484
V A T A N T A R IX I
Bahouddin Naqshband o ‘zidan ikki asr oldin o ‘tgan Abdulxoliq
G ‘ijduvoniy ruhlaridan madad olgan, uni o ‘ziga pir va ustod deb
bilgan.
Bahouddin Naqshband Abdulxoliq G ‘ijduvoniy ta’limotini
yanada rivojlantiradi, uni yangi mazmun, xulosalar bilan boyitadi va
u naqshbandiya tariqati nomini oladi.
Bahouddin Naqshband G ‘ijduvoniy asos solgan tariqatning
sakkiz moddadan iborat talabiga uch talabini qo‘shdi: 1. Vuqufi
zamoniy; 2. Vuqufi adadiy va 3. Vuqufi qalbiydir.
Naqshbandiylikning asosiy mohiyati quyidagi shiorlarda o ‘z ifo-
dasini toptan: «Dast ba koru, dil ba yor!» (« Q o i ishda, dil Ollohda»)
b o ‘lsin, deb hammani ishlashga chaqiradi.
Bahouddin shaxs, oila va jam iyat ravnaqi uchun «Kam xo‘r, kam
xob va kam guftor bud!» («Kam yegil, kam uxla va kam gapir!»)
deb ta ’kidlagan. Davlat rahbarlariga esa «Zohiran xalq bilan, botinan
Haq bilan!» («Sirtdan xalq bilan, dildan Xudo bilan!») deb nasihat
qilgan. Hazrati Sohibqiron Amir Temurdek ulug‘ zot ham Naqshband
tariqatiga amal qilgan. Temuming o ‘zi bu haqda shunday degan:
«Pirn komil Shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yegin, kam
uxla, kam gapir», degan pand-u nasihatlariga amal qildim. Arkon-u
davlatga, barcha mulozimlarga ham aytar so‘zim shu b o ‘ldi. «Kam
yenglar — ocharchilik ko‘rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam
uxlanglar — mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar — dono
b o ‘lasizlar!»'
Bahouddin Naqshbandiyga Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiylar ham juda katta ixlos bilan qaragan. Jumladan, Jomiyning
«Nafahotul-uis», Alisher Navoiyning «Nasoyimul-muhabbat» va
boshqa asarlarida bu haqda kerakli m a’lumotlami olish mumkin.
Alisher Navoiyning:
Ayladi avroq munaqqash base,
Naqsh raqam ayladi dilkash base,
baytidan shu narsa anglashiladiki, Naqshband o ‘z hayoti davomida
juda ko‘p varaqlami naqshlagan, y a’ni ko‘p ajoyib asarlar yozgan va
shu bilan bir qatorda narsalarga, imoratlarga naqshlar ham ishlagan.
So bit aning ко 'ngli aro naqshi jud,
Mahv о 'lub ul sahfada naqshi vujud,
1 Амир Темур угитлари. 58-бет.
X bob. XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
485
degan baytda Navoiy Naqshband ulug‘ naqqosh bo‘lsa ham, lekin
uning ko‘nglini saxovat («jud») naqshi egallagan va bezagan edi,
deydi.
Naqshbandsiz Navoiy ijodini tasavvur etish mumkin emas.
Chunki naqshbandiya ta’limoti Navoiy ijodining g ‘oyaviy asosini—
mafkurasini tashkil etadi. Shoir ijodida komil inson timsolining
naqshbandiya tariqatida targ‘ib qilingan yo‘l-yo‘riqlari, shior-u
qoidalari, aqidalari insoniy timsollar, hayotiy voqealar asosida
dalillanadi.
Bahouddin Naqshbandning dinni mustahkamlash va taraqqiy
ettirish uchun qilgan xizmatlari ulug‘ bo‘lganligi sababli uni
«Bahouddin» — dinning faxri, bebahosi deb atashgan.
Bahouddin Naqshband karomatli inson bo‘lganligi uchun unga
Balogardon, deb nom berishgan.
Xullas, Bahouddin Naqshband Amir Temur hukmronlik qilgan
davming eng buyuk avliyolaridan b o iib , u ishlab chiqqan va
targ‘ibot qilgan tariqatning mavqeyi ko‘tarilgandan ko‘tarilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: