
|
10 – 12
|
Qorag‘at va qizilg‘at
|
3
|
12 – 15
|
Krijovnik
|
3–4
|
15 – 20
|
Shafloli
|
2–3
|
15 – 20
|
Olcha
|
3–4
|
18 – 25
|
Olxo‘ri
|
4–6
|
25 – 30
|
Gilos
|
4–6
|
25 – 40
|
Bodom
|
3–4
|
40 – 45
|
Olma
|
5–8
|
45 – 50
|
Nok
|
5–8
|
45 – 55
|
Sitrus o‘simliklar
|
3–4
|
50 – 60
|
Anor
|
3–4
|
50 – 70
|
O‘rik
|
3–4
|
50 – 70
|
Pindik
|
4–6
|
60 – 80
|
Sharq xurmosi
|
3–4
|
100
|
Anjir
|
2–3
|
100
|
Yong‘oq
|
8–10
|
100
|
Kuchli payvandtaglarda o‘stirilgan olma navlariga nisbatan kuchsiz payvandlarda o‘stirilgan olma navlari 25–40 yil kam umr ko‘radi. Lekin barvaqt hosilga kiradi. Behiga payvandlangan nok navlari ham 25–30 yil umr ko‘radi. Olchaga payvandlangan gilos navlari barvaqt hosilga kirib daraxtlarning umri kuchli payvandtaglarda o‘stirilganga nisbatan birmuncha qisqa bo‘ladi. Ko‘pchilik danakli mevalar urug‘li mevalarga nisbatan barvaqt hosilga kirib qisqa umr ko‘radi.
Mevali daraxtlarning morfologik vа biologik xususiyatlari
Qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan mevali va rezavor mevali ekinlarning asosiy xo‘jalik ahamiyatiga ega xususiyatlari – bu ularning barvaqt hosilga kirishi, shox-shabbalarining pakana bo‘lishi, mevalarining yuqori sifatga egaligi va uzoq muddat saqlashga yaroqliligi hamda mevalarini ho‘l holatda va qayta ishlangan holda foydalanishlariga qarab yovvoyi ajdodlaridan keskin farq qiladi. Mevali daraxtlarning turi, oilaning botanik nomi va turlarning botanik holati 3-jadvalda keltirilgan.
Meva va rezavorlar o‘zining o‘sishi, rivojlanishi, umr ko‘rishi, hosilga kirishi, ildiz mevasi va yer ustki qismining o‘sishiga qarab daraxt, buta, yarim buta hamda o‘tsimon o‘simliklarga bo‘linadi.
Meva va rezavor meva o‘simliklarining 50 ga yaqin oilasi, 200 avlodi, mingdan ortiq turi va ko‘pgina xillari mavjud. O‘zbekistonda ayni vaqtda mevali va rezavor mevali ekinlarining 70 turi madaniylashtirilgan bo‘lib, ulardan 25 tasi keng tarqalgan. Dunyo mevachiligida, shu jumladan O‘zbekistonda yetishtiriladigan turlarini bir-biridan ajratish maqsadida meva va rezavor meva ekinlarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlarini hisobga olib 6 guruhga bo‘lish mumkin. Bular: urug‘li (olma, nok, behi), danakli (o‘rik, gilos, shaftoli, do‘lana), yong‘oqli (grek yong‘og‘i, pista, bodom, pekan), subtropik (anor, anjir, xurmo, chilonjiyda), sitrusli (limon, apelsin, mandarin, greypfrut), rezavor mevalar (qulupnay, smorodina, malina, mandarin)ga bo‘linadi. 3- jadval
Guruhi
|
Turi
|
Oilaning botanik nomi
|
Turning botanik nomi
|
Urug‘li mevalar
|
Olma
|
Rosaceae
|
Malus Mill.
|
Nok
|
‘‘
|
Pyrus L.
|
Behi
|
‘‘
|
Cidonia Mill.
|
Do‘lana
|
‘‘
|
Crataegus L.
|
Irg‘ay
|
‘‘
|
Amelanch er Medik.
|
Chetin
|
‘‘
|
Sorbus L.
|
Mushmula
|
‘‘
|
Mespilus L.
|
O‘rik
|
‘‘
|
Armeniaca Mill.
|
Danakli mevalar
|
Shaftoli
|
‘‘
|
Persica Mill.
|
Bodom
|
‘‘
|
Amygdalus L.
|
Olxo‘ri
|
‘‘
|
Prunus Mill.
|
Olcha
|
‘‘
|
Cerasi s Juss
|
Gilos
|
‘‘
|
Cerasusavium (L) Moench
|
jiyda
|
Eleagnaceae
|
Ehagnus L.
|
Qizil
|
Cornaceae
|
Cornus mas L.
|
Yon g‘oqli mevalar
|
Yong‘oq
|
juglandaceae
|
juglans L.
|
Pekan
|
“
|
Carya Nutt.
|
Pista
|
Anacardiaceae
|
Pistacia L.
|
Yong‘oq daraxti
|
Butulaceae
|
Corulus L.
|
Sub tropik mevalar
|
Apelsin
|
Кu‘асеае
|
Citrus sinensis Osb
|
Limon
|
|
C. limon B.
|
Mandarin
|
‘‘
|
C. reticulate Blanco
|
Greypfrut
|
“
|
C. paradisi M.
|
Bigaradiya
|
‘‘
|
C. aurantium L.
|
Trifoliata
|
‘‘
|
Poncirus trifoliata (L).
Rkaf
|
Anor
|
Punicaceae
|
Punica L.
|
Anjir
|
Moraceae
|
ficus L.
|
Tut
|
Moraceae
|
Morus L.
|
Xurmo
|
Ebenaceae
|
Diospyros L.
|
Unabi
|
Phamnaceae
|
Ziziphus jujuba Mill
|
Reza vor mevalar
|
Zaytun
|
Oleaceae
|
Olea L.
|
Zemlyanika va qulupnay
|
Rosaceae
|
fragaria
|
Malina va maymunjon
|
‘‘
|
Rubus L.
|
Krijovnik
|
Saxifragaceae
|
Grossularia
|
Smorodina
|
‘‘
|
Ribes L.
|
Aktinidiya
|
Actinidiaceae van. Tiegn.
|
Actinidia Linde
|
Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning morfologik belgi lari, ya’ni yer ustki qismining tuzilishi, hosil berishi, yashash muddatlari va boshqa xo‘jalikdagi ahamiyatli belgilarini inobatga olgan holda ularni daraxt, buta, chala buta va ko‘p yillik o‘t o‘simliklarga bo‘lish mumkin.
Mevali daraxtlarning tuzilishi
Mevali daraxtlarning tashqi ko‘rinishi shox-shabbalarining gabi tusi deb aytiladi. Barcha qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan mevali daraxtlar yer ustki qismlari va ildiz tizimidan iborat. Mevali daraxtlarning yer ustki qismining o‘sishi, rivojlanishi va hosilga kirishi hamda yashash muddatlari ularning ildiz tizimlariga bog‘liq.
1-rasm. Mevali daraxtlarning tuzilishi: 1 – o‘q ildizlar; 2 – yon ildizlar; 3 – ildiz bo‘g‘in; 4 – tana; 5 – markaziy shox; 6 – o‘suvchi novda; 7 – asosiy (skelet) shoxlar; 8 – o‘suvchi shoxlar.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimi
Ildiz – bu vegetativ organ hisoblanib, u mevali daraxtlarda ko‘pgina jarayonlarni, ya’ni ozuqa elementlari va suvni so‘rib olish, organik moddalarning sintezlash hamda tuproqda ustuvor tuzi lish va ba’zi mevali daraxtlarda esa ko‘paytirish uchun foydalaniladi.
Ildizlar urug‘dan va vegetativ yo‘l bilan shakllanadi. Urug‘ning janinidan xashaki ko‘chat o‘sib, asosiy o‘q ildizga ega bo‘ladi, so‘ruvchi ildizchalar esa vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilgan daraxtlarda bo‘ladi. O‘q (asosiy) va so‘ruvchi ildizlarda yon ildizchalar shakllanadi.
Mevali daraxtlar ildizlari o‘sish darajalariga qarab guruhlarga bo‘linadi.
Eng kuchli o‘sgan, o‘q ildizlarda 2–3 tartibda ildizchalar shakl lanadi. Skeletli (asosiy) ildizlarning yo‘g‘onligi 10 sm gacha bo‘ladi, yarim skelet ildizlar – ikkinchi va uchinchi tartib ildizchalarga ega, o‘suvchi ildizchalari ingichka bo‘lib, yo‘g‘onligi 1 –3 mm va juda kalta.
V.A. Kolesnikov tomonidan yaratilgan tasnif bo‘yicha mevali daraxtlarning ildizlari quyidagilarga bo‘linadi: o‘suvchi, so‘ruvchi, o‘zgaruvchan va o‘tkazuvchan (2-rasm).
2-rasm. Sizot suvi yuza joylashgan yerda payvand qilinmasdan o‘stirilgan 12 yillik Rozmarin navli olma daraxtining ildizi.
O‘suvchi (o‘q) ildizning ko‘rinishi ochiq jigarrangga ega bo‘lib, uzunligi 1–10 mm ni tashkil qiladi va bu tipdagi ildizlar tuproqning yuza qatlamida joylashadi.
So‘ruvchi ildizlar asosan tuproqdan suv va mineral ozuqalarni so‘rib oladilar, bu tipdagi ildizlar umumiy ildizlar asosida 90 foizni tashkil qiladi. Bu tipdagi ildizlar 15–25 kun yashab o‘zgaruvchan ildizlarga aylanadilar.
O‘zgaruvchan ildizlar – och jigarrang ko‘rinishga ega ildizchalar bo‘lib ba’zi holatlarda o‘tkazuvchi ildizchalar finksiyalarini bajaradilar.
Tuproqqa joylashganligiga qarab mevali daraxtlarning ildiz lari vertikal va gorizontal ildizlarga bo‘linadi.
Mevali daraxtlar ildiz tizimining ko‘rinishi va rivojlanishiga qarab xashaki ko‘chatlar, asosiy ildizli va ulangan, ya’ni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilgan daraxtlarga bo‘linadi.
Xashaki ko‘chatlar o‘sish va rivojlanish siklida doimiy ravishda urug‘lardan shakllangan ildizlardan o‘sib rivojlanadi. Asosiy ildizli daraxtlar ham o‘zining ildiziga ega bo‘lgan yon ildizlardan shakl langan mevali daraxtlardir. Ulangan daraxtlar esa ikki komponentli, ya’ni payvandtag va payvandustdan iboratdir.
Barcha ildiz va ildizchalarning yig‘indisi ildiz tizimini tashkil qiladi. Mevali daraxtlar qariganiga qarab, asosan bu jarayonlar 25–30 yoshda (pakana, vegetativ payvandtaglarda) 25–40 yosh (urug‘li, xashaki payvandtaglarda) ildizlar siyraklashib boradi, mayda so‘ruvchi ildizlarning soni sezilarli darajada qisqaradi va pirovard natijada mevali daraxtlar o‘sishdan qolib, hosildorligi kes kin kamayadi.
Mevali daraxtlarda ildiz tizimining joylashishi va rivojlanishi uning ulangan payvandtaglariga hamda tuproq unumdorligiga bog‘liq. Ildiz tizimining rivojlanishiga mevali daraxtlarning turi va nav xususiyatlari hamda tashqi muhit sharoitlariga ham bog‘liq.
Mevali daraxtlarning ildiz tizimi va uning yer ustki qismini tegishli o‘zaro uzviy bog‘liqligi mavjud. Mevali daraxtlarning ildiz tizimi qancha rivojlangan bo‘lsa uning shox-shabbalari ham yaxshi rivojlanadi va mo‘l hosil yaratish uchun zamin paydo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |