Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


Ulug‘bek  (Muhammad  Tarag‘ay)



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Ulug‘bek 

(Muhammad  Tarag‘ay) 

(1394.22.3-1449.27.10)


394

VATAN  TARIXI

Yosh  U lug‘bek  Temumi  Armaniston  va  Kavkazortiga  qilgan 

yurishlarida,  1398-1399-yillardagi  Hindiston  yurishida  Saroymulk- 

xonim  bilan  birga  Kobulgacha  kuzatib  boradi.  Temuming  1399— 

1404-yillardagi  G ‘arbga yurishida ham  saroy ahli bilan birga b o iad i. 

Ulug‘bekning  onasi,  Shohruh  Mirzoning  yosh  xotini  Gavharshod 

begim ham qaynotasi Amir Temuming o ‘rdugohida bo igan.

Gavharshod 

begim 


C hig‘atoy 

amirlaridan 

G iyosiddin 

Tarxonning  qizi  bo ig an .  G iyosiddin  Tarxonning  undan  tashqari 

yana  ikki  qizi  b o iib ,  ular  1392-yilda  Umarshayx  Mirzo  Bahodiming 

o ‘g ‘illariga  turmushga  chiqqan  edilar.  Shohruh  mirzo  Gavharshod 

begimga  1388-yilda  11  yoshdaligida uylanadi.

1404-yil  avgustda  Amir  Temur  o ‘zining  G ‘arbga  qilgan 

mashhur  «Yetti  yillik»  yurishida  g ‘alaba  bilan  qaytgach  Samarqand 

chetidagi  «Bog‘i  Dilkusho»  bog‘ida  bu  g ‘alaba  sharafiga  bagishlab 

katta  anjuman  o'tkazadi.  Anjuman  to ‘yga  ulanib  ketadi  va  qirq 

kecha-yu  kunduz  (ba’zi  manbalarda  ikki  oy)  davom  etadi.  T o‘y 

yakunida  Umarshayx  Mirzoning  ikki  o ‘g i i   —   U lug‘bek  Mirzo  va 

Ibrohim  Sulton  Mirzoni  uylantiradilar.  Ulug‘bek  Mirzoga  marhum 

Muhammad  sulton  Mirzoning  qizi  0 ‘gabegimni  olib  beradilar. 

1409-yilda Ulug‘bek Movarounnahr taxtiga o ‘tirganda  15 yoshda edi. 

Shu  sababli  davlat  ishlarini  boshqarish  uning  vasiysi  Shoh  Malikka 

yuklatiladi.  Ammo  Shoh  Malikning  raqibi  Shayx  Nuriddin  Ulug‘bek 

bilan  Shoh  Malik  hukmronligini  tan  olmaydi.  U  m o‘g ‘ullardan 

kuch  olib,  bir  necha  marta  Samarqand  sari  yurishlar  qiladi  va 

Shoh  Malikka  zarbalar  beradi.  1411-yilda  ikki  o ‘rtada  hal  qiluvchi 

janglar  bo iad i.  Shohruh  Mirzo  bu  janglarda  Ulug‘bek  Mirzo  va 

Shoh  Malikning  m agiubiyatidan  xavotirlanib,  katta  lashkar  bilan 

Hirotdan  shaxsan  o‘zi  y o ig a   chiqadi.  1411-yil  yozidagi jangda  Shoh 

Malik  hiyla  ishlatib  Shayx  Nuriddinni  oidirishga  muvaffaq  b oiad i. 

U lug‘bek  otasini  Qashqadaryo  b o ‘yida  kutib  oladi.  Ular  birgalikda 

Samarqand  sari  otlanadilar.  Shohruh  Mirzo  o ‘z  lashkargohini 

Cho‘ponota  tepaligi  yonidagi  Konigilda  quradi.  Ota-bola  bir  necha 

kun  Samarqandning  s o iim  b og iarid a dam olishgach,  Shohruh Mirzo 

Hirot  sari  yo ‘1  oladi.  U  Shoh  Malikni  ham  o ‘zi  bilan  birga  Hirotga 

olib  ketadi.  Ulug‘bek  endi  o ‘zi  mustaqil  holda  Samarqand  taxtini 

boshqarishga  kirishadi.  Binobarin,  u  birinchi  marta  hukmdor  sifatida 

otasining  ketishi  oldidan  uning  sharafiga  katta  ziyofat  beradi  va 

padari buzrukvoriga qimmatbaho sovg‘alar in’om qiladi.




IX  bob.  A m ir Tem ur va tem uriylar davri

395


Abdurazzoq Samarqandiyning m a’lumotlariga qaraganda,  Ulug‘- 

bekning  amakivachchasi  Aleksandr  Mirzo  (Umarshayxning  o ‘g ‘li) 

1413-yilda  U lug‘bekka  qarshi  isyon  ko‘taradi.  Bu  qo‘zg‘olonni 

bostirish uchun Shohruh Mirzoning shaxsan o ‘zi qo‘shin bilan boradi. 

Chunki  Movarounnahming  o ‘zida  ham  vaziyat  tinch  emas  edi. 

Fag‘rona hokimi Umarshayx Mirzoning yana bir o ‘g ‘li Ahmad Mirzo 

U lug‘bekka  itoatsizlik  bildirgan  edi.  Ulug‘bek  kengash  bahonasida 

Ahmad  Mirzoni  Samarqandga  chaqiradi.  Biroq  u  Samarqandga 

kelmaydi.  Shundan  so‘ng  Ulug‘bek  Mirzo  Ahmad  Mirzo  bilan 

muzokara  yuritish  maqsadida  Boyazid  parvonachini  Andijonga 

yuboradi.  Muzokaradan  natija  chiqmaydi.  U lug‘bek  Farg‘ona 

vodiysiga  qo‘shin  tortib  boradi.  Ahmad  Mirzo  to g iarg a  qochib 

ketadi,  u yerdan Qashg‘arga o ‘tadi,  U lug‘bek Andijon va Axsini jang 

bilan  egallaydi.  1416-yilda  esa  Qashg‘ar  ham  Ulug‘bekka  taslim 

bo‘ladi.  Abdurazzoq  Samarqandiyning  yozishicha,  bu  voqealardan 

xabardor  bo‘lgan  Shohruh  Mirzo  1415-yil  25-mayda  Ahmad 

Mirzoga  quyidagi  mazmunda  maktub  y o ‘llaydi:  «Eshitishimizga 

qaraganda,  Ahmad  Mirzo  bilan  farzandimiz  Ulug‘bek  orasida 

fisq-u  fasodchilaming  nomo‘tabar  so‘zlariga  e ’tiboran  shaharlar 

va  fuqarolaming  tashvishlarini  orttiruvchi  kechmish  yuz  beribdi. 

Bu  xabami  biz  Iroq  mamlakatida  ekanligimizda  eshitdik,  ammo 

masofa  yiroqligi  tufayli  uning  tadorikini  ko‘rishga  kirisha  olmadik. 

Dorussaltanat  Hirotga  qaytib  kelgandan  keyin  esa  eshitdikki,  u 

farzand  M o‘g ‘uliston  tomon  ketayotgan  emish.  Bu  hoi  biz  uchun 

bag‘oyat  maslahatdan  yiroq  va  ajib  tuyuldi.  Chunki  birodarlar  va 

farzandlarga  nisbatan  bizning  «beshikdan  tobutgacha»  g ‘am xo‘r 

ekanligimiz  unga  m a’lumdir.  Ota-bolalik  binosi  qo‘zg‘almay 

turuvchi  tog‘lardek  sobit  b o ‘lmog‘i  uchun  u  farzand  bizning 

huzurimizga  homiylik  panohini  so‘rab  kelishiga  ishonchimiz  komil 

va  e ’tiqodimiz  kuchlidir.  Bu  so‘zlar  tug‘ishganlik  vazifalarini 

ado  etish,  musulmonlik  ham  musulmonlarga  g ‘amxo‘rlik  qilish 

yuzasidan  aytildi.  Takallufu  maqtanchoqlik,  makr-hiylaga  yo‘yib 

kek  saqlash  bizlar  uchun  uyatdir.  Ehtimolki,  mulozimlikda  yurgan 

bir  guruh  kishilar  mazkur  noo‘rin  harakatlar  xoh  ixtiyoriy,  xoh 

majburiy  tarzda  ular  tomonidan  sodir  bo‘lganligi  tufayli,  vahimaga 

tushib,  u farzandning bizning huzurimizga kelishiga monelik qilarlar. 

Ahmad  Mirzo  ulaming  barchasini  ishontirsinki,  biz  hammalarining 

jarimalarini  afv  qildik.  Haq  ustiga  haqdirki,  ulaming  hammasiga




396

VATAN  TARIXI

rahm-shafqat  panohidan  boshpana  bergumizdir»1.  Ahmad  Mirzo 

1416-yilda  Hirotga  keladi.  Uni  nazoratda  saqlaydilar.  M a’lum  vaqt 

o ‘tgach,  u K a’batulloh ziyoratiga jo ‘natiladi.  1425-yilda u  ziyoratdan 

qaytib kelmasdan vafot etadi.

U lug‘bek  Mirzo  lashkarboshi  sifatida  tarixda  nom  qoldirishga 

intilmagan.  Uning  harbiy  yurishlari  asosan  mudofaa  xarakterida 

bo‘lib,  yaqinlashib  kelayotgan  xavf-xatami  bartaraf  qilish  va  uning 

oldini  olishga qaratilgan edi.

Oltin  0 ‘rdada  ko'chmanchi  o ‘zbek  qabilalarining  bir  necha 

shahzodalari 

o ‘zaro 

hokimiyat  talashib 

urushlar  olib 

borar 


edilar.  Ulug‘bek  Mirzo  o ‘zining  shimoliy  chegaralari  xavfsizligi 

manfaatlarini  o ‘ylab,  o ‘zbek  shahzodalarining  bu  harakatlaridan 

foydalanishga  qaror  qiladi  va  1419-yilda  Toshkent  sari  yuradi.  U 

bir  vaqtlar  bobosi  Amir  Temur  bilan  urushgan  Oltin  0 ‘rda  xoni 

0 ‘rusxonning  nabirasi  bo‘lmish  Baroqhonni  qo‘llaydi.  1422-yilda 

Baroqxon  Ulug‘bekning  qo‘llashi  natijasida  o ‘zbek  hukmdori 

Muhammadxon  ustidan  g ‘alaba  qozonib,  Oltin  0 ‘rda  taxtini 

egallaydi.  Ulug‘bek  o ‘zining  gumashtasi  bo‘lmish  Baroqning  bu 

muvaffaqiyatidan  mamnun  edi.  Bu,  uning  fikricha,  mamlakatning 

shimoliy  chegaralari  xavfsizligini  ta ’minlardi.  Ulug‘bek  endi  asosiy 

e ’tiborini  Jeta  (yoki  M o‘g ‘uliston)ga  qaratadi.  Bu  o ‘lka  Temur 

vasiyatiga  k o ‘ra  U lug‘bek  Mirzo  mulki  hisoblanar  edi.  Ammo 

Jeta  hukmdorlari  tez-tez  U lug‘bekka  qarshi  bo‘lgan  kuchlar  bilan 

yaqinlashib,  sharqiy  hududlarda  davlat  xavfsizligiga  qarshi  faoliyat 

bilan  m ashg‘ul  bo‘lar  edilar.  Buning  ustiga  1416-1420-yillarda  bu 

yerda  ham  hokimiyat  talashib  tartibsizliklar  yuz  beradi.  Bundan 

foydalangan  Ulug‘bek  Jeta  o ‘lkasiga  o ‘z  odami  Shermuhammadni 

hukmdorlikka  k o ‘taradi.  Biroq  u  ko‘mamaklik  qilib,  U lug‘bekka 

itoat  qilishdan  bosh  tortadi.  Mirzo  Ulug‘bek  1425-yilda  ko‘mamak 

isyonkor  gumashtasi  ustiga  qo‘shin  tortishga  majbur  bo‘ladi. 

Shohruh  Mirzo  bu  yurishni  to ‘xtatish  maqsadida  ikki  marta 

Ulug‘bek  Mirzoga  elchilar  yuboradi.  U lug'bek  elchilarga  javobida: 

«Yurish  haqidagi  farmon  allaqachon  ovoza  bo‘lgani,  agar  endilikda 

yurish  to ‘xtatilsa  dushman  bizni  kuchsiz  ekan  deb  gumon  qilishi 

mumkin»,  degan  mulohazada  safami  davom  ettiradi.  Ulug‘bek 

bu  yurishda  Issiqko‘l  istehkomini  egallab  Jahonshoh  qo‘shinini 

ta’qib  qiladi.  Ikki  o ‘rtada  Ketmontepa  butazorida  b o ‘lgan  jangda




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish