Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

11.  XOJA  UBAYDULLOH AHROR 

( 1 4 0 4 -1 4 9 0 )

XV  asrda  naqshbandiya  tariqatini  samarali  davom  ettirgan  ulug‘ 

shayxlardan  biri  —   Xoja  U baydulloh  Ahrordir.  Xoja  Ubaydulloh 

Shosh  viloyatining  Tog‘li  Bog‘iston  (hozirgi  B o‘stonliq)  qishlog‘ida 

dunyoga kelgan.

Xoja  Ubaydullohning  otasi  Mahmud  b o iib ,  uning  ajdodi 

Muhammad Nomiy  Bag‘dodiyga borib  yetadi.  Xoja  Ubaydullohning 

yoshligi  Shoshda  kechgan.  Uning  tarbiyasi  va  o ‘qishi  bilan  tog‘asi 

Xoja  Ibrohim  shaxsan  shug‘ullangan.  1427-yilda  Xoja  Ubaydulloh 

ilm  va  m a’rifat  markazi  Samarqandga  o ‘qishni  davom  ettirish  uchun 

borgan.  1428-yil Hirotga borib,  to  1433-yilga qadar bu yerda bo‘lgan 

mashhur  shayhlar  Bahoviddin  Umar  Zayniddin  Xavofiylar  suhbatini 

olgan.  1433-yilda  Ubaydulloh  Chag‘aniyonni  hozirgi  (Surxondaryo 

va  qisman  Qashqadaryo  viloyatlari  b o ig an )  hududidagi  Xulug‘utti 

mavzeida  turuvchi  Bahoviddin  Naqshbandiyning  shogirdi  mavlono 

Y a’qub Charxiy huzuriga kelib u bilan tanishadi va Y a’qub Charxiyni 

pir  murshid  sifatida  tan  oladi.  Shundan  so‘ng  u  Shoshga  qaytadi. 

Taxminan  1451-1452-yilga  qadar  u  bu  yerda  bo‘ladi.  Shu  nuqtayi 

nazarda  Xoja  Ubaydulloh  Mirzo  Ulug‘bekning  o ‘ldirilishida  qo‘li



486

VATAN  T A R IX I

bor,  degan  uydirma  haqiqatga  to ‘g ‘ri  kelmaydi.  Ulug‘bek  o ‘ldirilgan 

1449-yil  25-(27)  oktabrda  hali  Xoja  Ubaydulloh  Samarqandda  hech 

qanday  nufuzga  ega  emas  edi.  Agar  bu  fitnada  «qo‘li»  bo‘lganida 

Temuriy  sulton  Abu  Saidni  shunchalik  yuksak  martabaga  ko‘tarmas, 

Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy  va  Boburlar  pir  atab,  uning 

etagidan tutmas edilar.

Xoja  Ubaydulloh  1451  1452-yillarda  Samarqandga  ko‘chib 

kelgach uning  obro‘-e’tibori  kuchayib  ketadi,  uni  fuqaro va  akobirlar 

pushti  panoh  deb  biladilar.  Buning  sabablari  shundan  iborat  ediki, 

birinchidan,  Xoja  Ubaydulloh  o ‘sha  davrda  xalq  ommasi  orasida 

e ’tibor qozongan naqshbandiya Xojagon tariqatining asosiy yo‘nalishi 

shunday  belgilagan  edi:  «Xojagon  tariqati  darveshlarining  udumi 

shundan  iboratki,  ular  o ‘zlarining  barcha  himmatlarini  biror-bir  ish 

bilan m ashg‘ul  bo‘lishga  sarf qilsinlar...  Aytibdurlarkim,  xaloyiqning 

Haq  subhonahuga  erishish  vositasi  uni  eslashi  darajasiga  bog‘liq 

bo‘lsa-da,  ammo  uning  eng  yaxshi  y o ‘li  bir  musulmon  ko‘nglini 

xursand  qilishdan  iboratdir.  Xojai jahon Abdulxoliq G ‘ijduvoniyning 

tabarruk so‘zlaridan biri  budur:



Dari xilvat bandu dari suhbatro kushoy,

Dari shayxiro  bandu dari vorira kushoy.

Mazmuni: 



X ilv a t esh ig in   vo p g  ‘il-u sn h b a t esh ig in   o ch !

S h a v x lik  eshigin  vo p g 'il-n y o r liq   eshigin  och!»

Xoja  Ahroming  quyidagi  so‘zlari  ham  uning  hayotiy  dasturi 

yo‘nalishini  belgilab  beradi:  «Agar  biz  shayxlikm  bo‘ynimizga  olsak 

edi,  unda  bironta  shayx  murid  topa  olmasdi.  Ammo  bizga  boshqa 

m as’uliyat,  y a’ni  musulmonlami  zolimlar  zulmidan  himoya  qilish 

vazifasi  yuklatilgan.  Ana  shuni  amalga  oshirish  va  musulmonlar 

manfaatini  himoya  qilish  maqsadida  podshohlar  bilan  muloqotda 

bo‘lib turish,  ulaming  ishonchini  qozonish  lozim...  Agar mashoyihlar 

o ‘z  vaqtlarini  ayab,  bu  ishga  e ’tibor  qilmagan  bo‘lsalar,  biz  fuqaro 

uchun o ‘z vaqtimizni  ayamaymiz»1.

Yozuvchi  Yevgeniy  Berezikovning  hikoya  qilishicha,  umrining 

oxirlarida  Xoja  Ahroming  Samarqand  viloyatida  35  ming,  Qarshida 

23  ming  gektar  yerlari,  bog‘-rog‘lari,  ekinzor  dalalari  bo‘lgan.  U 

kishining  millionga  yaqin  suruv-suruv  qo'y-echkilari,  poda-poda 

sigir-buzoqlari,  ot va yilqilari  bo‘lgan.  Shuncha boylikka qaramasdan


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish