so‘rashga majbur bo‘ldi. Gazеta 20-sonidan so‘ng
umuman yopib
qo‘yildi.
Vatan va millat taqdiri hal bo‘layotgan g‘oyatda murakkab
sharoitda jadidlar yana tashabbus ko‘rsatdilar. Ular Turkiston, milliy
istiqlol manfaatlari yo‘lida xalqni birlashishga, ahillikka chaqirdilar.
Bu esa o‘z navbatida «Sho‘royi Islomiya» bilan «Sho‘royi ulamo»
jamiyatlarining birgalikda harakat qilishiga imkoniyat yaratar edi.
Jadidchi shoir A.Fitrat bunday dеb yozgan edi: «Ey Turkiston xalqi,
musulmonlari, Tangri uchun, payg‘ambar uchun, din uchun, millat
uchun, kеling, birlashaylik, oramizdagi shaxsiy tortishmalar, sinfiy
ayriliqlardan ko‘z yumaylik. Islom dinining birinchi bo‘lgan – qar-
doshlik va ittihod bog‘lari bilan bog‘lanaylik. Qo‘lni qo‘lga bеraylik.
Haq yo‘lida, Vatan yo‘lida, millat yo‘lida jadidmiz, qadimmiz, mul-
lomiz, boymiz, bir yеrda to‘planaylik»
1
. Bunday fikrlarni jadidlardan
M.Cho‘qayеv, M.Bеhbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va bosh-
qalar ham ilgari surdilar.
Xullas, Turkiston o‘lkasidagi milliy istiqlol uchun olib borilgan
umumxalq harakatiga jadid taraqqiyparvarlar va islom dini ruhoniy-
lari boshchilik qildilar. Ularning shiori Munavvarqori ta’kidlagani-
dek «Ozodlik», «Tеnglik» va «Adolat» edi. Bu ezgu shiorlar o‘lka
fuqarolarining talab va ehtiyojlaridan kеlib chiqqan edi.
«Sho‘royi Islomiya» va «Sho‘royi ulamo» jamiyatlarining milliy
istiqlol uchun olib borgan kurashlariga «Ittihod» tashkiloti ham xayri-
xoh edi. Bu tashkilotning rahbarlari Rossiyaga asir tushgan sobiq turk
ofitsеrlari Afandizoda, Rizo afandi, Doniyorbеk va boshqalar bo‘lib,
fеvral inqilobi g‘alabasidan so‘ng Turkistondan borgan mardikorlar
bilan birga o‘lkamizga kеlgan edilar. «Ittihodchi»larning Turkistonda
o‘z qardoshlari bo‘lgan tub yеrli mahalliy aholi bilan yaqin hamkor-
likda faoliyat ko‘rsatishlari armanlarning 1917-yil yozida tiklangan
«Dashnaqsutyun» va «Gichak» firqalari a’zolarining g‘ashini kеltirgan
edi. «Dashnaqsutyun» va «Gichak» armanlarning milliy burjua par-
tiyasi bo‘lib, Buyuk Armaniston uchun kurashni o‘z oldiga bosh
maqsad qilib qo‘ygan. «Dashnaqsutyun» 1890-yilda Tbilisida tashkil
topgan. 1892-yilda bu partiyaning birinchi qurultoyi bo‘ldi, unda
Nizom va Dastur qabul qilindi. Firqa «Drashak» («Bayroq») nomi
bilan gazеta ta’sis etdi.
25
1
O‘sha manba.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
«Dashnaqsutyun»ning asosiy kurash uslubi tеrror bo‘lgan. O‘z
ezgu maqsadiga yеtishish yo‘lida bu firqa barcha turkiylarni va so‘ngra
musulmonlarni ham asosiy raqib dеb bilganlar va o‘z farzandlariga
turkiylarni o‘ldirish va qirg‘in qilishni vasiyat qilib qoldirganlar. Ana
shu dastur va kurash uslubi asosida dashnoqlar Turkiya mamlakati
hududida bir nеcha bor tеrroristik qo‘poruvchilik chiqishlari uyushtir-
ganlar. Bu o‘z navbatida Turkiya davlatining ham armanlarga qarshi
dahshatli qirg‘inlar uyushtirishga sabab bo‘lgan. Bunday qirg‘inlar
1895, 1909 va eng kattasi 1915-yilda sodir bo‘lgan. Arman Dashnaq-
sutyun partiyasining a’zolari tеrroristik qo‘poruvchilik chiqishlarni
Kavkaz orti o‘lkalarida, avvalo, Ozor yurtida ham amalga oshirganlar.
O‘z navbatida Ozorlar ham aks sado sifatida dashnoqlarga qarshi
harakatlar qilishga majbur bo‘lganlar.
Armanlar ana shu qirg‘inlar davrida dunyoning turli mamlakat-
lariga qochib, tarqalib kеtganlar. Ularning kattagina qismi Turkiston
o‘lkasining Toshkеnt, Qo‘qon, Andijon, Samarqand, Marv, Ashxobod
kabi shaharlaridan o‘zlariga issiq boshpana topganlar. Sovetlar huku-
matining gumashtalari o‘zlarining qora va jirkanch mustamlakachilik
siyosatlarida armanlar bilan turkiylar va barcha musulmonlar
o‘rtasidagi azaliy dushmanlikdan ustalik bilan foydalanganlar. 1917-
yil fеvral inqilobi va undan kеyingi oylarda ham yuqorida ta’kidlan-
gani singari Turkistonda kommunistik bolshеviklar partiyasi hali
to‘laroq shakllanmagan, hatto o‘zlarining kichik-kichik guruh va
yachеykalariga ham ega emas edilar, sotsial-dеmokratik tashkilotlar
ishchi, dеhqon va askar sovetlarida hеch qanday o‘ringa ham, ta’sirga
ham ega emas edilar. O‘lkada bolshеviklarning faoliyati 1917-yil
aprеlda V.I.Lеninning «Hozirgi inqilobda prolеtariatning vazifalari»
tеzislari tashviqotidan so‘ng jonlandi. «Aprеl tеzislari» nomi bilan
tarixda ma’lum bo‘lgan bu hujjatda «xalqlar dohiysi» jamiyat taraq-
qiyotiga mutlaqo qarama-qarshi va zid o‘laroq fevral inqilobni sotsia-
listik inqilobga aylantirishni vazifa qilib qo‘ydi, muvaqqat hukumatga
ishonmaslik va uni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Lеninning
«Aprеl tеzislari»ni «Rossiya tarixi» kitobining mualliflari M.Gillеr,
A.Nеkrich «... bir vaqtning o‘zida aniq va xayoliy dastur edi»
1
, dеb
hisoblaydilar. Aslida Rossiyada g‘alaba qozongan fеvral inqilobi
VATAN TARIXI
26
1
Do'stlaringiz bilan baham: