Tashqi ko‘rinishi. Kapalagi qanotlarini yozganda 2 sm gacha yetadi. Oldingi qanotlari to‘q kulrang tusda, qoramtir to‘lqinsimon ko‘ndalang chiziqlar bilan qoplangan, qanotining uchida to‘q bug‘doy rangda tovlanib turadigan qo‘ng‘ir rangli dog‘i bo‘ladi. Keyingi qanotlari och qo‘ng‘ir tusda, ularning chetlarida och rang li popuk bo‘ladi. Tuxumi yassi shaklda, oq, uzunligi 1 mm keladi. O‘sib yetilgan qurti 14–20 mm uzunlikda, och pushti rangli. Qurtning boshi och qo‘ng‘ir tusda, ensasi sariq qalqonchali bo‘ladi. G‘umbagi tig‘iz qilib o‘ralgan qo‘ng‘ir rangli ipaksimon pilla ichida turadi. Pillasi jigarrangli bo‘ladi. G‘umbagining sirtida va qorin bo‘lagi uchida pixchalari bor.
Hayot kechirishi. O‘sib yetilgan qurtlari pilla ichida qishlaydi. Qurtlarining ko‘pchiligi esa shu yil hosil bergan meva daraxtlari ning shox-shabbalarida qishlab chiqadi. Ular daraxt tanasidagi po‘stloq yoriqlari va qatlamlariga, shox qo‘ltiqlariga, kavaklariga hamda ildiz bo‘g‘zi yonidagi tuproq kesakchalari tagiga joylashib oladi. Po‘stloq qobiqlari ko‘chayotgan keksa meva daraxtlarida 60–80 ta qurt qishlashi mumkin. Po‘stlog‘i ko‘chmagan yosh daraxtlarda bu qurtlar ildiz bo‘g‘zi yonida qishlaydi. Nihoyat, olma qurti mevalar xillangan uchastkalarda, mevalar idishlarga joylangan binolarda, mevaxonalarda, daraxt shoxlariga qo‘yilgan tirgovichlardagi teshik va yoriqlarda, yangi mevadan bo‘shagan yashik larda qishlab chiqadi.
Olma qurti O‘zbekistonning asosiy mevachilik rayonlarida uch bo‘g‘in, tog‘li tumanlarida esa bir-ikki bo‘g‘in avlod beradi. Qurtlar ko‘klamda aprel oyida, ba’zan martda ham, g‘umbakka aylanadi. Birinchi kapalaklari olma daraxtlari
gullay boshlagan davrda paydo bo‘ladi. G‘umbakdan chiqqan kapalaklari shox-shabbaning soya joylarida yashirinib turib, qosh qoraygandan keyin ucha boshlaydi. Bu kapalaklar tezda juftlashib, tuxum qo‘yishga kirishadi. Tuxum larini havo harorati 16,5°C bo‘lgan paytlarda, ko‘pincha barglar ning ustki tomoniga, ba’zan mevalarga bitta-bittadan qo‘yadi. Yoz faslida mevalar o‘sib kattalashgan sari kapalaklarning ko‘pchiligi tuxumlarini mevalarga qo‘yadi. har bir urg‘ochi kapalak 50– 100 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin.
Bog‘larda kapalaklarning paydo bo‘lish, tuxum qo‘yish va qurtlarning tuxumdan chiqa boshlash muddatlari juda muhim rol o‘ynaydi. Chunki, bu zararkunandalarning tuxumlarini hamda ulardan chiqayotgan qurtlarni yoz faslida dori purkab yo‘qotish vaqtlari ana shu muddatlarga qarab belgilanadi. Daraxtlarni dorilashning aniq muddatlari bog‘larda olma qurtining rivojlanishini maxsus kuzatish natijalariga asosan belgilanadi. Olma daraxtlarini olma qurtiga qarshi dorilashning eng yaxshi muddati kapalaklar ning 20 foizi ucha boshlagan vaqt hisoblanadi. Bu muddat odatda kapalaklar tuxum qo‘yayotgan hamda ilgari qo‘yilgan tuxumlardan qurtlar chiqayotgan paytga to‘g‘ri keladi.
Tekislik zonalarda (Toshkent, Samarqand viloyatlarida) birinchi bo‘g‘in qurtlar aprelning uchinchi yoki mayning birinchi o‘n kunligida, olmaning Renet Simirenko navi gullab bo‘lgandan keyin tuxumdan chiqa boshlaydi. Olma qurti ikki bo‘g‘in avlod beradigan tog‘li zonalarda (Bo‘stonliq, Baxmal tumanlarida) qurtlar may ning uchinchi o‘n kunligida, olmaning Renet Simirenko navi gullab bo‘lganidan keyingi 14–21-kunda tuxumdan chiqadi.
Ko‘klamgi bo‘g‘in kapalaklarining g‘umbakdan chiqishi va tuxum qo‘yishi ayrim yillarda, ayniqsa ko‘klam sovuq, seryog‘in kelgan vaqtda uzoqqa cho‘zilib, 30–35 kun davom qiladi. Yangi qo‘yilgan tuxumlardan 6–8 kunda qurtlar chiqadi. Tuxumdan chiqqan qurtning tanasi oq, uzunligi 1,5 mm, boshi qoramtir bo‘ladi. Ular meva qidirib o‘rmalab yuradi, mevaga borib yet ganidan keyin avvalo uning sirtida o‘rmalaydi va mevani teshib kirish uchun qulay joy qidiradi.
Qurtlarning ko‘pchiligi mevaning yon tomonidan yoki meva bandi yaqinidan teshib kiradi. Qurt mevaga kirayotganida uning po‘stini yemasdan, balki o‘zi kirgan teshik yoniga taxlab qo‘yadi. Qurtning mevani teshib kirishiga 1,5–2 soat va ba’zan undan ham uzoqroq vaqt sarflanadi.
Mevaga kirgan qurt dastlab uning eti, keyinchalik urug‘lari bilan oziqlanadi, mevalardagi qurtlar 27–28 kun ichida rivojlanib bo‘ladi. Shu davrda bu qurtlar to‘rt marta tulaydi. Oziqlanib bo‘lgan qurtlar daraxtlardagi hamda yerga to‘kilgan mevalardan tashqariga chiqib po‘stloq yoriqlari va qatlamlari, shox qo‘ltiqlari, ushlash belbog‘lari va to‘kilgan mevalar to‘plangan joylarda ipaksimon pilla o‘rab g‘umbakka aylanadi.
Tekislik zonada joylashgan bog‘lardagi daraxtlarning ushlash belbog‘larida birinchi qurtlar may oxiri yoki iyunning birinchi o‘n kunligida, tog‘lardagi bog‘larda esa iyun oxirida paydo bo‘ladi. Qurtlar tuxumdan chiqib ushlash belbog‘larida paydo bo‘la boshlashigacha 27–32 kun o‘tadi. Ikki–to‘rt kundan so‘ng bu qurtlar g‘umbakka aylanadi.
Yozgi birinchi bo‘g‘in kapalaklarining ko‘plab urchishi va ikkinchi bo‘g‘in qurtlarining tuxumdan chiqishi tekislik zona (Toshkent, Samarqanddagi bog‘larda iyunning ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligida (ko‘klamgi kapalaklar uchib chiqqanidan keyingi 45–54 kunda) boshlanadi. Tog‘li rayonlarda ikkinchi bo‘g‘in qurtlar iyunning ikkinchi o‘n kunligida yoki uchinchi o‘n kunligi boshidan tuxumdan chiqa boshlaydi. Uchinchi bo‘g‘in qurtlarning tuxumdan chiqishi tekislik zona (Toshkent, Samarqand) dagi bog‘larda iyulning ikkinchi yoki avgustning birinchi o‘n kunligida (ikkinchi bo‘g‘in qurtlar tuxumdan chiqqanidan keyin 30– 44 kunda) boshlanadi.
Urg‘ochi kapalaklar iyun-iyul oylarida ancha serpusht bo‘ladi va uchib chiqqanidan keyin ikkinchi kundayoq tuxum qoyishga kirishadi. Yoz faslida tuxumlar 5–6 kunda, qurtlar esa 21–24 kunda rivojlanib bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi bo‘g‘in qurtlar olma, nok va behining kuzgi hamda kechpishar navlarini zararlaydi. Yozda, ayniqsa, iyuldan sentabrgacha bu zararkunandalarning hamma ri vojlanish davrlariga kirgan bo‘g‘inlari uchraydi, qurtlari esa to oktabrgacha mevalarda saqlanadi. Iyundan e’tiboran qurtlarning bir qismi harakatdan to‘xtab, to kelgusi yilning ko‘klamigacha shu holda yotadi. Avgustning birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida qurtlar harakatdan to‘xtaydi, avgust oxiri va sentabrda ularning 95– 100 foizi qishlovga ketadi.
Bu zararkunandalar O‘zbekistonda o‘stirilayotgan olma ning hamma navlariga tushadi. Ammo, «Beliy naliv», «Persikovoe letnoe», «Pervenets Samarkanda» kabi ertapishar navlarni kamroq zararlaydi. Olma daraxtlari kam hosil bergan yillarda, ko‘p hosil bergan yillardagiga nisbatan, bu qurt ko‘proq zarar vetkazadi. Tog‘li rayonlarda olma qurti ikki bo‘g‘in avlod berishi sababli, bu rayonlardagi olma, nok va behi hosilini kamroq zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |