II B O B O'ZBEK XONLIKLARI
1. XONLIKLARNING TASHKIL TOPISHIDAGI
TARIXIY SHAROIT
Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklaridan iborat uch-ta yangi davlat tashkil topdi. Bu davlatlar etnik negizda vujudga keldilar. O'zbek urug' va qabilalari o'rtasida katta mavqeyiga va kuchga ega bo'lgan qo'ng'irotlar Xivada, mang'itlar Buxoroda va ming urug'i Qo'qon xonligida o'z hokimiyatini o'rnatdi. Bu o'zbek davlat birlashmalari bir-birlariga qarshi mol-dunyo, yer va davlat talashib tinimsiz va muttasil kurash olib bordilar, bir-birlarining tinka-madorini quritdilar va ming-minglab aholi qirilib ketdi. Shu boisdan bu davlatlar faoliyat yuritgan butun Turkiston o'lkasi hududida ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi jahon xalqlari taraqqiyoti va sivilizatsiyasidan nisbatan orqada qoldi.
Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklari turli urug', qabila va xalqlarning qurama ittifoqini tashkil etar edilar, ular o'rtasida siyosiy birlik shakllanmagandi. Natijada bu davlatlar hudud -larida yashagan xalqlar o'rtasida yagona xalq, yagona millat, yagona V atan his-tuyg'usi taraqqiy etmadi, bu davlat birlashmalari bunday oliyjanob his-tuyg'ularning rivojlanishi va k amol topishiga aksincha to'sqinlik qiladilar. Bu XVI-XIX asrlarda Movaro-unnahr hududida iqtisodiy va siyosiy hayot turg'unligining eng asosiy sabablaridan biridir.
Ikkinchi yana bir asosiy sabab bu qishloq xo'jaligida yerga xususiy mulkchilik qilishdan iborat ishlab chiqarish munosabatlarining saqlab qolinganligidir. Yer barcha boylik-larning manbaidir. Unga bo'lgan mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantiruvchi eng asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Yevropa va dunyodagi boshqa mamlakatlarda mavjud bo'lgan yerga egalik qilishning xususiy mulk shak-li qishloq xo'jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital jamg'arish jаrаyonining qudratli vositаsi bo'ldi. Osiyodа, jumlаdаn, Tur-kiston hududidаgi dаvlаt birlashmаlаridа esа mulk shakllаri vа dehqonchilik shakllаri аsrlаr mobаynidа o'zgаrmаdi, yergа xu-susiy mulkchilikka аsoslаngаn ishlаb chiqаrish munosаbаtlаri o'zgаrishsiz qolаverdi. Yerning аsosiy egаsi ilgаrigidek oliy hukmdorligichа qoldi. U yerni foydаlаnish uchun mаhalliy yer egаlаri vа mаsjidlаrgа ulashаrdi.
Yer o'zining аsosiy xo'jаyini, egаsigа - qishloq mehnаt-chilаrigа berilmаdi. Yergа xususiy egаlikning yo'qligi, deh-qonchilikdаgi qo'shimchа qiymаt vа jаmg'аrmа shakllаri hisoblаngаn аbsolyut vа differentsiаl rentа bo'lmаsligi uchun sha-roit yarаtgаn edi. Bu hol zadаgоnlаrni esа o'z nаvbаtidа yerdаn foydаlаnish, dehqonchilikni yaxshilаsh, yer hosildorligini oshirish mаqsаdidа mаblаg' sаrflаshdаn mаnfааtdor bo'lmаsligigа аsosiy sаbаb bo'ldi. №и]а!а ishlаb chiqаrish kuchlаri rivojlаnmаdi yoki kаm rivojlаndi.
Bаrchа yerter sharoitgа ko'rа dаvlаtgа, xon, ахт^а qarash-li bo'lib, foydаlаnish uchun turli shаrtlаr аsosidа аholining turli qаtlаmlаrigа berilаr edi. Tarixаn qаror topgаn tаrtibgа ko'rа yer uchta qаtlаmlаr o'rtаsidа tаqsimlаngаn:
1) Dаvlаt yerlаri (аmlok); 2) egаlik yerlаri (mulk) vа 3) vаqf yerteri, ya'ni mаsjid, mаdrаsаlаrgа, ruhoniyatgа qarashli yerkr. Dаvlаt yerlаri hech qаchon sotilmаsdi, аyribosh ham qilinmаsdi. Ulаrdаn umumiy tаrzdа o'lpon (xiroj) ШЧа^а^ Xususiy yer mulklаri har xil bo'^n: mulki hur, mulki ushriy vа mulki xiroj. Bu yerlаrdаn olinаdigаn soliqlаr har xil bo'lib, so^^ming miqdori bа'zi ^ПаМа olinаdigаn dаromаdning yarmisigаchа borаrdi.
O'rta Osiyo hududidа lаlmi vа sug'ormа yerlаr 2 million gektаrni tashkil qi^n vа jon boshigа yarim gektаrdаn to'g'ri kel-gan. АШаИа imorаtlаr egаllаgаn joylаr, texnikа ekinteri (pаxtа, tut dаrаxtlаri vа boshqa) egаllаgаn mаydonlаr ham shu hisobgа kirаrdi. Bundаn tashqari ishlаb chiqаrish kuchlаri tаrаqqiyotining pаstligi, dehqonchilik mаdаniyatining rivojlаnmаgаnligi vа аholining yuqori sur'аtlаrdа o'sib borаyotgаnligi hisobgа olinsа, mаvjud bo'lgаn sug'orilаdigаn yer miqdori а^Нш oziq-ovqаt mаhsulotlаri bilаn tа'minlаsh uchun yetаrli bo'lmаgаnligi аniq-ravshan mа'lum bo'lаdi.
Biz bu o'rinda to'ralar, boylar va amaldorlarning oddiy meh-natkash xalqqa nisbatan zo'ravonliklari, adolatsizliklari haqida gapirib o'tirmaymiz. Shu bois o'lkada yashovchi xalq albatta og'ir va nochor hayot kechirishga mahkum edi.
O'rta Osiyo xalqlari qadim-qadimdan dehqonchilik, bog'dorchilik va chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar va bu borada ibrat olsa arzigulik tajribaga ham ega bo'lganlar. Buni yevropalik va rus olimlari yuqori baholaganlar. Jumladan, A.Middendorf: «O'rta Osiyoning mehnatsevar ahli, biz uchun ishga mislsiz talabchanlik, muhabbat, toliqmay unnash va harakat qilish matonati, katta jonli zakovat namunasi xizmatini o'taydi», deb yozadi.
Ota-ona, avlod-ajdodlarimiz o'zlarining mehnatsevarligi, matonati va fidoyiligi tufayli g'oyatda og'ir sharoitlarda, ming yillar davomida ham deyarlik o'zgarmagan oddiy mehnat qurollari (omoch-bo'yinturuq, ketmon, belkurak, o'roq va h.k.) bilan astoydil mehnat qiladilar. Hamma ish deyarlik qo'lda bajarilib, mehnatkash xalqning gardaniga og'ir yuk bo'lib tushardi.
Xususan, sug'orish ishlarida xalqimizning boy o'tmish tari-xiy tajribalari asqotdi. Suv olg'ich to'g'onlar va katta kanallar qurishda qulay joylarni tanlashda bu ayniqsa katta ahamiyat kasb etdi. Sug'orish dehqonchiligida chig'iriqlar ham keng qo'llanilgan bo'lib, ular daryolar, kanallar va quduqlarda o'rnatilardi. Chig'iriqlarni tortishda ishchi hayvonlar: tuya, ot, ho'kiz, eshaklardan keng foydalanganlar. Ba'zan bu ishni odamlar ham bajargan.
XVI-XIX asrlarda juda katta ulkan kanallar va ariqlar qu-rish, ularni tozalash, suvni undan foydalanuvchilarga taqsimlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Bu ulkan kanal va ariqlar o'nlab, yuzlab kilometr uzunliklarga cho'zilardi. Jumladan, Chirchiq daryosining suvi 45 ta kanalni suv bilan ta'minlar edi. Shundan eng uzuni Zog'ariq 70 km, Bo'zsuv 60 km ga cho'zilgandi. Farg'ona vodiysidagi katta ariqlar ikki yuz kilometr, Samarqand viloyatidagi barcha ariqlar to'rt yuz kilometrdan uzun masofaga borardi. Ayniqsa, Farg'ona vodiysida keng ko'lamda sug'orish ishlari olib boriladi. XVIII asr va XIX asr boshlarida bu yerda ulkan kanallar barpo etildi. Bular: Shahrixonsoy, Andijonsoy va Yangiariq (har qaysisining uzunligi 100 km dan) kanallari qurildi. Bunday ulkan suv inshootlari Toshkent viloyatida (1822-1842-yillarda Xonariq), Buxoro amirligida (Zarafshon sug'orish tarmog'i XVIII asr oxirida), Xiva xonligida (XIX asrda Porsu' Xo'jayli va Ko'hna Urganchni sug'orish uchun Lavzon ko'lidan chiqarilgan ariq) ham qurildi. Albatta bunday ulkan va ulug'vor qurilish inshootlari o'z davrida har qanday kishini hayratga solishi turgan gap. Rus geografi knyaz V.Masalskiy bunday kanallardan hayratlanib: «Obi-hayotni ko'pgina o'nlab chaqirimlarga eltayotgan bu qudratli oqimlarni ko'rganda, texnik bilimlari juda nochor bo'laturib, Turkiston quyoshining jazirama nurlari ostida benihoya mehnat evaziga butun mamlakatni sug'orish shoxobchalari bilan to'ldirgan xalqqa beixtiyor mehring uyg'onadi, kishida»,1 deydi
Kanallar va sug'orish shoxobchalarini tozalashda butun xalq qatnashgan. Bu ishlarda har bir dehqon xonadoni yiliga 90-100 kundan ishlab berar edi. Bundan tashqari fuqarolar ot-aravalarda dambalar qurilishi ishiga shoh-shabba, qamish va toshlar ham yetkazib berishi kerak bo'lgan. Bu ishlarning hammasi fuqaro tomonidan tekinga, haq olmasdan hashar yo'li bilan bajarilgan. Ular hatto kundalik ovqatlarini ham o'zlari bilan birga olib kelganlar. Masalan, 1828-yilda Polvonyob katta kanalining bosh qismini qurish uchun Xiva xoni Olloqulixon «yemishi va ketmo-ni» bilan birga 40 ming kishini ishlatgan. Cho'ponota yaqinidagi Zarafshon suv taqsimlagish qurilishida yiliga 5 mingga yaqin fuqaro mehnat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |