Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet50/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Boborahim Mashrab.

O'zbek milliy madaniyati markazlaridan yana biri bu Qo'qon shahri edi. Bu yerda XVIII-XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma'rifat olamida nomi dunyoga mashhur bo'lgan ulug' mutafakkir va shoirlar yetishib chiqadi. Xususan, XIX asrda Qo'qon xoni Umarxon (1810-1822) va uning umr yo'ldoshi shoira Nodiraning sa'y-harakati tufayli Qo'qon shahri ilm-ma'rifat markaziga aylandi, bu yerda Qo'qon adabiy muhiti paydo bo'ladi.

XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida yashab ijod etgan iste'dodli va isyonkor shoir Boborahim Mash rab (1640-1711)dir. U Namanganda tug'ilgan. Yetti yoshidan mashhur shayx Mullo Bozor Oxund qo'lida ta'lim olib xat-savodini chiqargan. 15 yoshlaridan Qashqarda mashhur shayx Ofoqxoja qo'lida yetti yil tasavvuf ilmini egallaydi. So'ng kanizaklardan birini sevib qolgani uchun Ofoqxoja dargohidan quviladi. Yorkentga, u yerdan Xo'tanga, so'ng G'uljaga borgan. Mashrab G'uljadan Qashqarga qaytadi. So'ng Ofoqxoja topshirig'i bilan Toshkentga va yana Ofoqxoja huzuriga, undan keyin o'z ona yurti Namanganga keladi. Xullas 18 yil davomida yuqorida nomlari tilga olingan yurtlarni kezgan Boborahim Mashrab Yaman, Hindiston, Dakan (shahar), Isfaxon, Hirot, Mashhad, Makka, Madina, Halab, Sheroz, Shom, Rum, so'ng Buxoro, Toshkent, Shohimardon, Afg'onistondagi Shibirg'on, Andxo'y kabi joylarda ham bo'ladi. Buni O'zbekiston FA Sharq-shunoslik institutida saqlanayotgan 9968-raqamli qo'lyozma asoslab beradi. Unda Mashrabning «Kimyo» asaridan 16 kimyo (bob) va «Mabdai nur» kitobidan ikkinchi daftari, so'ng shoir-ning 71 g'azali, 7 muxammasi va bitta musaddasi berilgan.

Shoir Mashrab ijodini o'rganishda yuqorida qayd etilgan 9968-raqamli qo'lyozmadan tashqari Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan boshqa bir qator manba'lar, jumladan, «Tazkirai fahmiy», «Muntahab at-tavorix» (Muhammad Hakimxon to'ra asari) va Mashrab zamondoshi, u bilan birga bo'lgan Is'hoq Bog'istoniyning «Tazkirai qalandoron»1 asari g'oyatda qimmatlidir.

Mashrab she'rlarida o'zi yashagan davr hukmronlarining mehnatkash xalqqa qarshi qaratilgan siyosatini, boylar, amaldor to'ralar va chalasavod mullalarning riyokorliklari, munofiqliklari, o'zboshimchaliklari, xullas o'rta asr zulmining barcha illatlari fosh etiladi. Xalqning og'ir qismatli ahvoliga achinadi. Shoir «Devon»iga kirgan quyidagi satrlar bunga yorqin misoldir.
Dili tig'isitamdin, pora bo'lg'on xalqniko'rdim, Tani dardu alamdan yora bo'lg'on xalqni ko'rdim, Ko'zi vaqti sahal sayyora bo'lg'on xalqni ko'rdim, Muhabbat dashtida ovora bo'lg'on xalqni ko'rdim, Junun tug'yon etibdur har birisi bexabar tanho.
«Щapк юлдузи», 1990 йил, 8-coh, 152-6e^

Yoki:
Qaddimehnat tog'idin xam bo'lgan ey bechoralar, Bag'ri vaxshat tig'idin yuzpora ham yuz yoralar Ko'rmagan umri ishinda bir dami bir yaxshi kun, Tiyrag'amdin dilda dog', ham ko'zlarigiryonalar.


Is'hoq Bog'istoniyning «Tazkirai qalandaron» asarida be-rilgan shoir Mashrabning zamondoshi So'fi Olloyor bilan bo'lib o'tgan qisqa suhbati g'oyatda diqqatga loyiqdir.

Salom-alik adosidin so'ng So'fi Olloyor shoh Mashrabg'a yuzlanib demishlarki: «Yo Mashrabi devona, shoirlik shuhratingiz olamni tutibdur. Sizni birla muloqot orzusida erdim, ersa Tangri taolo bu orzumni yetkardi. Xush kelibsiz, safo kelibsiz!» Andin so'ng shoh va eshoni So'fi oralarinda ajib suhbat bo'lib o'tmish. Gap orasida shoh Mashrab deydilarki: «Yo So'fim, Siz butun umringiz mobaniyda pulisirotg'a xushomad qilmishsiz. Huzu-riy degoni esa do'zaxga xushomad etmish. Do'zax va pulisirot dahshatlaridin, do'zax azoblaridin avom xalq ruhini larzag'a solmishsizlar. Yo So'fim, insof birla tafakkur qilinsa, do'zax va pulisirot shu yorug' dunyoning o'zida mavjud ermasmu? Farzandi odam umrining ibtidosidin to intihosig'a qadar bosib o'tmish yo'lning o'zi qil ustida turmoqlik; gardun va zolimlar aning boshiga yog'dirmish azob-u uqubatlar, sonsiz falokatlar do'zax azobidan kammu? Yo So'fim, oyoqlaringiz ostig'a bir nazar tashlang, pulisirot va do'zax anda mavjuddir».

Eshoni So'fi va ahli do'zax ulamo shoh Mashrab javoblaridin tag'yir tortib, istig'for kelturmishlar. Eshoni So'fi shoh Mashrabg'a yuzlanib deydilarki: «Yo Mashrabi majzub, gunohga botmang. Ollo Taolo Behisht va do'zaxni Solih va kofir bandalari uchun yaratmish. G'ofil bandalarni bu haqiqatidan ogoh qilmoq siz va biz uchun ham farz, ham qarzdur». Anda shoh Mashrab deydilarki: «Yo So'fim, agar haqiqat qiling'usi bo'lsa, do'zah aro barcha gunohkorlar to'lub-toshub, anda oyoq bosarg'a joy qolmas, azob maloikalari ersa o'z yumushlarining uddasidin chiqa olmag'aylar. Behisht ersa bo'sh qolur. Keling, to tanda jon mavjud erkan, shu yorug' dunyo tashvishlari borasinda jismijo' qilmog'imiz ma'qulroqdur...»

Boborahim Mashrab 1711-yilda dinga shak keltirgan-likda ayblanib, Balx hokimi Mahmudxon tomonidan osib o'ldirilgan.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish