Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-YILGI ANDIJON QO'ZG'OLONI



Download 1,88 Mb.
bet77/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

5. 1898-YILGI ANDIJON QO'ZG'OLONI


1 1898-yilgi Andijon qo'zg'olonining kengroq tafsiloti Fozilbek Otabek o'g'li qalamiga mansub «Dukchi Eshon voqeasi» (Samarqand, 1927-yil) asarida ancha xolisona, to'g'ri bayon qilingan. Fozilbek Otabek o'g'li 1886-yili Andijonning «Devonaboy» dahasida tug'ilgan, ruscha , musulmoncha ma'lumotga ega bo'lgan, jurnalist sifatida yaxshi tanilgan, jadidchilik, istiqlolchilik yo'lida faol kurashgan, 1938 yili qatag'on qilingan. «O'zbekistonning yangi tarixi». Birinchi kitob. Turki s -ton chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Hamid Ziyoyevning «O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi». «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001. 184-249-betlarda ham yoritilgan.


Mustamlakachi chor ma'murlarini dahshat va vahimaga solgan xalq qo'zg'olonlaridan biri 1898-yilda Andijonda bo'ladi. Bu qo'zg'olonga Andijondagi poytug'lik Eshon Sultonxon To'raning muridi, «Dukchi Eshon» nomi bilan mashhur bo'lgan 42 yasharlik Muhammad Ali Xalfa Madali Eshon boshchilik qi-ladi. Muhammad Ali Xalfa Sobir o'g'li Dukchi Eshon 1856-yilda Farg'ona shahridan 25 chaqirim janubiy-g'arbdagi Chimyon qishlog'ida tug'ilgan1. Uning avlodlari asli qashqarlik bo'lishgan. Muhammadali juda aqlli va odobli bola bo'lgan. Oilasining no-chor hayoti tufayli maktabda o'qiy olmagan. Lekin mustaqil o'qib savodxon bo'lgan. Otasi yonida yurib beshik, yik tayyorlash, ke-yinchalik esa paxsa urish kasblarini egallagan. Shu bois uni «usta» ham deyishgan. Oilasi bilan 10 yoshida Mingtepadagi Tojik qishloqqa ko'chib ketgan. Muhammadali shu atrof yaqinda nom chiqargan va hatto Qo'qon xonligida ham hurmati bo'lgan mash-hur Sultonxon to'ra xizmatiga kiradi va o'zining mehnatsevarligi, aqli, odobi va taqvodorligi bilan Eshonning o'g'illari qatoridan joy oladi. Sultonxon to'raning Qoradaryoning o'ng sohilida -Poytug'da ham yerlari bo'lgan. U shu yerga ko'chib borib 3-4-yil yashaganda Muhammadalini ham o'zi bilan bu yerga olib kela-di. 1882-yilda Sultonxon to'ra vafot etadi. Vafoti oldidan u o'z shogirdi Muhammadaliga «eshonlik» to'g'risida xati irshodni (yo'llanma xatni) yozib imzo qo'yib muhrlab bergan edi. 1886-yilda 30 yoshida Muhammadali Makkai Mukarramaga borib kelgach, o'zini Eshon deb e'lon qiladi. Uning o'zi iqror bo'lib aytgan so'zlariga qaraganda Madinai-Munavvarada Muhammad payg'ambar qabrini ziyorat qilib qaytgach, pirini tushida ko'radi. U Muhammadaliga yurtingga borgach, o'n yil eshonlik qilgin, och-yalang'ochlarga ovqat, boshpana bergin, keyin esa kofirlarga qarshi g'azovat e'lon qilgin, deydi.

O'zini Eshon deb e'lon qilgan Muhammadali Xalfa har kuni katta qozonda ovqat pishirib och-yalang'och, yetim-yesirlarni boqa boshlaydi. U dastlab bu ishni qarz olib amalga oshiradi. So'ng Eshonning obro'-e'tibori shu darajada ko'tarilib ketadiki, u qarzlarini ham uzdi va har kuni doshqozonda ovqat tayyorlab 150-200, ba'zan esa 400-500 kishini ovqatlantira boshlaydi. Muhammadali xalfa Eshon bo'lish bilan birga tabiblikdan xaba-ri bor edi. Eshonning xalq orasida obro'-e'tibori juda tez o'sib boradi. Uning muridlari faqat Farg'ona vodiysidagina emas, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa olis-olis joylarda ham bo'lgan.

Chor Rossiyasining xalqqa qarshi mustamlakachilik, zo'rlik va adolatsiz siyosati Muhammadali xalfaning xalq kurashiga rah-barlik qilishining bosh sababidir. Qo'zg'olon boshlanishidan bir yil oldin Eshon turk sultoniga maktub yozadi. Maktubda Eshon ruslar Qo'qon xonligini bosib olganlaridan keyin musulmon lar o'rtasida axloqan buzilish kuchayganligini, shariat qoidalaridan chekinish ro'y berib, buzuqlik, ichkilikbozlik, nashaxo'rlik avjiga chiqa boshlaganligini yozgan. Bundan tashqari Eshon ruslar kambag'allar uchun zakot yig'ishni, hajga borishni taqiqlaganliklarini, eski vaqflarni man qilib, yangilarni joriy etmayotganliklarini ta'kidlar ekan, turk sultonidan xalqning shariat qonun-qoidalari bo'yisha turmush kechirishi uchun sha-roit yaratishni oq podshodan talab qilishni so'raydi. «Rus huku-matining shariatni nazar-pisand qilmaganligini Allohning qahrini keltirmasmikin, deb qo'rqaman», deydi Eshon ushbu maktubi so'nggida.

Qo'zg'olon boshlanishidan bir necha kun avval Eshon huzuriga ba'zi bir mahalliy mansabdor shaxslar kelib, Eshon tayyorlagan murojaatnoma yoki qasamyodga o'z muhrlarini bo-sishadi. Bu murojaatnomada shunday deyilgan edi:

«Alloh yo'q joydan o'n sakkiz ming olamni yaratib, insonga mukammal bir qiyofa baxsh etib, uni barcha jonzotlarning so-hibi, Odam atoni esa xalif qilib ko'tardi. Butun olamni Alloh payg'ambarimiz uchun yaratib, uni eng yaqin kishisiga aylantiradi va ul hazratni taxtga o'tqazdi-da, shunday murojaat qiladi: «Ey payg'ambar! G'ayriddinlar va imon-e'tiqodidan qaytganlar bilan jang bo'lg'usidir». Bunda o'ziga sodiq qolgan va eng ya-qin bo'lganlarga jannat va'da qiladi. Choryorlar xalqqa pandu nasihat qilib deydilarki, «Kimki g'azovat yo'lida o'z mulki va hayotini Alloh va payg'ambar uchun qurbon qilsa, bundaylar biz singari bo'lg'usidir». Ular nomunosib bandalarni tiyish uchun kitob bitdilar va bizga esdalik sifatida qoldiradilar. Shunday ekan, o'zimizni Allohning qullari va payg'ambarning ummatlari hisoblaydigan bizlar albatta g'azovot e'lon qilishimiz joizdir. Birinchidan, Alloh va payg'ambar yo'lida bu muqaddas urushda biz g'olib chiqishimiz, ikkinchidan hayotimizni qurbon qilishimiz lozim.

Biz quyidagi o'z muhrimizni bosganlar, oldimizga kalomul-lohni qo'yib, Alloh va payg'ambarga qasamyod qilib, xalifamiz bilan shartnoma tuzdik. Shundan keyin, agar o'zimizga bino qo'yganimizdan shaytonning vasvasasiga uchib yoki shirin jo-nimizni saqlashni o'ylab, qo'rqib, va'damizdan qaytib, uni bajarmasak do'zaxga tushaylik, ikki dunyoda yuzimiz qora bo'lsin, qiyomat kuni sharmanda-yu sharmisor bo'laylik.

Bu so'zlarning tasdig'i uchun muhrimizni qo'ydik.

Mazkur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obro'-e'tiborli kishilardan o'n ikki kishi muhrini bosgan.

14-may kechqurun Muhammadali xalfa uyida kengash bo'lib, unda F arg'ona viloyatining turli bo'limlaridan kelgan kishilar qat-nashadi. Kengash Eshon ma'lum qilgan rejaga binoan vodiydagi uch shahar - Andijon, Marg'ilon va O'shdagi harbiy lagerga bir kunda hujum qilinishi kerak edi. Bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qo'qonni ham olib, vodiyda xonlikning tuzumi tiklanardi. So'ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va Chimkentdan ham haydab chiqarilardi.

16-may kuni kechqurun yana Eshon xonadonida kengash bo'lib, unda mingga yaqin odam qatnashadi. Shu kengashda Eshonning o'n to'rt yoshli jiyani Abdulaziz (Musulmonqul) xon qilib ko'tarilajagi, qo'zg'olon qachon boshlanishi aytiladi.

17-may kuni shom namozida Tojik qishlog'idagi masjidga juda ko'p odam to'planadi. Namoz paytida Eshon xalqqa murojaat qi­ladi: «Ey muhtaram musulmonlar!» Ey birodarlar! Hammangizga ma'lumdirki, yurtimiz musulmon yurti, el musulmon, xalq mu-sulmon, xon musulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi. Hukumatni Alloh taolo o'zi biladur, kofirlarni musallat qiladi, yurtimizga rus keldi. Xudoyorxon o'rniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf o'ltirdi. Farg'ona xonligi yerida Moskva xonli-gi - oq podsho hukmron bo'ldi.

Rus vatanimizga istilo etdi. So'ngra tilimizga istilo qila-di. Sekin-asta dinimizga istilo qilmoqqa boshladi, bilasizlarki, musulmonlarning axloqi buzildi. Rusning kelg'oniga o'ttiz yil to'lmay, musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas bo'ldi. Qozilarimiz bo'yniga but taqadig'on bo'ldi. Xulosa (shulki), shariatimiz xor, musulmonchilik g'arib bo'ldi. Hurriya-timiz g'oib bo'ldi, istiqlolimiz mahv bo'ldi, o'zimiz o'tmas, so'zimiz kesmas bo'ldik. Ey voh...

Ey musulmonlar, bunga sabab o'zimiz bo'ldik. Bu asorat va mahkumiyatga kimsa rozi emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, tek turavyersak bu kofir yana battar qiladur. Voy biz-ning holimizga.

Tarixda o'tgan muazzam bir saltanat qo'rg'on qahramon pahlavonlar avlodimiz - bu zillatga hech qanday ziruh chidamas. Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi bisolat, sizlarga nima bo'ldi?

...400 olimimiz bordir, hammasi musulmon, hammasi turk hammasining ismi Muhammad. Hammasi xanafiy mazhabdir. Bu ismda, bir mazhabda, bir qabristonda bu qadar olimlari to'plangan Turkistonni dini taqdimda, din odamlarini yetishtirishda na darajada xizmatlari sabqat etganligi o'quvchilar diqqatiga arz o'rindur. Jahon tarixida, yer yuzida, ko'k yuzida bu misli ko'rilmog'ondir. Turkistonliklar har qancha iftixor etsa arziydur, bajodur, ey birodarlar, bizlar shundoq ajdodning nabiralarimiz. O'luk uyqusida uxlaysizmi?!» - deb hazrat Eshonning so'zi bu joyga kelg'onda zori boshlandi. Hozir turg'onlar ho'ng-ho'ng yig'lash bilan Eshonning amriga oshoda ekanliklarini bildirdilar, alarning hayajonlarini bosish uchun hazrat Eshon so'zida davom

etdi:

- Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey payg'ambar ummati! Chin mo'min bo'lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, ji­hod. E'tiqod, Alloh yo'lida jihod qilamiz, o'lsak-shahid, o'ldirsak-g'ozi bo'lamiz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu ro'dapo o'rusdan qutilish yo'q.



Ey mo'minlar, ko'zingizni oching! G'aflatdan bedor bo'ling! Kofirlardan huquqimizni olaylik.

Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik, o'z vatanimiz, o'z yurtimizda o'zimiz hukumat quraylik. Buning uchun bizdan g'ayrat istaydur, himmat istaydur, jihod istaydur, fiysabilliloh ji-hod vaqti keldi!

Keyin yaqin qishloqlarga chopar yo'llaydi, hazrat Eshon amirlari bilan jihod fiysabilliloh e'lon qilinadi. Choparlar kimki musulmon bo'lsa, bu oqshomdan qolmay jihodga hozir bo'lsin, deb nido qilishadi».

Xufton namoziga odamlar qurollanib kelishadi. Ammo ularning kamdan kami qilich va miltiq bilan qurollangan, asosiy qismi so'yil, cho'qmor, ketmonsop, panshaxa ko'tarib olish-gan edi. Namoz paytida ular qurollarini masjid devoriga suyab qo'yishadi.

Namoz o'qib bo'lingach, hamma baravar «Jihod! Jihod! Ji-hod!» - deya hayqira boshladi. Qisqa vaqtda bu ovoz butun qish-loqni tutib ketadi.

Bir mahal Eshon hovlisining darvozasi ochilib, undan oq otni yetaklab chiqishadi. Muhammadali xalfa: «Bismillohir rah-monir rahim, baniyati jihod!» deb otga minadi. Shundan keyin qo'zg'olonchilar yo'lga tushadilar.

To'plangan odam olti yuz nafarcha edi. Lekin ularning hammasi ham otliq emasdi. Shu boisdan otliqlar piyodalarni mingashtirib olishadi. Qolganlar piyoda yoki aravada yo'lga tu-shishadi. Yo'lma-yo'l qo'zg'olonchilar safi ortib boradi. Olomon ikki bayroq ostiga uyushgandi, birinchi bayroqqa Mulla Ziyo-vuddin Maxsum boshchilik qilayotgan edi. Ko'k to'n kiyib, oq salla o'ragan otliq Eshon eng oldinda devona bolalar davrasida borardi. Dukchi Eshon boshchiligidagi qo'zg'olonchilar Andijon shahrida joylashgan harbiy garnizonga hujum qilib, 23 rus askarini o'ldirdilar, 24 tasini yarador qiladilar, 30 tacha miltiq-ni o'lja oladilar. «Eshon to'poloni» tez orada deyarlik butun Farg'ona vodiysiga yoyiladi. Quva, Asaka, Shahrixon, Aravon,

O'sh, Marg'ilon, Namangan, Sirdaryo va boshqa joylarda xalq harakatga keladi. Publitsist jurnalist Alinazar Egamnazarovning «Siz bilgan Dukchi Eshon1 maqolasida bunday hikoya qilinadi: «Qo'zg'olonni faqat Andijon, Marg'ilon va O'sh uyezdlari xal-qi emas, Namangan uyezdi, Yettisuv viloyati xalqi ham qo'llab-quvvatladi. Avliyootadagi harakatga Shodibek xalfa ismli Eshon boshchilik qiladi. U to'plangan yuzdan ortiq odam dovonlar qordan biroz tozalangach, Andijonga tomon harakat qila-di. Namangan va Andijondan ularga tomon yurgan harbiy lar oradan besh kun o'tgach, Shodibek xalfani 23 nafar sherigi bilan ushladi.

Namanganda uyezd boshlig'ining o'rinbosari Bushen bosh-liq harbiylar yashirin ravishda tog' so'qmoqlarini kezib, bir necha ovulni tintuv qilishdi va 29 nafar qo'zg'olonchini, shular qatori to'rt boshliqni ham uchlashdi. Ularning yonidan g'azovot bosh-lash to'g'risidagi Murojaatnoma va Muhammadali xalfaning xati, shuningdek musulmon davlati tuzilajagi, uning poytaxti etib Namangan shahri tanlanganligi haqidagi murojaatnoma ham chiqdi.

Shu kunlarda Prejivalsk va Pishpek uyezdlarida, Sirdaryo viloyatining Xovos temiryo'l bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi o'rtasida qurolli to'qnashuvlar bo'ldi».

Qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostiriladi va qo'zg'olon baho-nasida yerli xalq yoppasiga qirg'in qilinadi.

Baron Vrevskiy Sankt-Peterburgga jo'nab ketganligi mu-no sabati bilan Turkiston o'lkasi Bosh harbiy gubernatori vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi general-leytenant Korol-kovning Rossiya harbiy vazirligining Bosh shtabiga yuborgan telegrammasida bunday deyiladi:


1 «UIapK юлдузи», 1993, № 10-12.

«Farg'ona harbiy gubernatori shuni ma'lum qiladiki, kecha kechqurun Marg'ilon uyezdida Eshon Muhammadali xalfa g'azovot e'lon qiladi va ming kishidan iborat sheriklari bilan Andijonga yo'l oldi. Qo'zg'olonchilar telegraf simni uzib, bugun saharda 20-batalon lageriga hujum qilishdi. Bu hujum chog'ida askarlardan 21 nafari o'ldirildi va 10 nafari yarador qilindi. Qo'zg'olonchilar guruhi to'qnashuv joyida o'lgan 11 nafar va yarador bo'lgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishdi. Farg'ona harbiy gubernatori Marg'ilondan Andijonga temiryo'l orqali 20-batalon rotasini va ovchilar komandasini yubordi, o'zi esa 13 kazak bilan tuproq yo'ldan jo'nab ketdi. Ayrim xabarlarga qaraganda, biz tomonimizdan qurbonlar yanada ko'proq va Andijondagi rus aholisi bu yerda ilgari hech bo'lmagan hodisa sababli sarosimaga tushib qolgan. Men qo'shinlarda, shaharlarda ehtiyot choralari ko'rish va tartibsizliklar paytida Farg'ona viloyatining barcha qo'shinlarini harbiy gubernatorga bo'ysundirish, shuningdek Orenburg polkini o'tloqdan qaytarish haqida ko'rsatma berdim. General-leytenant Korolkov».

Harbiy vazir general-leytenant Kuropatkin bu telegrammani darhol oq podsho hazratlariga olib kirgan va qo'zg'olonni bos-tirish yuzasidan belgilangan tadbirlarni bayon qilgan. Podsho bu tadbirlarni ma'qullagan va shu asosda Korolkovga darhol ko'rsatmalar asosida Turkistonning yangi tayinlangan harbiy qo'shinlari qo'mondoni Duxovskiyga telegramma jo'natiladi. Unda quyidagilarni o'qiymiz:




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish