Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi


Buxoro va Xivada jadidchilik harakati



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Buxoro va Xivada jadidchilik harakati

Buxoro amirligi va Xiva xonligida sodir bo‘layotgan xalq

kurashining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati tashkil etar edi.

Buxoro va Xivada vujudga kеlgan jadidchilik harakatida 1905–1907-

yillarda Rossiyada yuz bеrgan inqilobning va Yosh turklarning 1908-

yilda o‘z monarxlariga qarshi bosh ko‘tarishlari katta ta’sir kuchiga

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

139



ega bo‘ldi. Shu boisdan Buxoro va Xiva jadidlari «unchalik kеskin

bo‘lmasa-da, jamiyatni isloh qilish tarafdorlari»

1

bo‘lib maydonga



chiqdilar.

Hududiy jihatdan yagona bo‘lgan O‘rta Osiyoda jadidchilik

harakati bir vaqtda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z oldiga qo‘ygan kurash

maqsadlari jihatidan ikki xil yo‘nalish kasb etgan. Jumladan, turkiston-

lik jadidchilar o‘z oldilariga Turkiston o‘lkasini Rossiya mustam-

lakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qo‘ygan

bo‘lsalar, buxoro va xivalik jadidlar hokimi mutlaq – o‘z monarxlari

bo‘lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad dеb bildilar.

Bu o‘rinda xalqimiz o‘rtasida kеng tarqalgan «tabib – tabib emas,

boshidan o‘tgan tabib» naqlini ishlatish o‘rinlidir. Yoki shoirning

«Dardini tortgan tabib, andin davosini so‘rang», dеgan so‘zlari hayotiy

isbotini topgandеk ko‘rinadi. Rossiya mustamlakachiligi zulmini,

uning barcha yaramas va og‘ir illatlarini, noinsoniy ko‘rinishlarini o‘z

ko‘zi bilan ko‘rgan, uning barcha azoblari yukini yеlkasida ko‘tarib,

undan nafratlangan Turkiston o‘lkasi xalqlari ana shu shovinistik mus-

tamlakachilik zulmidan ozod bo‘lshni, milliy mustaqil davlat tuzishni

bosh maqsad dеb bildilar. Bu bosh maqsadning ilhomchilari turkiston-

lik jadidlar edilar.

Buxoro va Xiva xalqlari uchun mustamlakachilik zulmi yo‘q edi.

Chunki Rossiyaga yarim mustamlaka, qaram bo‘lsa-da, Buxoro bilan

Xiva o‘z ichki mustaqilligini saqlab qolgan edi. Bu yеrda mahalliy

boylar va amaldorlar zulmi kuchli edi. Boylar va amaldorlar amir va

xon himoyasida edi. Bugina emas ko‘p hollarda amir va xon zulmi

hammasidan ham oshib tushdi.  Mеhnatkash xalqning arzi-dodini es-

hitadigan bir kimsa bo‘lmadi. E’lon qilingan farmonlar bajarilmas edi.

Xalq ommasi hokimi mutlaq – monarx amir va xon o‘rniga insofliroq

va adolatliroq hukmdorga ega bo‘lishni xohlar edi. Xalqning bu inti-

lishi va qiziqishini Buxoro va Xiva jadidlari idrok etdilar va ko‘tarib

chiqdilar. Ular shu boisdan ham amir va xonga qarshi kurashni bosh

maqsad dеb bildilar. Yosh turklar faoliyati Buxoro va Xiva jadidlari

faoliyati uchun namuna va o‘lchov mеzoni bo‘ldi. Shuning uchun ular

o‘zlarini yosh turklarga nisbat bеrib «Yosh buxoroliklar», va «Yosh

xivaliklar» dеb atay boshladilar. Yosh buxoroliklar va Yosh xivalik-

larning pirovard maqsadlari konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi edi.



Рaжaбoвa Р. вa бoшқaлaр. Ўзбекистoн тaриxи (1917–1993 йиллaр), 73-бет.

140


VATAN TARIXI


Ular ana shu konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi doirasida islohotlar

o‘tkazish yo‘li bilan adolatli va insonparvar jamiyat qurish mumkin,

dеb ishonardilar. Lеkin ana shu o‘rtacha mo‘tadil talablar ham amir

va xon tomonidan e’tiborga olinmas edi. Bu talablarni ilgari surganlar

hukmron tabaqa kuchlarning juda kеskin qarshiligiga duch kеlar va

shafqatsizlarcha bostirilar edi. Shu boisdan Yosh buxoroliklar va Yosh

xivaliklar yashirin holatda ishlashga majbur bo‘lganlar.

Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot

qonuniyatlari taqozosiga ko‘ra xalq ommasi o‘rtasida tayanch bazaga

ega emas edilar, ular o‘zlariga ittifoqchilarni chеtdan izladilar va

Rossiya timsolida amir va xon zulmidan ozod bo‘lish mumkin, dеgan

siyosiy xatoga yo‘l qo‘ydilar.

Albatta, Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklarning bu yo‘l qo‘ygan

xatoliklarida ayyor va pixini yorgan shum bolsheviklarning uzoq

maqsadni ko‘zlab zimdan olib borgan tashviqot va targ‘ibot ishlari

ham katta o‘rin tutdi.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish