BOBURNOMA
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISIM
1.BOBUR HAQIDA
2.BOBURNOMA
3. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
4.BOBURNOMA MUHOKAMASI VA NATIJASI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kalit so`zlar: Boburnoma, Alisher Navoiy. Zahiriddin Muhammad Bobur, Farg`ona, Afg`oniston, Hindiston, Boburiylar
Madaniyat va ma’naviyat tariximizda XV asr - XVI asrning birinchi yarmi o`lmas asarlarga g`oyat boyligi, bu davrda xalqimiz insoniyatga ko`pgina ilm va adabiyot daholarini yetkazib bergani bilan alohida e`tiborga loyiq. Xususan, Xuroson va Movaraunnahrda yuzlab shoir-u adib, muarrix va bastakor, san`at ahli barakali ijod qildi. Forsiy va turkiy tillarda yaratilgan durdona asarlardan ham forsiyzabon, ham turkiyzabon kitobxonlar birdek ma’naviy oziq oldilar. Har ikki tilda yaratilgan badiiy, tarixiy asarlar mazmunan bir-birini boyitdi. Dunyo adabiyotshunosligida ming yil, bir necha yuz yillar davomida qadr qimmati yuksak boʻlib kelayotgan asarlar bor.Aynan shunday buyuk asarlar orasida ayniqsa Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu asar Boburning butun hayoti davomida ko`rgan-kechirganlarini ro`y-rost tasvirlagani bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.
1.BOBUR HAQIDA
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf. Davlat arbobi, Boburiylar sulolasining asoschisi. Temuriy shahzoda dovyurakligi va jasurligi uchun yoshligidan “Bobur” (“Sher”)1 taxallusini olgan.Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzo 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan. 1494-yil otasining bevaqt o'limi sabab, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o'tirgan. Bobur Temuriylar saltanatini saqlab qolish uchun Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida kurash olib borsada, mamlakatda hukm surgan og‘ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. To'xtovsiz janglar sabab u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil) majbur bo'ladi va 200 - 300 navkari bilan Afg‘onistondagi ichki janglardan foydalanib, G‘azna va Kobulni egallaydi. 1526-yilda Dehlini qo'lga kiritadi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli Boburiylar sulolasiga asos soladi.
Hozirda uning 119 g‘azali, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan.
2.BOBURNOMA
«Boburnoma» - o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi. Unda O’rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug'rofiyasiga oid qimmatli malumotlar o’rin egallagan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur “Mubayyin” asarini yozadi. Shoir nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari “Boburnoma” ustidagi ijodiy ishini 1518 - 1519-yillarda boshlagan. Uning “Xatti Boburiy”, musiqa san’ati va harb ishlariga bag'ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan. Bobur o‘zi e’tiqod qo'ygan Xoja Ahror Valiyning nasrda bitilgan “Volidiya” asarini she’riy tarjima qiladi. Shoirning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon bolgan 243 baytli mazkur asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlanadi. Dunyo adabiyotshunosligida ming yil, bir necha yuz yillar davomida qadr qimmati yuksak boʻlib kelayotgan asarlar bor.Aynan shunday buyuk asarlar orasida ayniqsa Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu asar Boburning butun hayoti davomida ko`rgan-kechirganlarini ro`y-rost tasvirlagani bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.
Shoh va shoir 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |