M A H M U D Q O SH G ‘ARIY
(XI asr)
XI
asrda yashab ijod qilgan M ahm ud Q oshg‘ariyning
hayoti va ijodiy faoliyati to ‘g ‘risida to‘liq m a’lumotlar bizgacha
yetib kelmagan. Shu bois olimning tug‘ilgan yili va vafoti sanasi
ham m a’lum emas. Uning to ‘liq ismi Mahmud ibn Muhammad
Qoshg‘ariydir. Bobosi Muhammad va otasi Husayn, Qoshg‘ardagi
Beregon shaharidan bo‘lgan. Qoshg‘ariylar oilasi Bolasog‘unga
(Qirg‘izistonning hozirgi To‘qmoq shahri) к о ‘chib kelishganda
Mahmud hali yosh bola edi. B o ia jak olim o ‘z davrining madaniy
va ilmiy markazlaridan biri b o ig a n bu shaharda qunt bilan o ‘qidi,
arab, fors tillarini o ‘rgandi. U yoshlik ch o g id a xalq jonli tilidagi
so‘z va iboralami, hikmatli so‘z, maqollami astoydil o ‘rgandi, ulami
qunt bilan yozib bordi. Har bir so‘z, iborani sharhlash va m a’nosini
aniqlashga intildi. Ana shu qiziqish tufayli Mahmud Qoshg‘ariy
turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini puxta o ‘rganish
maqsadida butun 0 ‘rta Osiyoni kezib chiqdi. 0 ‘zi to ‘plagan boy
dalillar asosida xalqimizning buyuk olimi «Javohirun nahv fi lug‘ati
turk» («Turkiy tillaming sintaksisi durdonalari») va «Devonu
lug‘atut turk» («Turk tilining lug‘ati») asarini yozgan. Mahmud
Qoshg‘ariyning birinchi yozgan asari bizgacha yetib kelmagan yoki
hali topilganicha yo‘q. Olimning ikkinchi asari «Devonu lug‘atut
turk» 1074-1075-yillarda yozilgan. Bu haqda asaming o ‘zida
quyidagi fikrlar bayon etiladi: «Bu kitobni yozgan yilimiz to‘rt yuz
oltmish oltinchi yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi»1. Bu
nodir qoiyozm a asar hozir Istanbulda saqlanmoqda.
Asar muqaddima va lug‘at qismdan iborat b o iib , madaniy
merosimizda alohida o ‘rinni egallaydi. Chunki unda olim dunyo
haritasini ham ilova qiladi va Rusdan (Kichik Osiyo) to Xitoy
hududlarigacha cho‘zilib ketgan yerlarda yashovchi turkiy xalqlar
tarixi,
geografiyasi,
etnogenezi,
urf-odatlari,
turmush
tarzi,
madaniyati to ‘g ‘risida g ‘oyatda qimmatli m aium otlam i beradi.
Asarda turkiy qavm -urugiar: qipchoq, o ‘g ‘uz, yamak, boshqirt,
basmil, qay, yaboku, tatar, q irg iz, chigil, yag‘mo, tuxsi, igroq, jam ,
jamil, uyg‘ur, tangut, tabg‘ochlardan tashqari, yana fors, arab, xitoy,
ms xalqlari haqida ham m aium otlar bor.
1 Содщов К. Туркий жавох.ирлар девони. «Ватан». 1994, 22-сон.
244
VATAN TARIXI
«Devonu lug‘atut turk»da turkiy xalqlar og‘zaki ijodi va yozma
adabiyotiga doir 300 dan ortiq she’riy parchalar, maqollar, hikmatli
so‘zlar va lavhalar berilgan. Olim o ‘z asarida turkiy tillarga oid juda
ko'plab so‘z birikmalari, iboralar, talaffuz qoidalarini asoslab beradi.
Bu jihatdan mazkur asami oddiy lug‘at deb emas, balki mukammal
ishlangan grammatik qo ilanm a sifatida qaramoq lozim bo‘ladi.
Mahmud Qoshg‘ariyning asarida Turkistondagi b a’zi shaharlaming
nomlari, sharh-izohlar ham berib o ‘tilgan. Jumladan, unda Toshkent
«Tarken» tarzida k o ‘rsatiladi va «Tarken» Shoshning ismi, asli
Toshkent, Tosh shahri demakdir, deb izohlanadi. Samarqandning asli
nomi «Samiz kand» — katta shahar deb ta’riflanadi.
«Devonu lug‘atut turk»da olim turkiy yozuv to ‘g ‘risida g ‘oyatda
qimmatli fikrlami bayon qiladi va 18 harfdan iborat turk (uyg‘ur)
alifbosini keltiradi. Asarda irnlo masalasida ham muhim m a’lumotlar
bor.
Xullas, she’riy usulda qalamga olingan buyuk mutafakkir
Mahmud Qoshg‘ariyning asarida yuksak ezgulik g ‘oyalari, meh-
natsevarlik, shaxsiy qahramonlik, g'anim larga nafrat kabi qarashlar
o ‘z ifodasini topgan. «Devonu lugatut turk» jahondagi juda k o ‘plab
xalqlaming tillariga (shu jum ladan nemis, turk va ozarbayjon tiliga)
tarjima qilingan. Asaming ahamiyatiga baho berib, V. V. Bartold
quyidagilami yozgan edi: «Mahmud hayot voqealarini, fakt va
dalillami o ‘z ko‘zi bilan ko‘rib, bilib yozgani uchun bu asar hamon
o ‘zining ilmiy, tarixiy, m a’rifiy qimmatini saqlab kelmoqda».
Do'stlaringiz bilan baham: |