1 Набиев Р.Н. «Из истории KoccaHncKoro xaHCTBa». Т., «стр.
1860-yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchiligida qo'shin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Ular ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qilib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan so'ng rus qo'shinlari To'qmoq va Pishpakka hujum qiladilar, bu joylarni vayron qilib xalqni talaydilar. Mallaxon yana qo'shin to'plab hi-moya choralarini ko'rishga majbur bo'ladi. Bo'lgan voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan ma'lumotlariga qaraganda, Andijon hokimi Olimbek dod-xoh va yo'lda unga qo'shilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qo'qon qo'shinlari yo'lga chiqdilar. Ular Olmaota, To'qmoq va Ashtakni egallab ilgari intilayotgan rus qo'shinlarining harakatini to'xtatishlari kerak edi. Qo'qon qo'shinlari rus askarlarini o'rab oldilar. Shu paytda qo'shinga qo'mondonlik masalasida Qanoatshoh bilan Olimbek o'rtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqinlarcha orqaga chekina-di. Qozoqlar ham jang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal'asini egallaydi. U Olmaota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga ko'chiradi va qolgan kuchlarni orqaga qaytaradi. O'zi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi.1 Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish o'rniga qozoqlarni talash bilan ovora bo'ladi. Qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovg'a-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qo'shildik degan.
Mallaxon ham Qo'qon taxtida uzoq qola olmadi. U 1862-yilda uyushtirilgan saroy to'ntarishi oqibatida hokimiyatdan mahrum bo'ladi va boshi tanasidan judo qilinadi. Taxtga Sarimsoqbekning o'g'li, Sheralixonning nabirasi Shohmurod o'tiradi. Bu hodisa Qo'qon xonligida va uning tashqarisida zid-diyatli vaziyatning kuchayishiga sabab bo'ladi. Toshkent hokimi Qanoatshoh Mallaxonning qotili hisoblab Shohmurodga qarshi chiqadi va Xudoyorxonni taxtga taklif qiladi. Qo'qon xonligi-ning dushmanlaridan biri, Sangzor qal'asini egallab turgan so-biq O'ratepa hokimi Abdulg'afforbek Buxoro amirligi nomidan Yom, Zomin, O'ratepani egallaydi. Bu voqealardan ustalik bilan foydalangan Xudoyorxon tez orada amir Muzaffar yordamida deyarlik jangsiz dastlab Xo'jandni, so'ngra Qo'qonni egallaydi va 1862-1863-yillarda xonlik qiladi. Ammo Farg'ona vodiysi-ning sharqiy hududlarida o'zining to'la hukmronligini o'rnata olmaydi. Mullo Alimqul boshchiligida qipchoqlar 1863-yilda Xudoyorxon va amir Muzaffar qo'shinlarini Qo'qonni qoldirib Buxoroga ketishga majbur qiladilar. 1863-yil iyuldan 1865-yil iyulgacha taxt vorisligini Mallaxonning o'g'li Sulton Saidxon su-radi. Bu davrda hokimiyatni amalda Mulla Alimqul boshqaradi. Buning natijasida Qo'qon xonligida qipchoqlarning ta'sir kuchi tag'in ham ortadi. Yuqori martabali lavozimlardan o'zbeklar chetlashtirilib, ularning o'rniga qipchoq va qirg'izlar qo'yiladi.
1865-yilda Toshkent uchun Rossiya qo'shinlari bilan bo'lgan jangda Mulla Alimqul qahramonlarcha halok bo'ladi. Sarkardasiz qolgan Qo'qon qo'shini chekinishga majbur bo'ladi, bir qismi esa Toshkent shahriga kirib berkinadi. Rus qo'shinlari qattiq janglardan so'ng Toshkentni bosib olishga erishadi. Amir Muzaffar yordamida Xudoyorxon uchinchi marta hokimiyat tepasiga keladi va u 1865-1875-yillarda, to ruslar Qo'qon xonligi-ni batamom bosib olgunga qadar hukmronlik qiladi.
Shunday qilib «Tarixi jahonnomai» muallifining yozganlariga ko'ra, Qo'qon xonligida so'nggi 27 yil mobaynida bo'lgan voqealar amirlar, xonlar, sultonlar, beklar va hokimlar o'rtasidagi o'zaro mantiqsiz urushlar va kurashlar xalqni xonavayron qiladi, xon-likning inqiroz va uzlat uzra yuz tutishiga sabab bo'ldi. Bundan dushmanlar, Rossiya bosqinchilari foydalandilar va Qo'qon xonligini o'z mustamlakalariga aylantirib, xalq ommasi boshi uzra istibdod va zulmni kuchaytiradilar.
Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining «O'tkan kunlar» romanida Qo'qon xonligining so'nggi yillaridagi ijtimoiy-siyosiy voqealarini badiiy ravishda quyidagicha tasvirlaydi:» -Maqsadlari juda ochiq!» - deydi hoji. Bittasi mingboshi bo'l-moqchi, ikkinchisi Normuhammadning o'rniga minmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o'ziga qaram qilmoqchi... Itti -foqni nima ekanini bilmagan, yolg'iz o'z manfaati shaxsiyati yo'lida, bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar va biz bo'lsak o'z qo'limiz bilan kelgusimizni rus qo'liga qoldirgan bo'larmiz».1
Do'stlaringiz bilan baham: |