Chаrxning men ko'rmаgаn ]аЬт jаfosi qoldimu! Xаstа ko'nglim tortmаgаn dаrdu bаlosi qoldimu.
«Men umrim bo'yi yo'limda uchragan barcha daryolardan suzib o'tdim», - deb yozadi o'z kitobida Bobur. Demak,
u Sirdaryo, Amudaryo, Qobilu Sind, Jamna va Ganga daryolari-ning hammasidan qulochkashlab suzib o'tgan. Bu faktlarga hech qanday shubhalanmasa ham bo'ladi. Chunki hind olimi V.Dattning
yozishicha, Bobur Hindistonda yashagan davrida, ya'ni 44-45 yasharlik paytlarida Agra qo'rg'onining keng devori ustida ikki soqchi yigitni ikki qo'ltig'iga ko'tarib chopib o'tga-nini ko'pchilik ko'rgan ekan.
1 «Boburnoma»da nafaqat Far-g'ona va Movarounnahr, shu bilan birga Afg'oniston, Hindiston va
Pokiston xalqlarining tarixi, etnografik xususiyatlari, tarkibi, mamlakatlarning jug'rofiy tuzilishi, ma'muriy bo'linishi, tabiati, iqlimi, tog'lari, suvlari,
dashtlari, o'simliklar dunyosi va boshqalar haqida mohirona bir tarzda bayon etilgan.
«Boburnoma»ning ahamiyati to'g'risida turli davrda alloma-lar turlicha fikr bildirganlar. Biroq «Boburnoma»ni ingliz-chaga o'girgan F.Telbotning quyidagi so'zlari g'oyat diqqatga sazovordir: «Hozirgi Hindistonni o'rganmoqchi bo'lgan odam ishni, eng yaxshisi Bobur xotiralarini mutolaa qilishdan boshla-gani ma'qul.»2
Пиримцул K,oдирoв. Рухнинг xcacopaTM. «XanK сузи», 1991 йил. 1 cj^eBpan. Антриддин Ибрoхимoв. Bo6ypMffiiap MepocM, 5-6eT.
Angliyaning o'zida «Boburnoma»ning 9 marta chop etilgani bu asarga ingliz jamoatchiligi nechog'lik katta e'tibor berayotgan-ligini ko'rsatadi. 1990-yilda «Boburnoma»ning 460-yilligi dunyo uzra keng nishonlandi. Bu hol ulug' Vatandoshimiz, temuriylar sulolasining atoqli vakili Zahiriddin Muhammad Boburning ja-hon miqiyosida o'z o'rni va bahosi borligiga yana bir dalildir.
Zahiriddin Muhammad Bobur go'zal lirik g'azallar, falsafiy ruboiylar muallifidir. U o'z she'rlari, g'azallari va ruboiylarida hayotni, vatanni ulug'laydi, sof sevgi, vafoni kuylaydi, ilmni qadrlaydi, odamlarni axloq-odobga chorlaydi.Shoir:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, O'rgangani ilm tolibi, ilm kerak, Men tolibi ilm tolibi ilm yo'q, Men bormen ilm tolibi, ilm kerak.
ruboiysida ilm-ma'rifatni qadrlagan kishi uni havas, ishtiyoq bilan albatta egallay olishini ifodalaydi. Yoshlarni ilm ahlidin o'rganishga da'vat etadi.
Har kimki vafo qilsa, vafo topg'usidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topg'usidir. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig' hargiz, Har kimki yomon bo'lsa, jazo topg'usidir.
Bu ruboiyda shoir odamlarni hayotda yaxshilik qilishga da'vat etadi, yaxshilik qilgan kishi yaxshilik, yomonlik qilgan kishi yomonlik ko'rishini aytib ogohlantiradi. «Qilmish-qidirmish» deganlaridek har bir yaxshilik va yomonlikning
ibtidosi insonning xulqi, odobi ekanligiga ishora etib, Bobur odamlarga yaxshilik qilishni nasihat qiladi. U o'zining:
Hulqingni rost etgil har sorigaki borsang Axsanta'der bori el gar yaxshi ot chiqarsang, Bori elga yaxshilik qilgilki mundin yaxshi yo'q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig'.
degan ruboiysida
kishilarni yaxshi xulqli, axloq-odobli bo'lishga chaqiradi.
Axsanta - juda oz.
Xullas, Bobur va Boburiylar-xalqimizning ulug' va buyuk farzandlari milliy iftixorimiz va g'ururimizdir. Ular o'zlarining