Абдураимов М.
Темур ваТухтамиш. «Шарк юлдузи», 1991, 11-сон, 146-бет.
356
VATAN TARIXI
musulmonlar umrini zomin qildi? (Temur 1385-yilda T o‘xtamishning
Tabrizga qo‘shin yuborganligini nazarda tutmoqda — R.Sh. Sh.K.).
Bunday xunuk ishlarga qo‘l urmasin. Ahdnomaga, bergan so‘ziga
amal qilib, alg‘ov-dalg‘ov keltirib chiqarmasin», deydi. Ammo
To‘xtamish Sohibqironning bu oqilona va dono maslahatlariga
quloq solmaydi. Quloq solmaydigina emas, 1387-1388-yillarda
u Temuming Movarounnahrda yo‘qligidan (chunki u Erondagi
janglar bilan band edi) foydalanib, Movarounnahrga bostirib keladi
va Xorazm hokimi Sulaymon So‘fini Temurga qarshi qo‘zg‘olon
ko‘tarishga ko‘ndiradi. 0 ‘sha yili T o‘xtamish fatvosi bilan m o‘g ‘ul
amirlaridan Qamariddin Temur davlati hududlariga bostirib kiradi.
To‘xtamishning o ‘zi esa Jo ‘chi ulusining shahzodalari: Bek Yorliq
o ‘glon, Ilyig‘mish o‘g ‘lon, Isabek Sotqin Bahodirlar bilan birgalikda
Sig‘noqdan o ‘tib, Savronni qamal qiladi. Albatta, Temur uzoq safarga
otlanishdan oldin, mamlakat himoyasi tadbirlarini o ‘ylab bu ishga
bosh-qosh b o ‘lib turish uchun otasidan qolishmaydigan o ‘z o‘g ‘li
Umarshayxni (Andijonda), Sulaymon shoh va Abbos Bahodimi
(Samarqandda), Temurxo‘ja va Oqubo‘g ‘a Bahodimi (Savronda)
qoldirgan edi. Oltin 0 ‘rda jangchilari son jihatdan bir necha barobar
k o ‘p bo‘lsalar-da Savronni egallay olmaydilar.
Umarshayx Mirzo, Sulaymon shoh va Abbos Bahodirlar
T o‘ytepada shoshilinch suratda uchrashib, Sirdaryodan kechib
o ‘tadilar va 0 ‘trordan besh farsah narida yastangan Chuqluq tekis-
ligida dushman bilan yuzma-yuz uchrashadilar. Biroq Umar-
shayxning kuchlari jangda yengiladi va Andijonga chekinadi.
M o‘g ‘ullar dastlab Sayram va Toshkentga, so‘ngra Andijonga hujum
uyushtiradilar. Mamlakat talon-taroj qilinadi. Movarounnahr taqdiri
xavf ostida qoladi. T o‘xtamishning o ‘zi esa Xorazm kuchlari bilan
birga Buxoroga bostirib keladi, shahami qamal qilib, uning atrofdagi
yerlarini talaydi. Buxoroliklar katta qiyinchiliklar bilan dushman
hujumini qaytaradilar. Buxorodan chekingach, T o‘xtamish askarlari
Movarounnahming boshqa viloyatlarini talon-taroj qiladilar. Ayniqsa,
Nahshob atroflari dushmandan katta zarar ko‘radi. Qozonxonning
qarorgohi bo‘lgan Zanjirsaroy (Qarshi shahrining kunbotar tomonida
joylashgan) batamom vayron etilib, yer bilan tekislab yuboriladi.
G ‘uzor katta zarar ko‘radi. Kesh va Samarqand xavf ostida qoladi.
Amir Temur T o‘xtamishning daf etish uchun shoshilinch choralar
ko‘radi va unga qarshi otlanadi. Shu paytda Isfaxon va Sheroz
aholisi qo‘zg ‘olon ko‘tarib, Sohibqironga bo'ysunm ay qo‘yadi.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
357
Holbuki, Isfahon Amir Temurga jangsiz taslim bo‘lgan edi. Temur
isfaxonliklaming o ‘zlaridan shaharga hokim tayinlab o ‘z askarlaridan
kichik bir qismini qoldirib ketgan edi. U ketgach isfaxonliklar o ‘zaro
bitimni buzib, Ibn Arabshoh m a’lumotlariga qaraganda, Isfaxonning
ozida «olti ming cho giik» kishini qirib tashlaganlar. Shu boisdan
Sohibqiron 1392-1393-yillarda Sheroz va Iroqqa ikkinchi marta
lashkar tortib boradi va u yerda tartib o ‘matadi.
1387-yilda Temur Janubiy Eron yerlarini egallab, Fors poy
taxti Sherozda turgan paytida Oltin 0 ‘rda xonligiga o ‘zi o ‘tkazgan
T o‘xtamishning Movarounnahrga bostirib kirganligi to ‘g‘risida
chopardan xabar oladi. Manbalarda yozilishicha, chopar Samar-
qanddan Sherozgacha b o ig a n 2200 chaqirim (bir chaqirim — 1,06
km ga teng) masofani 17 kunda bosib o ‘tgan. To‘xtamishning
Movarounnahrga hujumi Temuming shu darajada dahshat va
g ‘azabini qo‘zg‘atgan ediki, u Erondagi harakatlami darhol to ‘xtatadi
va dushmanni daf qilish uchun shoshilinch choralar k o ‘radi. Dushman
zarbasiga uchragan fuqarolarga tezroq yordam ko‘rsatish maqsadida
Temur yengil qo‘shinlami eng yaqin y o ila r bilan Yazd shahriga
jo ‘natadi, o ‘zi esa Kermon ch o ilari orqali Isfaxon va Taxtapulga y o i
oladi. Amir Temuming kelayotganligidan xabar topgan T o‘xtamish
o ‘z lashkarlarining bir qismini Xorazm orqali, boshqa qismini esa
Sirdaryo orqali olib chiqib ketishga ulguradi.
Samarqandga yetib kelgan Sohibqiron mamlakatda y o ‘qligidan
foydalanib To‘xtamishga yordam bergan, Movarounnahr shahar va
qishloqlarining xarobazor boiishiga, kulining ko‘kka sovurilishiga,
aholining talanishi va qirg‘in b o iish ig a sababchi b o ig a n Xorazm
hokimlari Sulaymon So‘fi va Ilyig‘mish o ‘g ‘lon hamda shimoldagi
ko‘chmanchi o ‘zbek qabilalari boiganliklarini aniqlaydi.
Temur Movarounnahrdan qochishga tushgan To‘xtamish as-
karlarini orqasidan quvishni o ‘z amirlaridan Xudoydod Husayn,
Shayx Ali Bahodir va boshqalarga topshiradi. Ular dushmanni Bilan
(Sirdaryo bo‘yidagi Sariqsuv atrofida) degan joyda quvib yetadilar
va unga katta talafot yetkazadilar. Sohibqironning o ‘zi To‘xtamishga
qarshi hujum uyushtirishga shoshilmaydi. Chunki mamlakat ichida
va uning yaqin atrofida Sohibqironga muttasil dushmanlik qilib
kelayotgan va tashqi dushmanlarga yordam berayotgan kuchlar bor
edi. T o‘xtamishga qarshi uzoq safarga otlanish uchun eng avvalo
ular bilan orani ochiq qilib olmoq kerak edi. Bu kuchlar eng avvalo
Xorazm hokimlari Sulaymon So‘fi va Ilyig‘mish hamda ko‘chmanchi
358
VATAN TARIXI
o ‘zbek qabilalari edi. Shuning uchun Temur o ‘z lashkarini
kechiktirmasdan Xorazm sari otlantiradi. Bu paytda Sulaymon So‘fi
va Ilyig‘mish o ‘zlarining barcha qimmatbaho davlatlari va mol-
mulklarini to ‘plab o ‘z qo‘shinlari bilan T o‘xtamish huzuriga otlangan
edilar. Sohibqironning o ‘g ‘li Mirzo Mironshoh beshta amir bilan
dushmanni ta ’qib qilib, Qumkent va Qoz y o ila ri orqali ularga tezda
yetib boradi, ulami tor-mor qilib, mol-mulklarini olib Xorazmga
qaytadi. Amir Temur ular qaytib kelgach, Xorazmga yurish qilib
unga qarshi qurol ko‘tarib chiqqanlami uzil-kesil tor-mor keltiradi.
Urganj shahrini egallagan Sohibqiron uning aholisini mol-mulki bilan
Samarqandga ko‘chiradi. Bir necha yildan so‘ng T o‘xtamish ustidan
g ‘alaba qozonib qaytgach, Amir Temur Urganj aholisiga o ‘z shahriga
qaytishga mxsat beradi, ammo ulami kuzatib turish maqsadida Kent
va Xiva shaharlarini mustahkamlashni buyuradi.
Amir Temur Xorazm masalasini hal qilgach, o ‘z qurolini
qipchoqlar 0 ‘rdasining qo‘shinlariga qarshi qaratadi. Bu qo‘shin
T o‘xtamishga qarashli edi. Uning asosiy avong‘ordi (Temur
qo‘shinning ilg'orini «avong‘or» deb atagan) Xorazm jangchilari
bo‘lgan ruslar,
cherkaslar, bulg‘orlar, qipchoqlar, qrimliklar,
yunonlar, boshqirdlar, moskvaliklar va boshqa xalqlardan tashkil
topgan edi. Temur lashkarlari ulami tor-mor qilib, 0 ‘rol to g iari
tomon qochishga majbur qiladi. Bu g ‘alabadan so‘ng Sohibqiron
1389-yilda T o‘xtamishga qo'shilib Movarounnahrga hujum qilgan
T o‘g iu q Temuming o ‘g ‘li Xizr X o‘ja o ‘g ‘lon Anqoto‘ra va
k o ‘chmanchi o ‘zbek qabilalaridan intiqom oladi. Sohibqiron bu
yurishi davomida m o‘g ‘ul xoni Qamariddin kuchlariga ham zarba
beradi. U Temur ta ’qibidan qochib Irtish daryosining narigi sohiliga
o Ltib, Sibir o ‘rmonlarida g ‘oyib bo iad i. Shundan so‘ng Temur Sa
marqandga qaytib keladi.
Endi asosiy masala — T o‘xtamish bilan hisob-kitob qilish payti
kelgan edi. Amir Temur Oltin 0 ‘rdaga yurishning g'oyatda og‘ir
va qiyin b o iish ini juda yaxshi bilardi. Shu boisdan ham unga puxta
va atroflicha tayyorgarlik ko‘radi, chunki To‘xtamish qo‘shinlari
turgan yerga yetib borish uchun 2500 chaqirimdan ziyod masofani
bosib o ‘tish kerak edi. Masofa uzoqligidan tashqari dushman ham
anoyi emas, juda ayyor bo‘lib, mohirona harakat qilardi. Buning
singari vaziyatlar umshning cho'zilib ketishiga olib kelar, ko‘p
ming kishilik lashkami zam r b o ig a n oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta'm inlashni qiyinlashtirar va bu Temur qo‘shinlari uchun
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
359
halokatli oqibatlar keltirishi mumkin edi. Shu sababdan Temur
m a’lum m a’noda g ‘alabani tezlashtirish uchun Oltin 0 ‘rda xonligida
mavqega ega b o ‘lgan, ammo To‘xtamishdan norozi kuchlar bilan
maxfiy aloqa bo giash g a erishadi va ular yordamida ko‘pgina
harbiy sirlami bilib oladi». T o‘xtamishga qarshi yurishga barcha
chora-tadbirlami ko‘rgan Temur qurultoy chaqirib, unda dushman
hujumini kutib o ‘tirmasdan endi uning o ‘zi g ‘animining ustiga
qo‘shin tortib borishga qaror qiladi. Shomiy va Ali Yazdiylaming
m a’lumotlariga qaraganda, Sohibqiron 1389 1390-yilning kech
kuzida Samarqanddan chiqib, Sirdaryoga qurilgan ko‘prikdan o ‘tib,
Toshkent va Chinoz oralig‘ida qishni o ‘tkazadi, bahorda Dashti
Qipchoq sari yo‘lga tushadi. Temur X o‘jandda shayx Maslahat
qabrini ziyorat qiladi va shahar aholisiga o ‘n ming kepakiy dinor
sadaqa qilib, Toshkent sari yo‘l oladi. Bu yerda u betob bo‘lib qoladi
va shu yerda davolanadi. Mirzo Mironshoh qo‘shinlari Xurosondan
kelib, Temur lashkarlari bilan qo‘shilgach, Sohibqiron qo‘shinni
yana bir marta ko‘rikdan o ‘tkazadi, lashkarboshilarni taqdirlab,
jangchilarga moddiy yordam (ulufa) berib, ulaming mhini ko‘taradi.
Kerak bo‘lganlarga ot, qurol, kiyim-kechaklar ulashiladi. Har bir
jangchiga yoy, 30 ta o ‘qli sadoq va boshqa qurollar olishni buyuradi.
Har ikki jangchiga bitta qo‘shimcha ot, har 10 kishi bitta o ‘tov, 2 ta
belkurak, 2 ta so‘qa, o ‘roq, arra, bolta, bigiz, 100 ta uchlik (o‘q
uchun), arqon, tarozi, mesh, qozon beriladi. Yurish paytida har bir
jangchiga bir oyda 25-26 funt (1 funt— 400 gramm) un beriladi.
Q o‘shin tartibi bilan tanishib bo‘lgach, unga y o ‘lboshchilar yetib
Jo‘chi ulusining shahzodalari — Temur Qutlug1 o ‘g io n , Kunchi
o ‘g ‘lon, Oq 0 ‘rda amiri Ediqut 0 ‘zbeklami (mang‘itlar um g’idan)
tayinlaydi.
Amir Temur o ‘zi bilan faqat birgina xotini — Cho‘lpon Malik
Oqani oladi, qolganlaming hammasini va amirzodalami Samar
qandga qaytarib yuboradi.Shomiy bergan m aium otga qaraganda,
Temur 1391-yil 22-yanvarda (Ali Yazdiy da esa 19 yanvar) y o ‘lga
chiqadi. U 0 ‘trorga yaqin Qorasaman degan joyda o ‘z chodirini
qurib to ‘xtaganida huzuriga To‘xtamishning elchilari kirib keladi.
To‘xtamish ham Temur bilan boiadig an hal qiluvchi jangga puxta
tayyorgarlik ko‘radi, 500 ming kishilik lashkar tuzadi, Litvaning
ulug‘ knyazi Vitovt bilan bitim imzolaydi, rus knyazlaridan katta
yordamlar oladi, Oltin 0 ‘rda xoni Sohibqiron hujumiga bardosh
bera olmasligiga ko ‘zi yetib, siyosiy muzokaralar yo‘li bilan og‘ir
360
VATAN TARIXI
vaziyatdan qutulish niyatida o ‘z elchilarini j o ‘natgan edi. Elchilar
m o‘g ‘ullar odati bo ‘yicha Temurga sovg‘a sifatida burgut va
to ‘qqizta ot taqdim etadilar. Ular T o‘xtamish nomidan kechirim
so‘rab, uning nomasini Temurga topshiradilar. Unda Oltin 0 ‘rda
xoni o ‘zining nom a’qul xatti-harakatlari va qilgan gunohlariga
tavba qilib kechirim so‘ragan va bundan keyin valine’mati
amriga so'zsiz bo‘ysunishni, ahdnomaga amal qilishni qayta-qayta
takrorlagan edi. Biroq endi g ‘isht qolipdan ko'chgandi. Ulug‘ amir
elchilami yuqori saviyada siylab mehmon qiladi, sovg‘a-salomlar
beradi. Oltin 0 ‘rda xonining qilgan gunohlarini esa kechirmaydi,
bu gal shafqatsizlik ko‘rsatib, siyosiy muzokaralar olib borishni
istamaydi,
T o‘xtamishxonning
mustaqillikka
intilayotgani
va
bu y o id a dushmanlik qilishdan ham tap tortmasligini anglab
yetib, aytganlariga mutlaqo ishonmaydi. Ustiga-ustak harbiy va
xalqaro vaziyat ham Temurga katta imtiyoz yaratib bergan edi.
«Dastlab,— deydi Temur, — To'xtamishning dushmanlardan
qochib, yaralangan holda bizga kelib qo‘shilgani hammaga ayon,
u o ‘g ‘il sifatida tan olinib, yuqori mulozimat ko'rsatildi. Men
uning haqqi-hurmati 0 ‘rusxon ustiga bostirib bordim, o ‘sha qishda
shunchalik lashkar-u otlarim qirilib, mulk-u aslahatlarim zoye ketdi.
Bularga qaramay, uning elini 0 ‘rusxon elidan ajratib berib, Jo‘chi
ulusiga xon ko'tarilguniga qadar jon-jahdim bilan g ‘am xo‘rlik
qildim, yordam berdim... Hokimiyat tepasiga chiqqach, u o ‘z
kuch-u qudratiga ishonib, noshukurlik qildi. Biz Eron zaminida
Fors-u Iroqni zabt etayotganimizda saltanatimiz sarhadlarini
yakson etmoqqa kirishdi. Biz, u bu kaj harakatiga tavba qilar,
o ‘zini qo‘lga olar, yaramasligiga, beo‘yligiga chek qo‘yar degan
umidda e ’tibor bermadik. U m ag'rurlik sharobiga to ‘yib, aqlini
yo‘qotib qo'yibdiki, yaxshi bilan yomonni farqlay olmay qolibdi. U
qo‘shinini ikkinchi marta tasarrufimizga kiritganida biz shu zahoti
unga qarshi hujum boshladik. Lashkarlarining ko‘zi qo‘shinimizga
tushishi bilan qochishga tushdi. Endi esa u bizning maqsadimizni,
o ‘z ojizligini bilib kechirim so'ramoqda. U o ‘rtamizdagi ahdnoma
shartlarini bir necha bor buzdi, uning so‘ziga batamom qo‘shilish
aqldan emas... Biz o ‘z rejalarimizni amalga oshiramiz, qo‘shinni
ham shuning uchun to‘plaganmiz, qolgan gaplami keyinchalik
o ‘ylab ko‘ram iz»‘.
Do'stlaringiz bilan baham: |