Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Nodira. Mohlaroyim (1792, Andijon - 1842, Qo'qon)



Download 1,88 Mb.
bet56/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Nodira. Mohlaroyim (1792, Andijon - 1842, Qo'qon) - o'zbek shoirasi, ma'rifatparvari, «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham she'rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy ming qabilasidan, Qo'qon xoni Olimxonning tog'asi.

Olimxon ukasi Umarxonga Marg'ilon hokimligini beradi va 1808-yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she'r yozishni mashq qiladi. Shoira Uvaysiy bilan tanishib, uni yosh bolalar va kanizaklarni o'qitish uchun muallima sifatida saroyga taklif qiladi.

1892-yilda Umarxon vafot etib, uning 14 yoshli o'g'li Muhammad Alixon (Ma'dalixon) taxtga o'tiradi. Nodira bor imkoniyatdan foydalangan holda madaniyat va san'atni rivojlantirishga intiladi. Uning zamondoshi, saroy shoiri Hojar shunday deydi: «Umarxon vafotidan so'ng bu iffat sadafining in-jusi Farg'ona, Toshkent, Xo'jand, Andijon va boshqa shaharlarda fozillar, olimlar, hattotlar, naqqoshlarni o'z xizmatiga chaqirtirib keldi».

Nodira bir necha kitoblarni ko'chirtiradi va shoirlarni yangi-yangi devonlar, asarlar, dostonlar yozishga tashviq qiladi. Devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini shoiraning shaxsan o'zi ko'zdan kechirib turadi. U yaxshi kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni «Zarrin qalam»lik mansabiga ko'taradi.

Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvon­saroylar qurilishiga e'tibor beradi. Katta go'ristondagi «Madrasai Chalpak», Taqachilik rastasidagi «Mohlaroyim madrasasi», «Dahmai shohon»ni ham Nodira qurdirgan.

Amir Nasrullo 1842-yilda Qo'qonga bostirib kirib, uni talon-taroj qiladi. Sulton Mahmudxonni, uning akasi sobiq xon Muhammad Alini, Nodirani va bir necha zodagonlarni fojiali ravishda o'ldiradi.

Nodiraning adabiy merosi g'oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtayi nazaridan mumtoz she'riyatining go'zal namunalaridandir.

Nodira she'riyatining asosini lirika tashkil etadi. U muhab-bat, sadoqat va vafo kuychisidir. Shoira go'zallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu-fig'onlarini kuylaydi.

Nodira mumtoz poeziyaning mavjud barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning o'zbekcha va tojikcha g'azallari 5, 7, 9, 13, hat-to 18 baytli hajm va aruzning turli vaznlarida yaratilgan. Shoira g'azallarining asosiy qismi 7-9 baytlidir. U mumtoz adabiyot an'analarini samimiyat va ixlos bilan davom ettiradi. Navoiy, Fu-zuliy, Bedil g'azallariga muxammaslar bog'laydi. O'z g'azallarida ko'proq «muqarrar» (so'zning takrorlanib kelishi) va «qo'sh muqarrar» usullarini qo'llaydi.

Shoiraning asarlarida talmeh, majoz, tashbeh, istiora, tazod, tashxis, intiq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo'llanilgan. Uning lirik g'azallari chuqur mazmundorligi, insoniylik mavzulari bilan o'sha zamondagi ilg'or g'oyalarni tarannum etadi.

Nodira tojik tilida ham go'zal, ta'sirchan she'rlar yozadi. Ular ham mazmun, ham badiiy mahorat jihatdan o'zbek tilidagi g'azallaridek yuksak darajada yozilgan bo'lib, shoira ijodini yana ham keng va to'laroq o'rganishda muhim rol o'ynaydi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish