3.2. Asarda Bobur muxoliflari tasviri
―Boburnoma‖da yirik davlat arboblari, Boburning muxoliflari –
Shayboniyxon, Jahongir Mirzo kabilar bilan bir qatorda, Xisravshoh, Boqi
Chag‗oniyoniy va boshqa bir qator davr tarixini o‗zida mujassam etgan yirik
shaxslar tasviri ham mavjud.
―Boburnoma‖ materiallaridan ayon bo‗ladiki, asarda muallif tomonidan ko‗p
tilga olingan shaxslardan biri
Shayboniyxon
dir. Bobur Shayboniyxon faoliyatiga
ob‘ektiv baho berar ekan, uni o‗sha davr tarixiy sharoitiga ko‗ra siyosat maydoniga
kirib kelganini, temuriylar saltanatining tanazzuliga sababchi bo‗lgan dushman
ekanligini ta‘kidlaydi. Lashkarboshi sifatida o‗z mavqeini tiklab olmasdanoq
temuriy shahzodalarni birlashishga, bu xavfli dushmandan ertaroq qutilish
lozimligini o‗z vaqtida anglab yetadi:
“Xoja Abulmakorimning tavassuti bila bu
so„zni orag„a soldimkim, Shayboqxondek g„anim paydo bo„lubtur, muning zarari
turkka va mo„g„ulg„a musovidur. Muning fikrini hololiqtakim, ulusni hanuz yaxshi
bosmaydur va ko„p ulg„aymaydur, qilmoqlik vojibdur”(“B1”. 43-bet).
Bobur Husayn Boyqaro xonadoniga Shayboniyxon solgan kulfatlar, ayollari
uchun isnod tariqida qilgan haqoratomuz harakatlari, saroy begimlari va
malikalarini olib beklari va lashkarlariga nikoh qilib, gohida nikohsiz taqdim
qilishi kabi vahshiyona, aql bovar qilmas, nojoyiz harakatlarini tasvirlar ekan
uning ma‘naviy qiyofasini ochib beradi.
Muhammad Haydarning ―Tarixi Rashidiy‖ asarida Shayboniyxonning
temuriylar xonadoniga yetkazgan zarari, g‗addorligi va vahshiyligi to‗g‗risida bir
umumlashma ma‘lumot beriladi. Mazkur ma‘lumot ma‘lum darajada bu shaxsning
temuriylar xonadoniga, nasliga, qolaversa, Movarounnahr va Xurosonda
madaniyat, adabiyot, san‘atni taraqqiy etishiga katta hissa qo‗shgan temuriy
shahzodalarning sababsiz qurbon etilishiga, natijada bu renesans taraqqiyot
ma‘lum darajada pasayishga, tanazzulga yuz tutganligini ham ko‗rsatadi. Ushbu
tasvirlar Shayboniyxonning bu xonadon vakillariga nisbatan ko‗rsatgan
vahshiylarcha munosabatining yakuni sifatida beriladi:
“Bu so„zning guvohi bu
shikastaholning ahvolidurki, Shohibekxon Parvardigori jallat va azamatning jalol
sifatining mazhari erdi. Aning uchunki, saltanat korxonalaridin to„lani vayron
qildi. Va podshoh xonadonlarini yo„q qildi. Bu jumladin Sulton Husayn mirzoning
avlodidin va umarolaridin ikki yuz ming kishiga yaqin xalqini yo„q etdi. Va Sulton
Mahmud mirzoning tobelar ellik mingcha kishini o„lturdi. Va Sulton Ahmad mirzo
tobelaridin ham to„la odamlarni nobud qildi. Va Samarqand taxti va baxtini va
yana to„la shaharlarni vayron qildi. Ul jihatdin arbobi dil va as‟hobi amallar bu
dunyoyi fanoning shamolining uchquni, debturlarki, har soat vujudning g„uborini
adam sahrosig„a tashlag„usidir”
18
.
Shayboniyxon o‗zining butun hayoti va faoliyati davomida qo‗l ostidagi
navkarlari bilan O‗rta Osiyo va Xalq tomonidan yaratilgan ko‗plab san‘at,
adabiyot, arxitektura xazinalarini yer bilan yakson qilib, ko‗p talofotlar yetkazgan.
Shayboniyxon garchi san‘at ahli, shoirlarni atrofiga yig‗gan bo‗lsa-da, ularga ixlos
bilan qaramagan, balki o‗z shon-shuhratini oshirish niyatida bo‗lgan.
―Boburnoma‖ni o‗qiganimizda Shayboniyxon va uning ta‘rifiga juda ko‗p
o‗rinlarda duch kelamiz. Bobur asarida uni o‗z dushmani sifatida baholaydi va
uning salbiy qiyofasini ochib tashlaydi.
Bobur Shayboniyxondagi yomon illatlar: vahshiylik, nochor kishilardan o‗ch
olishi, qasos uning yagona shiori ekanligi, adabiyot va san‘at ahlini xor qilishini
jonli misollar orqali ko‗rsatib beradi: ―
Men Samarqand olg„onda, o„n to„qquz
yoshta edim. Ne ko„p ish ko„rub edim, ne tajriba bo„lub edi. Ikkinchi bukim,
mening g„animim Shayboqxondek purtajriba va ko„p ish ko„rgan va ulug„ yoshliq
kishi edi. Uchinchi bukim, bizga Samarqanda hech kishi kelmaydur edi. Agarchi
shahr eli manga ko„ngulluk edi, vale Shayboqxonning qor„qunchidin hech kishi bu
xayolim qila olmas edi. To„rtunchi bukim, mening g'animim qo„rg„onda edi, ham
qo„rg„onni olildi, ham g„animni qochuruldi. Beshinchi bukim, bir martaba
18
Мирзо Муҳаммад Ҳайдар Аѐзий. Тарихи Рашидий. –Тошкент: Ўзбекистон, 2010, – 306 б.
Samarqand qasdig„a kelib, g„animg„a tuydurub, ikkinchi martaba kelganda tengri
rost kelturdi, Samarqand fath boldi” (“B1”. 140-141-bet).
E'tibor bering-a,
“g„animim Shayboqxondek purtajriba va ko„p ish ko„rgan, ulug„ yoshli kishi edi”
-
ota yurtidan abadiy badarg‗a qilgan xonga nisbatan bunday fikrlarni aytish uchun
qanchalik diplomat bo‗lish kerak kishi! Dashti qipchoqdagi ko‗chmanchi
o‗zbeklarni birlashtirgan Shayboniyxonning temuriylar sulolasini ―sindirib‖, yirik
imperiya tuza olgan mohir sarkarda sifatida jahon tarixida o‗z o‗rni bor. Bobur
xotiralarida Shayboniyxonga nisbatan uni beobro‗ qiladigan yoki tahqirlaydigan
so‗zlar qo‗llamaydi. Aksincha, uning harbiy qobiliyatiga, mahoratiga har doim tan
berib keladi.
1500-1501-yillarda Shayboniyxon Buxoroni olib, Samarqand ustiga yuradi.
Samarqand beklaridan Sulton Ali mirzo onasi Zuhrabegimning puch xayollari
ta‘sirida shaharni raqibiga topshiradi. Zuhrabegim o‗g‗liga otasining viloyati -
Samarqandni berish evaziga Shayboniyxon bilan nikoh shartnomasi tuzishni taklif
qiladi. Ammo shaharga kirib olgan xon bu ―aqli noqis xotun‖ga kanizakchalik ham
parvo qilmaydi, Sulton Ali mirzo esa Temur Sulton (Shayboniyning o‗g‗li) bilan
to‗qnashuvda o‗ldiriladi.
Endi uning Boburga munosabatini eslaymiz: uch-to‗rt oy davom etgan
Samarqand qamalida Bobur tang ahvolda qoladi. Xalq tanqislikdan it va eshak
go‗shtini yeyishgacha boradi. Tevarak-atrofga jo‗natilgan hech bir elchi umidvor
etguday xabar bilan kelmaydi. Shu vaziyatda Shayboniyxon sulh tuzishni taklif
etadi. 3-4 minglik navkarli purtajriba bir xon 200-300 askari qolgan, buning ustiga
yosh, tajribasiz bir sarkardaga-ya? Yoki chindan ham Muhammad Solih
yozganidek u –
“imom-uz-zamon g„oyibona oshiq bo„lib, ishq bila ma'shuqini”
-
Boburning jonday egachisi Xonzoda begimni qo‗lga olish maqsadida edimi? Bu
fikr haqiqatdan ancha yiroq. Chunki ―Boburnoma‖da o‗zining har bir kamchiligini
tan olgan shoir bu haqda
“mening egachim Xonzoda begim shahardan chiqishda
Shayboqxon iligiga tushdi” (“B1”. 156-bet).
(ha, aynan ―shahardan chiqishda
iligiga tushdi‖) deydi. Muhammad Solih bergan ma‘lumotga kelsak,
―Shayboniynoma‖ badiiy asar ekanligini unutmaslik lozim.
―Boburnoma‖da muallif 1495-1496-yillar voqealariga to‗xtalib, Husayn
Boyqaro saltanatida Xisravshoh nomli bek bo‗lib, oxirgi paytda Hirot hokimiyatiga
bo‗ysunmay qolganligi haqida gapiradi. Bunday munosabat davlat ishini
yurgizishda boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishini aytib:
“Xisravshohning
muncha ulg„aymog„ig„a va muncha haddi yetmas ishlarni qilmog„ig„a Sulton
Husayn mirzoning ikki qatla kelib ola olmay yonmog„i sabab bo„ldi” (“B1”. 63-
bet)
,
– deydi.
Bunda Bobur
Do'stlaringiz bilan baham: |