Binoiy, (asli ismi Kamoliddin Ali ibn Muhammad Sabz ) (1453-Hirot, 1512-Qarshi) Xurosonlik mashhur shoir, musiqashunos va tarixchidir. Uning hayoti temuriylar toj-u taxt uchun hayot-mamot kurashi olib borgan g'oyatda og'ir va murakkab bir davrda kechadi. Shu bois u nihoyatda qarama-qarshi hayot yo'lini bosib o'tadi. 1458-yilning kuzida Abu Said Hirot yonida Jahonshohni tor-mor keltirib ikki o'rtada bitim tuzilgach Xuro-son Abu Said ixtiyorida qoladi, G'arbiy Eronda esa Jahonshoh hukmdor bo'ladi. Jahonshoh Hirotdan juda ko'p ulamo, Shuaro va hunarmandlarni, shular qatorida 6 yashar Kamoliddinning otasini ham binokor usta bo'lganligidan o'zi bilan birga olib ketadi. Kamoliddin Eronda uch yil yashab yana Hirotga qaytib kelgan. Taxminan 1487-yilgacha u Hirotda adabiyot, she'riyat ilmi, musiqa va tarix fanlarini chuqur o'rganib, zamonasining yetuk shoiri va olimi bo'lib yetishadi. 1487-yilda Kamoliddin Tabrizga kelib, Iroqi Ajam va Ozarbayjon hokimi Sulton Ya'qub (1479-1490) saroyida 1491-yilgacha xizmat qiladi. Shu yili u yana Hirotga qaytgan, biroq tezda Samarqandga ketadi (1495). Alisher Navoiy Binoiyga, uning ijodi va qobiliyatiga katta baho bergan. Lekin uning bir joyda qo'nim turaolmasligi, mijozidagi ba'zi bir salbiy xudbinlik va mutakabbirlik xususiyatlarini Navoiy e'tibordan chetda qoldirmaydi1.
Bu davrda Movarounnahrda siyosiy vaziyat g'oyat murakkab bo'lib, ichki o'zaro nizo va fitnalar oqibatida mirzolar o'rtasida to'qnashuvlar to'xtovsiz bo'lib turardi. 1496-yilda Binoiy Xoja Muhammad Yahyo topshirig'iga binoan shoir va tarixchi olim Muhammad Solih bilan birga Bobur Mirzo huzuriga boradi va u bilan Sulton Ali Mirzo o'rtasida Boysunqor Mirzoga qarshi ittifoq tuzishda alohida xizmat ko'rsatadi. Binoiy Samarqand Bobur qo'lida bo'lgan vaqtda (1497, noyabr - 1498, mart) Bo-bur, keyinchalik esa Sulton Ali Mirzo huzurida xizmatda bo'ladi. Samarqand va Movarounnahr uzil-kesil Muhammad Shaybo-niyxon qo'liga o'tgach esa, 1500-1510-yillar davomida uning xizmatida bo'ladi. Hirot va Xuroson Ismoil Safaviy qo'shinlari
Qarang: Aлишер HaBomi. Мaжoлиc ун нафюис. Т., «Фан», 1966. 193-6eT.
tomonidan egallangach, Binoiy yana Movarounnahrga qaytadi. U 1512- yilda Eron safaviylarining Qarshi shahrida o'tkazgan ommaviy qir g'ini paytida o'ldiriladi.
Binoiyning «Shayboniynoma» asari XVI asrning boshlarida yozilgan va XV asrning o'rtalaridan to 1506-yilgacha bo'lgan Mo-varounnahr va Dashti Qipchoqdagi ijtimoiy-siyosiy voqealarni o'z ichiga oladi. Bu asarda Eron podshosi Ismoil Safaviyning (1502-1524) harbiy yurishlari, XVI asr boshlarida Shayboniylar davlati bilan Eron o'rtasidagi siyosiy munosabatlar yoritilgan.
Binoiy 4282 misradan iborat shye'riy devon qoldiradi. 1498-yilda Samarqandda bitilgan va temuriylardan Sulton Ali Mirzoga bag'ishlangan 876 baytlik «Majmu' al-g'aroyib» qasidasi va Iroqda istiqomat qilgan yillari yozilgan «Behruz va Bahrom» masnaviysi ham Binoiy ijodida alohida o'rin tutadi. U «Behruz va Bahrom»da zamonasining mudhish va ayanchli tomonlarini keskin tanqid qiladi, bir qator axloqiy-tarbiyaviy g'oyalarni ilgari suradi. Binoiyning «Futuxoti xoniy», «Hikoyati safari Binoiy» va uchta she'rlar devoni katta ilmiy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |