1 Каримов И. Биз юлажагимизни уз кулимиз билан курмoкдaмиз. 7-жилд. Т., «Узбeкиcтoн», 1999. 301-6eT.
Bunday qarashlarga Islom Karimov ilgari ham javob be-rib, har bir xalq kabi, o'zbek xalqining ham tarixi betakrorligini ko'p marta ta'kidlagan. Muxbirning savoliga javob berarkan, yo'lboshchimiz shunday deydi: «Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo'lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz, xalqimiz ko'hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo'lgan zamonlardan buyon o'z hayoti, o'z madaniyati, o'z tarixi bilan yashab keladi. O'zbek millati O'zbekxon nomidan tarqagan emas, balki O'zbekxon o'zbek millati nomini o'ziga nom qilib olgan bo'lsa, ajab emas».1
Ayni vaqtda yo'lboshchimiz o'zbeklarning qadim tarixiy ildizlari turkiy xalqlar bilan bir ekani, bu birlik til, din, urf-odat, qadriyatlari va madaniyatida namoyon bo'lganini e'tirof etib, turkiy xalqlar bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz, deb ta'kidlaydi. «Lekin, - deb aytdi I.Karimov, -biz o'zimizni hamisha mustaqil millat - o'zbek xalqi sifatida his etib kelganmiz va bu bilan faxrlanamiz. Bunga tarixiy, ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Butun dunyo jamiyati bizning buyuk tariximiz va madaniyatimizni e'tirof etib, bugungi kunda bizni shu nom bilan taniydi va hurmat qiladi».2
XVII asr oxiri va XVIII asrda ko'chmanchi o'zbek qabilalarining ommaviy ravishda o'troqlashish jarayoni so-dir bo'lgan deyish mumkin. Buni shu davrlarga kelib hozirgi O'zbekistonning butun hududida o'zbek qabilalarining nomi bilan yuritilgan ko'pdan ko'p qishloqlar maydonga kelganli-gi (Qo'ng'irot,3 Mang'it, Mesit, Qatag'on, Nayman,4 Qiyot va boshqalar)dan bilsa ham bo'ladi.
Shayboniylar hokimiyatni mustahkamlab olgach, mam-lakatning ichki hayotini tartibga solishga harakat qiladilar. Soliqlar va zulm, zo'rlikning og'irligidan xo'jaliklar yer-suvlarini tashlab ketadilar. Shayboniylar davlatida soliqlar, o'lponlar va majburiyatlarning murakkab bir tizimi tarkib topgan. Asosiy so-liq «xiroj» bo'lib, u sug'oriladigan yerlardan olinadigan daromad-ning 30-40 foizini tashkil qilardi. Davlat devoni qo'shin va xon xonadoni sarflari va ularni saqlash uchun «ixrojat» nomi bilan soliq olinardi. Bog'lar, polizlar, bedazolarga ham soliq solinar edi.
1 O'sha joyda.
2 O'sha joyda.
3 Asaka tumanida shu nomdagi qishloq bor.
4 Andijon tumanida shu nomdagi qishloq bor.
Soliq va o'lponlardan tashqari dehqonlar majburiy ishlab be-rish majburiyatlarini ham bajarishlari kerak bo'lardi. Eng og'ir yuk «yasoq» edi. U kanallar, qal'a zovurlar qazishni, yo'llar qurishni, o'tin, somon, xashak yig'ishni va boshqalarni ko'zda tutardi. Jumladan, Vaxsh daryosidan kanal qazish uchun Hisor, Qabodiyon va boshqa joylarning hokimlari 10 ming nafardan mardikor berishlari talab etilgan. Bu ishlar 6 yil davom etib, viloyatlar har yili ma'lum miqdorda mardikorlikka odam berib turganlar. Dehqonlar bulardan tashqari yana juda ko'plab ishlab berish majburiyatlarini ham bajarar edilar.
Mamlakatda tez-tez bo'lib turadigan urushlar xalq omma-sining ahvolini yana ham og'irlashtirardi. Urush bahonasi bilan qonuniy va noqonuniy, doimoiy va muvaqqat soliqlar soni ko'payaverardi. Bunday og'ir qismatdan qutulishning birdan bir yo'li deb dehqonlar o'z yashash joylari, makonlaridan ommaviy qochishni tushunar edilar.
Qishloq xo'jaligida dehqonlar mehnati bilan birga qullar mehnatidan ham foydalanilgan. Bu hol ham Shayboniylar va Ashtarxoniylar davriga xos jarayondir. Qullar qismati g'oyatda og'ir va ayanchli edi. Mehnatkash xalq zo'rlik siyosatiga qars-hi ommaviy chiqishlar, g'alayon va qo'zg'olonlar bilan javob berardilar. XVI asr boshlarida Samarqand, Buxoro, Qorako'l va boshqa joylarda aholining qo'zg'olonlar qilganligi yozma manbalarda ko'rsatilgan.
Saltanatning shu hududlarida XVI asr boshlariga kelganda shaharlar hayoti deyarli izdan chiqqan edi, desa bo'ladi. Ipak yo'lining inqirozga uchraganligi O'rta Osiyoning nafaqat savdo aloqalari va munosabatlariga, balki o'lkaning butun maishiy ijtimoiy , iqtisodiy-madaniy va istiqboldagi siyosiy taraq qi yotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Shahar aholisi batamom qash -shoq larcha turmush kechirishga mahkum etilgan edi.
XVI asrning dastlabki o'n yilliklaridan e'tiboran shaharlar-ning izdan chiqqan xo'jalik hayoti sekin-astalik bilan tiklana boshladi. 1512-yilda o'lkaga tashrif buyurgan Xuroson shoiri va adabiyotshunosi Vosifiyning bergan ma'lumotlariga qaraganda, Shayboniylar zamonida Buxoro, Samarqand va Toshkent ser-hosil vohalar hisoblanib, hunarmandchilik savdo va madaniyat yuksalgan.
Abdullaxon davrida Buxoroda «Chorsu» bozori qurilgan. Bozor ko'chalarining bir-biri bilan kesishib o'tgan joyida gumbazli binolar bo'lgan. Bu binolarda telpakfurushlar (toqi-telfakfurushon), zargarlar (toqi-zargaron), sarrof-sudxo'rlar (toqi-sarrofon) va boshqalar joylashganlar. 1587-yilda Abdullaxon musofirxona barpo ettirgan. Juda ko'p karvonsaroylar barpo etilgan. Xo'ja Sa'dga qarashli Gavkushon karvon saroyi (1570) va Lisak masjidiga yaqin joydagi saroy (1560) shular jumlasidandir. Bu me'morchilik obidalari hozirqacha saqlanib qolgan va xorijlik sayyohlarning e'tiborini tortmoqda.
Shayboniylar davrida ishlab chiqariladigan hunarmandchilik va kosibchilik mahsulotlariga, qog'oz, shoy, qurol-aslahalarga hatto chet mamlakatlarda ham talab va ehtiyoj katta edi. «Mir Ibrohimiy», «Sultoniy» kabi a'lo sifat Samarqand qog'ozlarining dovrug'i uzoq-uzoqlarga ketgandi. Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida temir bilan bir qatorda rudadan cho'yan quyish rivojlandi. Sovun ishlab chiqarish, misgarlik tosh va yog'och o'ymakorligi, to'qimachilik rivoj topdi. Xullas bu davrda hunarmandchilikning turli shakllari mavjud edi. Bu hol mamlakatda nafaqat ichki savdoning' balki xorijiy mamlakatlar bilan ham savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Buxoro va Xivaning elchilari, O'rta Osiyo savdogarlarini qo'shni mamlakatlar: Hindiston, Eron, Mo'g'uliston, Qozoqlar, Sibir dashtlari, no'g'aylar yurtlariga, hatto Moskvagacha boshlab borganlar. Bunga javoban Buxoro xonligiga ham turli xorijiy mamlakatlardan elchilar kelganlar. Bu davrda Xitoy bilan o'zaro bordi-keldi aloqalari keng yo'lga qo'yilgan. Xitoydan ko'proq ipak gazlamalari, chinni idishlar, dori-darmonlar, choy keltirilgan.
Shayboniylar sulolasining so'nggi yillarida xususiy yer egaligining rivojlanishi va juda ko'p yerlarning o'zbek zodagonlari qo'lida to'planishi bu zodagonlar ahamiyatini shu qadar oshirdi-ki, xon hokimiyati XVII asr boshlaridan e'tiboran o'zining avvalgi katta salmog'ini yo'qota bordi. Ayniqsa, Abdullaxon vafotidan so'ng mamlakatda shunday bir ayanchli ahvol yuzaga keldiki, amirlar, sultonlar, shahzoda, boy va otaliqlar amalda Buxoro xonligini chok-chokidan parchalab, o'nlab, yuzlab bo'laklarga bo'lib oldilar. Ularning har biri Markaziy hokimiyatdan deyarli butunlay mustaqil edilar.
1601-yildan boshlab hokimyat tepasiga Ashtarxoniylar keldilar. Yangi sulolaga Shayboniylardan og'ir meros nasib etadi. Amir Temur vafotidan keyin 200-yil o'tib, Movarounnahr hududi siyosiy tarqoqlik o'zaro qirg'inbarot urushlar natijasida xalq xo'jaligi va ishlab chiqarish butunlay izdan chiqib inqiroz sari yo'l tutgan edi. Ashtarxoniylar siyosiy tarqoqlikni va o'zaro qirg'inbarot urushlarni to'xtata olmaydilar. XVII asr boshlariga kelib o'zbek urug' va qabilalari soni 92 ta edi. Ularning har biri o'ziga xon, o'ziga bek - davlat ichida davlat edi, o'z ta'sir doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Mang'itlar-Buxoroda, qo'ng'irotlar-Xorazmda, minglar-Farg'onada, kenagaslar-Shah -ri sabzda, Afg'onistonning shimoli, Amudaryoning ikkala sohilida - qatag'onlar hukmronlik mavqeyini egallaydilar. Xon-larga q aysi qabila urug'ning ta'siri kuchli bo'lsa, yuqori mansab va lavozimlarni o'sha qabilaga ulashar edi. Mang'itlar vakillari eng yuqori amaldor lavozimi bo'lgan otaliq lavozimini, do'rmonlar parvonachi va Qarshi hokimi lavozimini, qatag'onlar Buxoro oliy yasovuli lavozimini egalladilar. Ana shu tariqa xalq va davlat boy-ligini talon-taroj qiluvchi mamlakatni xarob qiluvchi ulkan bosh-qaruv apparati va amaldorlarning katta bir guruhi tarkib topdi. Bularni faqat boylik va shaxsiy manfaat qiziqtirardi. Mamlakat, millat va xalq taqdiri, istiqboli ular uchun begona edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |