Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Qo'qon-Buxoro munosabatlari



Download 1,88 Mb.
bet40/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Qo'qon-Buxoro munosabatlari. Umarxon vafot etgach, taxtga uning 12 yashar o'g'li Muhammad Alixon (Madali) (1822-1842) o'tiradi. Muhammad Alixon davrida dahshatli bosqinchilik
Ибрат. «urushlari davom etadi. 1834-yilda Qo'qon askarlari Qorategin, Ko'lob va Darvozni egallaydilar. 1826-1829-yillarda Qashg'arga qarshi bir necha bor yurishlar uyushtiriladi. Qo'qon - Buxoro munosabatlari keskinlashib, dushmanlik kuchayadi. Xonlikning dushmanlari, ya'ni ayrim mahalliy bek va ruhoniylar oshkora bosh ko'tarib chiqishga botina olmay, yordam so'rab Buxo-ro amiri Nasrulloxonga murojaat etadilar. Ular Muhammad Alixonni o'z o'gay onasiga uylangan, kofir deb e'lon qiladilar. 1840-yilda Qo'qon bilan Buxoro o'rtasidagi urush Muhammad Alixonning mag'lubiyati bilan yakunlanadi. Qo'qon xoni o'zini Buxoro amiriga tobe deb tan olishga, Xo'jand shahrini Buxoroga topshirishga majbur bo'ladi. U ukasi Sulton Mahmud foydasiga 1842-yili taxtdan voz kechadi. 1842-yil amir Nasrulloxon yana Qo'qon ustiga lashkar tortib keladi. U shaharni egallab yondiradi, xalqni talaydi. Atoqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining «Mehrobdan chayon» romanida Nasrulloning islom shariatini himoya qilish bahonasida Qo'qon xonligiga vahshiylarcha yu-rish qilib, shahar va qishloqlarni yondirib, xonavayron qilgani va ming-minglab begunoh oddiy odamlarning qonlarini to'kkanligini juda ko'plab dalillar asosida va badiiy bo'yoqlarda yoritadi. (Nasrullo xon o'rdasiga kirib, aka-uka Muhammad Ali va Sulton Mahmudxonni so'ydiradi. Har ikkala tomondan ko'plab odam qiriladi. Shular qatorida Muhammad Alining onasi, mashhur o'zbek shoirasi Mohlaroyim (Nodirabegim), uning eng yaqinlari Xushxolbibi, Norbibi va boshqalar ham o'ldiriladi. Nasrulloxon Qo'qon xonligini Buxoro amirligiga qo'shib olinganligini e'lon qi-ladi. Qo'qonga Ibrohim dodxohni noiblikka v a boshqa shaharlarga o'ziga sodiq beklarni tayinlab Nasrulloxon Buxoroga qaytib keta-di. Ammo oradan uch oy o'tgach 1842-yilning yozida Qo'qonda Ibrohim dodxohga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi va Nasrulloxon hokimiyati ag'darib tashlanadi. Qo'zg'olonda asosiy rol o'ynagan qipchoqlar Qo'qon xonligida yetakchi mavqeyiga chiqib oladilar. Norbo'tabiyning ukasi Sherali (1842-1844) xon qilib ko'tariladi, Ibrohim Dodhoh Xo'jandga qochib ketadi. Xonlikning taxtiga Sherali o'tirgan bo'lsa-da, lekin amalda barcha davlat ishlarini Mingboshi etib tayinlangan qipchoq qabilalarining boshlig'i Musulmonqul olib borardi. Qo'shin ham uning ixtiyorida edi. Chunki qo'shin garnizoni asosan qipchoqlardan tuzilgandi. Eng mas'uliyatli lavozimlarga qipchoq beklari tayinlangan edilar. Amir Nasrulloxon o'z mavqeyini tiklash maqsadida 1842-yilda Qo'qonga yana qo'shin tortib keladi va shaharni 40 kun qamal qiladi. Biroq Xiva xoni Olloqulixon Buxoroga hujum qilganligi to'g'risida xabar yetib kelgach, Nasrulloxon qaytib ketishga majbur bo'ladi. Xo'jand va Toshkent yana Qo'qon xonligiga o'tadi. Qo'qon xonligi o'zining Umarxon davridagi chegaralarini tiklashga muvaffaq bo'ladi.

Sheralixon davrida xalqni ezish kuchayadi, buning ustiga qipchoqlar muhim lavozimlarni egallab olib o'zbek, qirg'iz, tojiklar ustidan o'z hukmronligini o'tkazmoqchi bo'ladilar. Shu sabab xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Buni Sheralixon ham tushunadi va Musulmonquldan qutulish yo'lini izlay boshlaydi. Bundan xabardor bo'lgan Musulmonqul nayrang ishlatishni rejalashtiradi. U qipchoq boshliqlarini maxfiy yig'inga chaqirib, Sheralixon o'rniga yangi xon qo'yishni taklif etadi. Shu bilan bir qatorda qipchoqlarga va shaxsan Musulmonqulga qar-shi bo'lganlarni ham yo'q qilishni rejalashtirishadi. Buni amalga oshirish uchun juda qulay vaziyat mavjud edi.

Soliqlar haddan tashqari oshib ketishidan norozi bo'lgan o'shliklar qo'zg'olon ko'taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo'lgan Musulmonqul Qo'qondagi mavjud qo'shin bilan O'shga borib qo'zg'olonni bostirmoqchi bo'ladi. Uning yo'qlik vaqtida Isfara hokimi Samarqandga borib marhum Qo'qon xoni Olimxon-ning o'g'li Murodxonni Qo'qonga olib kelib taxtga o'tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o'tirgandan so'ng qipchoqlarga qar-shi bo'lganlar shubhasiz Murodxonni qo'llab-quvvatlashlari lo-zim edi. Musulmonqul esa qo'shinlar bilan kelib Qo'qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi.

Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo'qon qo'shinlari bilan qo'zg'olonni bostirgani O'shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldi-bek esa Samarqandga jo'naydi. Ammo, Musulmonqulning reja-sini bilmagan Shahrixon hokimi o'zining qo'shinlari bilan O'shga borib qo'zg'olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O'shga kelib yana ko'plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo'qonga keladi. Sheralixon vaziyatni tu-shunib Murodxonni o'zi taxtga o'tkazdiradi va uni ko'pchilik oldida tabriklaydi. Ko'plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun sаlomgа keladi. Murodxonning buyrug'i biten kechаsi Sheralixon o'ldirilаdi. So'ngrа Musulmonqul o'z ^ozar^^ qolgаnligi haqida fаrmon chiqаrilib O'shgа yuborilаdi. Musul­monqul «31^311^1^^ bilаn fаrmonni qаbul qitedi vа Qo'qon tomongа qаrаb sаlom berаdi. Qo'shinlаri bilаn Nаmаngаngа kelib o'zining 12 yashar qizini Sheralixonning o'g'li Xudoyorgа nikoh qilib beradi. So'ngra Qo'qongа kelib Murodxonni vа ungа sаlom bergаni kelganlаrni ЯШайШаг sifаtidа qаtl etаdi. Shun­day qilib Musulmonqul Sheralixondan vа o'zining req^^rming ko'pchiligidаn qutulаdi. Yosh Xudoyorni Qo'qon xoni deb e'lon qi^i. Xon yosh bo'lgаnligi tufаyli xonlikni boshqarishni Musulmonqul o'z qo'ligа otedi. Xonlikdа qipchoqlаr hukmronlik dаvri bosh^^d^

Qipchoqlаrgа, аyniqsа, Musulmonqulgа nisbаtаn norozilik kuchma borаdi. Vаziyatni yumshatish uchun qipchoqlаrning boshliqlаri Musulmonqulni mingboshilik lаvozimidаn bo'shatа-dilаr.

Shu dаvrdа Rossiya qo'shinlаri Qo'qon xonligining shimolidа joylashgan Oqmаchit qаl'аsini bosib olgаn editer. Musulmonqul rus qo'mondonining rаsmiy vаkili V.V.Velyaminov-Zernov bilаn mаxfiy rаvishdа uchrаshаdi. Musulmonqulning rаqiblаri bundаn xabardor bo'lib, u йШа uyushtirishgа tаyyorgаrlik ko'rishdа gumonsirаlib, ulg'аyib qolgаn Xudoyorxon biten kelishilgаn holdа 1853-yili qipchoqlаr qirg'inini uyushtirishаdi. Nаtijаdа 20 ming qipchoq qirib yuborilаdi, Musulmonqul dorgа osilаdi.

Аnа shu dаvrdаn e'tiborаn Xudoyorxon o'zi mustаqil dаvlаtni boshqarа boshlаdi. Uning dаvridа zulm-zo'rаvonlik kuchаyadi. Xudoyorxon Qo'qon taxtigа orаliq tаnаffus biten uch mаrtа o'tiradi. Birinchi таЛа 1845-yildаn 1858-yilgachа bo'lib, 1853-yilgаchа taxtni аsosаn Musulmonqul boshqaradi, Xudoyor­xon esа uning qo'lidа qo'g'irchoq edi. Biroq Xudoyorxon ham Qo'qon taxtidа uzoq qote olmаdi. Xalq ommаsining noroziligidаn foydаlаngаn Xudoyorxonning аkаsi Mаllаxon ukаsigа qarshi is-yon te^radi vа 1858-yildа Qo'qon taxtini egаllаydi. Xudoyor­xon Buxorogа qochib ketadi. Mаllаxonni qipchoqlаr, qirg'izlаr qo'llаb-quvvаtlаdilаr vа yanа hokimiyat tepasigа keladilаr. Mallaxon o'z hukmronligi dаvridа (1858-1862) Qorateginni o'zigа tobe qilib oladi. Bu dаvrdа Buxoro аmiri Qo'qon xonligi­ning Xo'jandgacha bo'lgan hududlarini egallab olgan edi. Endi u Qo'qondagi ichki o'zaro nizolardan foydalanib Qorateginni qo'lga kiritish maqsadida bu yerga Xudoyorxon boshchiligida qo'shin yuboradi. Mallaxon vaziyatning og'ir ekanligini tushunib Marg'ilon hokimi Qanoatshoh rahbarligida Qorateginga qo'shin jo'natadi. Qorategin hokimi Muzaffarxon (tojik) va Xudoyorxon tor-mor qilinadi.





Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish